• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Millatlar ligasidan chiqaman deb po‘pisa qilayotgan Yaponiya, Tursunoyga ergashgan tojik qizlari, Saudiyaga yo‘l olgan Karimov. O‘zbek matbuoti 13-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” nomli yangi rukn orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel soni muqovasi

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel soni muqovasi

    90 yil avval. 13-aprel, chorshanba

    Kompartiya Farg‘ona shahar qo‘mitasi hamda shahar kasaba soyuzi sho‘rolari “fikr tarqatuvchisi” hisoblangan “Kommuna” gazetasi (hozirgi “Farg‘ona haqiqati”)ning 1932-yil 13-aprel soni, har doimgidek, tanqid va chorlovlarga to‘la. Masalan, “Farg‘ona rayonidagi... ‘Yer uram’ kolxozida... ulovlardan foydalanish, baholab ishlash va dangasaliklarga qarshi ko‘rilaturg‘on choralarning yo‘qlig‘i sababidan brigadalar buzilib, yana birga qo‘shilib ishlash oldida turadilar. Kolxozning ko‘klam ishlari toshbaqa sur’ati bilan bormoqdakim, bu ahvol kolxozni plan bajarilmaslik xavfi oldig‘a qo‘yadi”.

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    Karimov va Ahmedov o‘rtoqlarning “Terim pullari tezlikda undirilsin” sarlavhali xatida esa bunday deyiladi: “Yormozor dasht mahallasida vaqtli terim va zayom pullaridan 2085 so‘m undirish lozim edi. Lekin pul undirishning sust borib, uchastka boshliqlari ishga salqin qarashi natijasida, 1031 so‘m undi, 1054 so‘m undirilmay qoldi. Uchastka kattalari bo‘lsa ‘biz normani bajardik’ bahonasi bilan ishsiz keladilar. Jamoa tashkilotlari turtib qo‘ysin”.

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    Umumiy sarlavhasi “Yaramas haydash kutgandek hosil bermaydi” bo‘lgan 2-sahifa ham asosan qoloq kolxozlar tanqidiga bag‘ishlangan. Masalan, Lagandagi haydash ishlari “uyatli ravishda bajarilayotgani” ta’kidlanadi. Valik jamoasidagi “Qizil batrak”, “Qizil g‘ayrat” kabi kolxozlarda “baholab ishlash asosan yo‘lga qo‘yilmagani”, “kolxozchilar o‘rtasida sotsial kimo‘zar zarbdorchilik ishlari mutlaqo yo‘q”ligi bois “har kuni 10 lab, 8 lab kolxozchilar ishga chiqmasdan, o‘z ishlari bilan ovora” ekanligini qoralanadi.

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    Gazetaning asosan xorij xabarlariga ajratilgan so‘nggi sahifasi mahalliy faollarning e’tirozli chiqishlaridan qutulib qololmagan. “Jo‘ydam qishlog‘idagi birinchi bosqich maktabi muallimi Ismatilla O‘rinov har kuni dars vaqti talabalarga dars bermasdan, o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lib yuradi. Darsga kelgan talabalar muallimni kutib o‘tirib, vaqtini bekorga o‘tkazib ketishlari orqasida talabalarning ko‘pi maktabdan bezib ketayotir. Ismatillani xohlagan vaqtida dars berib, xohlamasa o‘ynab yurishi orqasida haliga qadar o‘quv planining 50 protsenti ham bajarilmagan. Bu xushyoqmas muallimga maorif shu’basi bir nazar solib qo‘ysin”, — deyiladi O‘rtoq deb imzo chekkan muxbirning “O‘rinov o‘qitish o‘rniga o‘ynab yuradi” degan xabarida.

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    Xorijda nima gap? Xorij Buyuk tushkunlikdan hamon azobda: “Kapitalist mamlakatlaridagi injener-texniklar o‘rtasida ishsizlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Yaqinda Nyu-York shahar idorasi, rasxodlar kamayganligi munosabati bilan, injener va texniklardan 1000 kishini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror chiqardi”; Ispaniya 1936-yilga borib fuqarolar urushiga aylanadigan ziddiyatlar ichida: “Ispaniyada ish tashlash harakati kengayib bormoqda... Malagada ishsizlar va ularga qo‘shilgan ishchilar pomeshchiklarning mulklarini o‘z qo‘llariga oldilar... Malagada siyosiy mahbuslar qo‘zg‘alib, qorovullarni qurolsizlantirdilar, turmaga o‘t qo‘ydilar”; Kashmir va Varshava notinch — namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashgan.

