• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rubl va yuan mustahkamlandi, lira va tenge qadrsizlandi — boshqa valyutalar so‘mga qanday ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi

    2022-yilning mart oyida so‘mning real samarali almashuv kursi yanvar oyiga nisbatan qariyb 4 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank sharhidan ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Real samarali almashuv kursi tashqi savdo aylanmasi, inflyatsiya darajasi va asosiy savdo hamkorlarining valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda milliy valyuta o‘zgarishidagi mavjud vaziyatni aks ettiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichdir.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Savdo-hamkor davlatlar inflyatsiya darajasi va milliy valyuta kursining so‘nggi oyda yuqori darajada shakllanganligi real samarali almashuv kursining qadrsizlanishiga sezilarli hissa qo‘shdi.

    Ayrim asosiy savdo-hamkor davlatlarning valyutalari kursi mart oyi davomida AQSH dollariga nisbatan sezilarli darajada pasaydi, — deyiladi Markaziy bank sharhida. 
    Rossiya rubli mart oyida 6 foizga (87 dan 81,8 ga) mustahkamlandi. Rubl kursi G‘arb mamlakatlar tomonidan qo‘llanilgan qator yangi sanksiyalar fonida fevral oyining oxiridan boshlab keskin qadrsizlanishga uchragan edi. 

    Keyinchalik mart oyida Rossiya Markaziy banki tomonidan AQSH dollariga talabni kamaytirish uchun kiritilgan turli cheklovlar natijasida mustahkamlandi. 

    28-fevral kuni Rossiya Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 9,5 foizdan 20 foizgacha ko‘tardi. Rossiya rublining fevral oyi so‘ngidagi keskin qadrsizlanishi ta’sirida Qozog‘iston tengesi mart oyida 7,9 foizga qadrsizlandi. 

    24-fevral kuni Qozog‘iston Markaziy banki asosiy foiz stavkani 13,5 foizgacha oshirdi. Turk lirasi ham mazkur oy davomida 7,7 foizga (13,6 dan 14,7 ga) qadrsizlandi. 

    Yil boshidan buyon Turkiya hukumati tomonidan milliy valyutani qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlar liraning biroz mustahkamlanishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, mintaqadagi notinch vaziyat liraga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, — deydi Markaziy bank. 
    Xitoy yuani ushbu oyda nisbatan barqaror darajada shakllandi. Xitoy kapital bozorlariga mablag‘lar oqimi ko‘payganligi hamda eksportning barqarorligi yuanning biroz mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. 
    2022-yil mart oyida asosiy savdo-hamkor davlatlarning deyarli barchasida inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘sishda davom etdi, — deyiladi sharhda. 
    Rossiyada oylik inflyatsiya 8 foizgacha tezlashib, yillik hisobda 17 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida go‘sht, yorma va sut mahsulotlari narxlari sezilarli oshdi. Shuningdek, import avtomobillari, kiyim-kechak, maishiy kimyo vositalari hamda dori-darmonlar narxi o‘sishi tezlashdi. 

    Qozog‘istonda oylik inflyatsiya 3,7 foizni tashkil etib, yillik hisobda 12 foizga yetdi. Oziq-ovqat mahsulotlari oylik 5,8 foizga (yillik 15,4 foizga), nooziq-ovqat mahsulotlari — 2,8 foizga (yillik 10,9 foizga) hamda xizmatlar 1,4 foizga (yillik 8,3 foizga) o‘sdi. 

    Turkiyada dunyoda energiya mahsulotlari narxlari oshishi fonida oylik inflyatsiya ko‘rsatkichi yuqorilab, 5,5 foizga yetdi, yillik hisobda 61,1 foizgacha oshdi. Bu so‘nggi yigirma yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi oylik hisobda 9,2 foizga o‘sib, yillik 115 foizga yetdi.

    Avvalroq O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida narxlar oshishi ko‘proq sezilgani ma’lum bo‘lgan edi.

    11.04.2022, 14:52   Izoh (0)   19196
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda birlamchi ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlar jarimaga tortilishi belgilandi

    11.04.2022, 14:12

    O‘zbekistonda ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari 2022-yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladigan bo‘ldi

    11.04.2022, 13:09

    O‘zbekiston Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

    11.04.2022, 13:01

    “O‘zgidromet” hafta o‘rtalaridan issiq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    11.04.2022, 12:47

    “Bir fandan bir nechta darslik bo‘lishi qonun bilan cheklanmagan”. O‘zbekistonda 1—4-sinflar uchun muqobil darsliklar yaratildi

    11.04.2022, 12:37

    Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxmat maktabi ochish taklifi bilan kelgan murojaatchiga Spark sovg‘a qildi

    11.04.2022, 12:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.