Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasida 2015-yildan 2020-yilga qadar 15 nafar futbolchi doping-testdan o‘ta olmagan.
Daily Mail’ning xabariga ko‘ra, futbolchilarning hech biri diskvalifikatsiya qilinmagan. 15 futbolchidan 12 nafari quvvatni oshirishga mo‘ljallangan taqiqlangan moddalar iste’mol qilgan.
Ushbu holatlardan biri dastlabki testdan besh oy o‘tgan bo‘lsa-da, hamon tekshiruv jarayonida. Hozircha futbolchilarga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.
2013—2020-yillar oralig‘ida esa Angliya, Uels va Shotlandiyadan bo‘lgan jami 88 nafar futbolchi antidoping qoidalarini buzgan.
APL futbolchilari orasida to‘rtta holatda Ritalin va bittasida surunkali gonadotropin moddasi borligi aniqlangan. Ular testosteron gormonini oshirishga yordam beradi, undan odatda velosportchilar va yakkakurashchilar foydalanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)