• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Andijonkabel” ishchilari to‘plandi: Ular ishdan bo‘shatish boshlanganini aytmoqda, mas’ullar buni Rossiya—Ukraina urushi sabab qo‘shma korxona mahsulotlari eksporti kamaygani bilan izohlamoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonkabel” qo‘shma korxonasida ishchilar ish tashlashga chiqqani, korxonada ishlab chiqarish to‘xtab, ishchilarga yana ikki oy dam olish berilishi aytilgan xabar e’lon qilindi. “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov holatga aniqlik kiritish maqsadida Xonobod shahrida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Andijonkabel” O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma korxonasi vakillari avvaliga muxbir savollariga javob berishni istamagan. Biroq takroriy urinishlardan so‘ng muxbir korxona bosh injeneri Shuhrat Nurillayev bilan suhbatlashgan.

    Shuhrat Nurillayevning “Daryo”ga bildirishicha, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya, Ukraina va Belarusga eksport qilinadi. Ayni paytda Ukrainada yuz berayotgan voqealar qo‘shma korxona faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazib, ish hajmi kamayishiga olib kelgan.

    “Qo‘shma korxonamizda 1100 nafardan ortiq ishchi ishlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda korxonamizda go‘yoki ish tashlash va boshqa holatlar bo‘lgani ko‘rsatilgan. Aslida unday emas. Mahsulotlarimiz asosan Rossiya, Ukraina va Belarusga eksport qilinar edi. Hozirgi kundagi vaziyat sabab aynan shu davlatlarga mahsulotlarimizni yuborish, ya’ni eksport qilish oqsab qoldi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Biz faqat ichki bozorga chiqarayotgan mahsulotlarimiz orqali korxonaning bugungi holatini ushlab turishni maqsad qilganmiz va ishchilarimizning hammasini doimiy ish bilan ta’minlash, kelgusida faoliyatimizni to‘liq davom ettirish maqsadida ikkita taklif ishlab chiqqan edik. Birinchi taklifimiz — barcha xodimlarni hisobga olganda ish hajmi kamlik qilayotganligi sababli to‘rtta smenada emas ikki smenada 12 soatdan ish tashkil qilib, xodimlarning ma’lum qismiga ixtiyoriy tarzda dam olishga ruxsat berish edi. Ikkinchisi esa tanaffuslar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. Ammo birinchi taklifimiz xodimlar tomonidan qabul qilinmadi. Sababi ishchilar maqsadimizni noto‘g‘ri tushunishibdi”, — deydi Shuhrat Nurillayev.

    Shuhrat Nurillayev shu yo‘l bilan korxona ishchi va mutaxassislarini ushlab turishni maqsad qilganini aytib, ayni kunda korxona ishlab chiqarishda lozim bo‘ladigan xomashyolarni sotib olishga ham qiynalib qolganini aytmoqda.

    “Misol uchun, dastgohlar, ehtiyot qismlar va, bundan tashqari, ishlab chiqarishda, ya’ni texnologik jarayonda qatnashadigan import mahsulotlarimiz ham ko‘p. Hozirda shularni sotib olish uchun ham pul tushumi kamayib ketgan. May oyiga kelib, jarayon o‘nglansa, shunga qarab hammani o‘z joyiga qaytarib, to‘rt smenada ishlashni yo‘lga qo‘yish, eksportni tiklash maqsadimiz bor edi. Jarayonning o‘nglanishi 15—20-maylarga prognoz qilingan edi”, — deydi suhbatdosh.

    Shuhrat Nurillayev.

    Shuhrat Nurillayev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Qo‘shma korxona mas’ulining aytishicha, may oyida ham vaziyat o‘nglanmasa va mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilmasa, mas’ullar ikkinchi variant — tanaffuslar bilan ishlashni rejalashtirmoqda.

