• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: biz tez-tez ishlatadigan, lekin asl ma’nosiga e’tibor qaratmaydigan 10 ta so‘z

    Ba’zi so‘zlarni qo‘llaymiz-u, lekin ularning tub ma’nosiga ko‘pda e’tibor beravermaymiz. Ayniqsa, iboralar tarkibidagi so‘zlarning asl ma’nosi e’tibordan chetda qoladi. Ularning lug‘aviy ma’nosi aksariyat hollarda biz o‘ylagandan tamom boshqacha bo‘ladi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning ayrimlarini sharhlaydi.

    Ensasi qotdi: ensa qayer?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Og‘zaki tilda ensasi qotdi, ensasini qotirdi iboralarini ko‘p eshitamiz. Xo‘sh, ensa qayer? Izohli lug‘atga ko‘ra, ensa odam boshining orqa pastki qismini, shu joydagi suyakni anglatadi.

    Choyxonachi do‘ppisini pe­shonasiga surib, ensasini qashidi. E. Usmo­nov, “Yolqin”.

    Ensasi qotmoq iborasi esa yoqimsiz gap, ish, xat­ti-harakat, holat va shu kabilardan g‘ashi, g‘azabi qo‘zg‘amoq; achchig‘lanmoq ma’nosini bildiradi.

    Menimcha, ensasi qotdi iborasining paydo bo‘lishiga biror ishdan jahli chiqqan, norozi bo‘lgan yoki shu ishga istehzoli munosabat ko‘rsatgan odamning boshini biroz orqaga egib, holatga bir muddat bepisand yo yoqinqiramay qarab turishi sabab bo‘lgan. Chunki bu holatda bosh harakatsiz turadi va ensa biroz qotishi-qotishishi mumkin.

    Ensa so‘zi eski o‘zbek tilida bo‘yin, gardan ma’nosida ishlatilgan. U hozir boshqa qardosh turkiy tillarda ham bo‘yin, tananing orqa yuqori qismi, orqa, tana, kuch, qudrat ma’nolarida qo‘llanadi.

    Iyig‘i chiqdi: iyiq nima?

    So‘zlashuvda iyig‘im chiqdi, iyig‘i chiqdi, iyig‘ing chiqadi kabi jumlalarni bot-bot ishlatib turamiz. Iyiq so‘zining ikki xil ma’nosi bor:

    1. Ot, eshak kabi ish hayvonlarining oldingi ikki oyog‘i ustidagi, beldan bo‘yingacha bo‘lgan qismi.
    2. Shu joyda paydo bo‘ladigan yara.

    Iyig‘i chiqmoq iborasi esa juda ezilmoq, abjag‘i chiqmoq ma’nolarini anglatadi:

    Ural temir yo‘lida ishlayverib, iyig‘im chiqqanini bilsang edi. N. Safarov, “Uyg‘onish”.

    Asfalasofilinga ketdi: asfalasofilin nima?

    Asfalasofilin bo‘lmoq yoki asfalasofilinga ketmoq iboralari qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak.

    Asfalasofilin arabchadan kirgan, asliyatda tubanlarning tubani, eng yaramas, eng tuban ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida alohida holda do‘zaxning eng tagi, jahannam ma’nosida qo‘llanadi. Iboralar ichida qo‘llanganda esa ma’no o‘zgarishlarga uchraydi.

    Asfalasofilin bo‘lmoq yoki asfa­laso­filin­ga ketmoq:

    1. Chuqurlikka, jar­likka tushib ketmoq.
    2. Ko‘chma ma’noda: halok bo‘l­moq, halokatga uchramoq.

    Sapcha haqida gapcha

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    So‘zlashuvda va badiiy uslubda “Boshingni sapchadek uzib tashlayman” degan tahdidli gap ishlatib turiladi. Sapcha aslida pishib yetilmagan kichkina qovun; xomak degani. Oldin tilimizda faol ishlatilgan.

    Juda ko‘p tushunchalar, narsalarning otini unutdik, ishlatmay qo‘ydik. Bitta-yarim yoshi ulug‘ kishining yoki tili boy odamning gapida uchraydigan bunaqa topildiq so‘zlarni qulog‘imiz yotsirab qabul qiladigan bo‘lib qoldi. Izohli lug‘atda keltirilgan misollarga e’tibor bersangiz, sapcha so‘zi XX asr o‘rtalarida va undan keyin ham jonli tilda qo‘llanganiga ishonch hosil qilasiz:

    – Qovun tushiradiganlarga yordamlashaman, sapcha berishadi, – dedi Otaboy. G‘. G‘ulom, “Shum bola”.