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Kommuna” gazetasining 1932-yil 13-aprel sonidan lavha

    Lekin eng asosiy mavzu — Yaponiyaning Xitoyga bosqini. “Xitoy ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda Shanxayda 65 ming yapon askari, 60 zirhli avtomobil va 160 harbiy aeroplan bor”, deyiladi bir xabarda. “Yaponiyaning siyosiy va harbiy doiralarida Yaponiyaning Millatlar ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi oqim kuchaymoqda, chunki Millatlar Ittifoqi go‘yo Shanxaydan yapon askarlarining chiqariluvini va Manchjuriya masalasining hal qilinuvini talab qilayotgan emish. Yaponiya imperializmasining bu qadami — Xitoyda yangi harakatlar uchun o‘zi yo‘l ochish istagi borligini ko‘rsatadi”, deyiladi “Yaponiya Millatlar ittifoqidan chiqish bilan po‘pisa qilmoqda” degan boshqa bir xabarda.

    60 yil avval. 13-aprel, juma

    SSSR rahbariyati 1962-yili ittifoq tarkibidagi O‘rta Osiyo respublikalari — O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonni alohida “yirik iqtisodiy rayon”ga ajratgan. Aprelda bu respublikalarning bosh gazetalari qo‘shma maxsus sonlar chiqargan. “Qizil O‘zbekiston”ning “Sovettik Kirgizistan”, “Tojikistoni Soveti” va “Sovet Turkmenistani” bilan birgalikdagi maxsus soni 13-aprelda bosmadan chiqqan. Gazeta muqovasining o‘zi alohida bir asar, uning bir chekkasida shoir Uyg‘unning “Do‘stlik qo‘shig‘i” she’ri. Unda shunday satrlar bor: “Turkman, tojik, o‘zbek, qirg‘izu qozoq, — Bir aka-ukaday mehribon, inoq. Hammasi jonajon, bari ittifoq. Bari bir maktabdan olmishdir saboq. U maktab Rossiya, Lenin maktabi!..”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    Bu vaqtga kelib O‘rta Osiyo yirik iqtisodiy rayonini koordinatsiyalash va planlashtirish kengashi xodimlari mintaqaning sanoat, qurilish va transportdagi ahvolini har taraflama o‘rganishni boshlagan edi. Gazetada o‘sha o‘rganishlar bilan bog‘liq materiallar bisyor. Iqtisodiyot fanlari nomzodi Kalyakinning “Iqtisodiy rayonimizning mashinasozligi” maqolasida shunday deyiladi: “Mashinasozlarimiz yetti yillik plandagi eng muhim vazifalardan birini bajarishga, ya’ni, 1965-yilda paxta hosilining 70 protsentini mashinalar bilan terib olishga munosib hissa qo‘shishlari lozim”. O‘zbekiston Xalq xo‘jaligi kengashi xodimi Bogdasarov “O‘zbekiston — qardoshlarga” deb nomlangan materialida o‘sha vaqtda Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston paxta dalalarida javlon urayotgan va “Tashselmash” zavodida ishlab chiqarilgan “XVS-1, 2” paxta terish mashinalarini “dunyoda eng mukammal” deb ta’riflaydi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Do‘stlik! Biz har bir qadamda ana shu do‘stlikning issiq haroratini qilib turamiz. Tojik qiz-juvonlari Tursunoy Oxunovaning ajoyib tashabbusiga qo‘shilib, paxta terish mashinalari rulini boshqarmoqdalar, — deb yozadi tojikistonlik Aminjon Shukuhiy. — Keksalarimiz yaxshi xotirlaydilar: arzimagan uy-joy deb, bir parcha yer deb, aka ukani, uka akani halok qilgan. Xususiy mulkchilik do‘stlik daraxtining ildiz-ildiziga bolta urgan, millatlar o‘rtasidagi hamkorlik va qardoshlikni kishanlab tashlagan edi. Biroq endigi avlod uchun bular qadimning ko‘ngilsiz xotirasigina bo‘lib qoldi. Qardosh o‘zbeklarning tojiklarga Mirzacho‘l bag‘ridan 50 ming gektar yerni in’om qilishi faqat sotsialistik zamonaga xos qudratli do‘stlikning ulug‘ namoyishidir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    Amudaryo nafaqat O‘zbekiston, balki Tojikiston va Turkmaniston hayotida ham muhim o‘rin tutuvchi suv manbaidir. SSSR Kommunistik partiyasining XXII syezdida Qarshi dashtlarini o‘zlashtirish vazifasi qo‘yilgan, bu esa aynan Amudaryo bilan bog‘liq, ayni vaqtda qo‘shni respublikalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan katta bir tadbir. Shu sababli ham bu masala gazetaning birlashgan sonida alohida yoritilgan. “Qizil O‘zbekiston” maxsus muxbiri S.Nurov ushbu loyiha shunday yozadi:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Qarshi dashtlaridagi mahsuldor yerlarda 100 ga yaqin sovxoz tashkil etiladi, cho‘ldagi bir million gektardan ortiq maydonda yiliga salkam ikki million tonna ‘oq oltin’ yetishtiriladi. Hisob-kitoblar dashtni o‘zlashtirish uchun sarflanadigan mablag‘lar qurilish jarayonining o‘zidayoq qoplanishini ko‘rsatib turibdi. KPSS Markaziy Komitetining mart Plenumida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari o‘rtoq Sh.Rashidov shu haqda bunday degan edi: ‘Qarshi cho‘li bamisoli katta xazinadir. Ma’lumki, g‘o‘zaning o‘sishi uchun asosan ikki muhim shart bo‘lishi: issiqlik va suv bo‘lishi kerak. Qarshi cho‘lida issiqlik ham, suv ham respublikaning boshqa har qanday rayonidagiga qaraganda ko‘p. Bu esa, sovuq tushmasdan oldin birinchi sort paxtani mo‘l-ko‘l qilib olishni ta’minlaydigan ishonchli shartdir... Farg‘ona vodiysiga sovet paxtachiligining durdonasi deb to‘g‘ri nom berilgan. Qarshi cho‘li o‘zlashtirilganidan keyin bizning paxtachiligimiz yana bir ajoyib durdona bilan boyiydi”.