    “Aprel oyiga to‘liq rejalarimiz borligi uchun oy oxiriga qadar eski jadvalda ishlab turamiz. Rahbariyat tomonidan sotish va marketing bo‘limimizga vaziyatdan kelib chiqib ichki va tashqi bozor geografiyasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriq berilgan. Ular ishni boshlashgan. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonchimiz komil. Biroq vaziyat o‘zgarmasa, may oyidan ikkinchi variantga — tanaffus bilan ishlashga o‘tishimiz ham mumkin. Ya’ni besh kun ish, ikki kun shanba va yakshanba dam olish tartibida ishlash ehtimolimiz bor. May oyidan eksport hajmi pasayishi hisobiga ish hajmi ham pasayadi. Bu holat oylik maoshlariga ham ta’sir qiladi. Misol uchun 1,5 million olayotgan odam 1 million olishi mumkin. Ushbu taklifimizni aytganimizda ko‘pchilikka ma’qul keldi”, — deydi Shuhrat Nurillayev.

    “Daryo” muxbiri ishchi-xodimlar bilan ham suhbatlashishga harakat qilgan.

    Ishchilarning aytishicha, korxona ma’muriyati tomonidan ish hajmi kamayib ketgani sababli xodimlarga navbat bilan ikki oy ishlab, keyingi ikki oyda o‘z hisobidan ta’til olish taklifi berilgan.

    “Xullas, bularning muddaosi amalga oshmoqda. Ya’ni ishchilar ishdan olinib, ikki oy dam olib turadi. Qolgan yarim ishchi esa ishda qoladi. Bular eski va yaxshi ishlaydigan, o‘zini ko‘rsatadigan ishchilardir. Shunda ularga kim o‘zini o‘rnini bo‘shatib beradi, degan savolni berganimizda, kelishuv asosida ishlanadi, deyishdi. Keyin dushanbadan jumagacha ishlanib, shanba va yakshanba dam olinishini aytishdi. Mahsulotlarimiz sotilmayapti, omborda turibdi. Zavodda haqiqatan ham pul yo‘q. Davlat tomonidan zavodlarni yurgizish va ichki bozor uchun pul berilarkan, lekin shu ham ajratilgani yo‘q, deyishdi. Shuningdek, Rossiyadagi urush tufayli chetga ham chiqolmayapmiz, degan fikrlarni aytishdi”, — deydi ismini aytmagan xodimlardan biri.

    Xonobod shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Xonobod shahar hokimi Mash’albek Tojiboyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan so‘ng sektor rahbarlari bilan birga korxonaga borib, korxona direktori va ayrim takliflardan norozi bo‘lgan ishchi-xodimlar bilan uchrashgan. Qayd etilishicha, ikkala tomon o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Natijada xodimlar tomonidan norozilik bildirilgan.

    Xonobod shahar hokimligi mas’ullarining qo‘shimcha qilishicha, shahar hokimi tashabbusi bilan 14-aprel kuni hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan vaqtincha ishsiz qolishi mumkin yoki boshqa joyda ishlash istagida bo‘lgan xodimlarga ma’lum muddatdan so‘ng yana o‘z ish joyiga qaytish sharti bilan ish o‘rinlari taklif qilingan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    14.04.2022, 19:22   Izoh (0)   13013
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yanvar–mart oylarida 543 ta hokim qarori haqiqiy emas deb topildi — Oliy sud

    14.04.2022, 19:09

    O‘zbekiston axborot tizimlariga yilning birinchi choragida chetdan 200 dan ortiq kiberhujum uyushtirildi

    14.04.2022, 18:57

    Toshkent viloyatida 1-sentabrga qadar yuqori quvvatli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi

    14.04.2022, 18:50

    O‘zbekistonda yil yakunigacha davlat xizmatlariga doir mobil ilovalar soni 150 taga oshiriladi

    14.04.2022, 18:41

    O‘zbekistonga yil boshidan buyon 3 mingga yaqin xorijiy IT mutaxassisi keldi

    14.04.2022, 18:29

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo‘ydi

    14.04.2022, 18:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.