    O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni xalq xo‘jaligi kengashlari ishini koordinatsiyalash va planlashtirish kengashi raisining o‘rinbosari A.Rudinning “O‘rta Osiyo yirik iqtisodiy rayoni” nomli maqolasi — gazetaning shu sonidagi eng asosiy material. Rudin maqolasining xulosa qismida “umumittifoq mehnat taqsimotida O‘rta Osiyo respublikalarining ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishdagi asosiy yo‘nalishlar”ni sanab o‘tgan — ularni ko‘rib chiqarkansiz, mintaqa birinchi galda arzon xomashyo va energetika manbasi sifatida ko‘rilganini anglash qiyin emas.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 13-aprel, dushanba

    Yakshanba kuni gazetalar chiqmaydi, shuning uchun “Toshkent oqshomi”ning dushanba soni 11-aprel, shanba kuni bo‘lgan asosiy voqealar bayoni bilan boshlangan. Eng asosiy yangilik — prezident Islom Karimov shanba kuni rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan. “Islom Karimovni Saudiya Arabistoni podshosi Faxd bin Abdil Aziz al Saud kutib oldi… Kechqurun Saudiya Arabistoni podshosi o‘zining ‘Assalom’ qasrida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ziyofat uyushtirdi... Ziyofatdan so‘ng Saudiya Arabistoni podshosi bilan O‘zbekiston Prezidenti o‘rtasida o‘zaro suhbat bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi gazeta xabarida. Qo‘shimcha qilinishicha, “kecha (12-aprel kuni) kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov va O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Makka shahriga yo‘l olgan”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidan lavha

    Shanba kuni yana bir e’tiborga molik tadbir bo‘lgan — O‘zbekiston bosh vaziri Abdulhoshim Mutalov matbuot anjumani o‘tkazgan. Unda jurnalistlar “O‘zbekistonning 21 million aholisini kiyintirish, uni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida belgilanayotgan chora-tadbirlardan boxabar bo‘lgan”. Materialda, jumladan, O‘zbekistonning o‘sha davrdagi ehtiyojlariga doir raqamlar keltirilgan: “6,2 million tonna don respublikamizning yillik ehtiyojidir. Shundan 4 million tonnasi un qilinadi. 550 ming tonna qand-shakar, 450 ming tonna go‘sht, 19 ming tonna sut, 53 ming tonna margarin, 73 ming tonna sariyog‘, 50 ming tonna go‘sht konservalari, 35 ming tonna turli yormalar, 315 ming tonna guruch, 31 ming tonna choy ishlatamiz, 300 million dona sigaret chekamiz va hokazo”. “Toshkent oqshomi” muxbiri Solih Yoqubovning yozishicha, “matbuot konferensiyasi oxirida bunday oshkora muloqot-uchrashuvlarni kelgusida muntazam ravishda o‘tkazib turish haqida so‘z borgan”.

    Toshkentda aprel boshidagi eng shov-shuvli voqealardan biri — shahardagi ayrim do‘konlarda sutning oshirilgan narxda (bir litri 4 so‘m 63 tiyindan) sotilgani. Ahvol shu qadar jiddiyki, bu masala hatto prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasida ham muhokama qilingan. Aybdorlar qattiq jazolangan: to‘rtta do‘kon mudiri, Chilonzor oziq-ovqat idorasi direktori ishdan haydalgan, yana bir qator mas’ullarga qat’iy hayfsanlar e’lon qilingan. O‘z navbatida, “bu hollarni o‘g‘rilik deb baholash qiyin”, deydi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdurashid Razzoqov. “Chunki ortiqcha narxda sotilgan sut uchun xaridorlar to‘lagan pullarning hammasi davlat budjetiga kelib tushgan”. O‘zi nega sut qimmat sotilgan? Birinchidan, narx-navo kun emas, soat sayin o‘zgarayotgan zamon emasmi — shahardagi 350 do‘konning barini ogohlantirishga ulgurishmagan. Ikkinchidan, nakladnoyda sutning ulgurji narxi 4 so‘m 63 tiyin deb ko‘rsatilgan — ko‘pchilik sotuvchilar aynan shu raqamni ko‘rib chalg‘igan (emish).

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidan lavha

    Gazetaning bu sonida Toshkent shahar tramvay-trolleybus ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muxtorbek Qodirbekov bilan suhbat ham bor. Uning aytishicha, “hozir boshqarmamizda belgilangan 8043 kishi o‘rniga 5831 elektr transportchisi mehnat qilmoqda. Buning birinchi sababi maoshning yetarli emasligida”. Shunga qaramay, boshqarma faoliyatini qoniqarli davom ettirishga harakat qilingan, chunki uning (tramvay va trolleybus) “haydovchilari har kuni 700—800 ming yo‘lovchini eson-omon o‘z manzillariga yetib olishlariga javobgar” (taqqoslash uchun, 2021-yilda Toshkentda avtobuslar, “marshrutka”lar va metropoliten vositasida har kuni 940—950 ming yo‘lovchi tashilayotgan edi — bu, aholi soni sezilarli oshganini hisobga olmasa, 30 yil avval tramvay va trolleybuslarning o‘zi tashigan yo‘lovchilar sonidan biroz ko‘proq, xolos).

    Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi xodimi Uyg‘un Shorixsiyevning “Ibrat olishsa bo‘lmasmikin?” nomli materialida u ishlaydigan idoraga shaharning bir mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchilardan shikoyat tushgani, uy oldida to‘planib qolgan chiqindilar olib ketilmayotganidan e’tiroz bildirilgani aytiladi. “Ertasiga o‘sha joyga yo‘l oldik. Qay ko‘z bilan ko‘raylikki, nari borsa ikki mashina chiqar-chiqmas axlatlar ikki uy orasida tepkilanib yotardi. O‘sha ‘qo‘lbola’ axlatxonani ham ular (ikki ‘dom’dagi 192 xonadonda yashovchilar)ning o‘zi bunyod etgan”. Muallif maqola davomida Toshkentning batartib va e’tiborga muhtoj hududlarini birma-bir sanagan: “Kechki payt ‘Oloy’ bozori bekatiga yetib keldim. Ochig‘i, metro qurilishi bahonasida shahrimizning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Engels ko‘chasidan ham fayz ko‘tarilibdi”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidan lavha

    “02: hodisalar, xabarlar” rukni ostida berilgan “Tezkor guruh — harakatda” maqolasi shunday boshlanadi: “Tungi soat 20 da shahrimizning o‘n bitta rayonidan kelgan militsionerlar shahar avtomobil nazorati inspeksiyasi oldidagi maydonda safga turdilar. Ular shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining muovini Tursunxon Xudoyberganov buyrug‘i bilan guruhlarga bo‘linishdi...”. Materialda tunda yuz bergan YTH va o‘g‘riliklar tafsilotlari, “sayoqlar” bilan olib borilayotgan ishlar haqida so‘z boradi. Masalan, Kuybishev rayoni (hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani)dagi Lunacharskiy (hozirgi Buyuk Ipak yo‘li) ko‘chasida mast haydovchi “GAZ-52” yuk mashinasini daraxtga borib urgani oqibatida mashina ichida bo‘lgan 40 yoshli ikki kishi halok bo‘lgan, 39 yoshli haydovchining o‘zi esa tirik qolgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidagi yangiliklar ustuni

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 13-aprel sonidagi yangiliklar ustuni
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan «Daryo» internet-nashriga taqdim etildi

    Mavzuga doir:

    • “Qizil O‘zbekiston”ga chiqqan Al Kapone, birinchi Kosmonavtika kuni, 95 foizi mashinada teriladigan paxta. O‘zbek matbuoti 12-aprelda nimalar haqida yozgan?

    13.04.2022, 07:30   Izoh (0)   64059
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.