    “Boshni sapchadek uzib tashlamoq” iborasida nega aynan sapcha so‘zi ishlatilgan? Qovunning poyasi bodring poyasiga o‘xshash. Har ikki ekinning mevasi oson uziladi. Ters qayirsangiz, “tirs” etib uzilib ketadi. Nega qovun emas, sapchaga o‘xshatilgan? Menimcha, bunga sapcha kichikroq bo‘lgani, bosh hajmiga to‘g‘ri kelishi sabab. Bunda tahdid qilinayotgan kishini yerga urish, boshini pishmagan qovunga o‘xshatish orqali aql-idrokida nuqson borligiga ishora qilish ham bo‘lishi mumkin.

    Ayyuhannos – jarchining xitobi

    Ayyuhannos so‘zi arab tilidan kirgan, asliyatda ey odamlar degan ma’noni anglatadi. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da ko‘rsatilishicha, arabchada ey undovini ifodalovchi ayyuha so‘zi, al- aniqlik artikli va odamlar ma’nosini bildiruvchi nas so‘zidan tarkib topgan.

    Bu so‘z o‘zbek tilida ikki xil ma’noda qo‘llanadi:

    1. Olomonga, to‘daga qarata qilinadigan xitob, nido.
    2. Shovqin-suron, hayqiriq; dod-faryod.

    Ayyuhannos solmoq iborasi baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan boshiga ko‘tarish ma’nosini anglatadi.

    Qadimda jarchilar odamlarga ayyuhannos (ey odamlar!) so‘zi bilan murojaat qilgan. Jarchi baland ovozda, baqirib gapirishga majbur, chunki so‘zlarini ko‘pchilikka yetkazishi kerak. U birinchi bo‘lib ishlatadigan ayyuhannos so‘zi keyinchalik baqir-chaqir qilish, shovqin ko‘tarish holatlariga nisbatan ham qo‘llana boshlagan.

    Och biqin qayer?

    Och biqiniga tushirdi, och biqiniga urdi, och biqiniga musht yedi kabi iboralar bor. Xo‘sh, och biqin qayer? Buni bilish uchun oldin biqin so‘ziga aniqlik kiritib olamiz: biqin – gavdaning qo‘ltiqdan to tos suyagigacha bo‘lgan ikki yon qismi.

    Och biqin esa biqinning ko‘krak qafasidan pastki qismi:

    Boshidan suv quyasanmi yoki och biqiniga bir-ikki tushirasanmi, o‘zing bilasan. Xullas, ko‘zini moshdek ochib qo‘ymasang bo‘lmaydi. “Mushtum”.

    Nafsi hakalak otdi: hakalak nima?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu ibora tilda ko‘p qo‘llanadi. Ibora tarkibidagi hakalak so‘zi o‘zbek tilida bir oyog‘i yo‘q va bolalar o‘yini ma’nosida ishlatiladi. Yerga chizilgan kataklar bo‘ylab bir oyoqlab sakrab o‘ynayotgan qizaloqlarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Ular o‘ynayotgan o‘yining nomi – hakalak.

    Mana shu o‘yin nomini esda saqlab qoling. Ko‘pchilik uni ruschalab klassiki deb qo‘ya qoladi. Aslida o‘zbekchada bu o‘yinning bir nechta nomlari bor. O‘zbekcha-ruscha lug‘at hakalak so‘zini ruscha жёлудь, ya’ni cho‘chqayong‘oq ma’nosida ham izohlagan.

    Hakalak otmoq iborasi bir oyoqlab irg‘ib-irg‘ib yurishni bildiradi.

    Nafsi hakalak otmoq iborasi esa ikki xil ma’noga ega:

    1. Ishtahasi juda ochilib, yeyish, ichishdan o‘zini to‘xtatolmaslik.
    2. O‘ziniki qilish, o‘zlashtirishda ishtahasi karnay bo‘lmoq.

    O‘tirsa – o‘poq, tursa – so‘poq: o‘poq va so‘poq nima?

    Xalq tilida tez-tez ishlatilib turadigan bu iboraning umumiy ma’nosi ma’lum: har bir harakatidan ayb topish, ayb topib kamsitaverish:

    Qo‘chqor bechorani o‘tirsa – o‘poq, tursa – so‘poq deb oralariga sovuq­­­­lik soldi. S. Anorboyev, “Oqsoy”.

    Iborada qatnashgan o‘poq so‘zi mustaqil ishlatilmaydi. Izohli lug‘atga ko‘ra, o‘poq-so‘poq juft so‘zi noto‘g‘ri shakldagi, qin­g‘ir-qiyshiq, ko‘rimsiz, xunuk degan ma’nolarni anglatadi: o‘poq-so‘­poq piyolalar, o‘poq-so‘poq nonlar.

    So‘poq so‘zi esa yassi va cho‘ziq ma’nosida keladi va asosan bosh va yuz tuzilishi, bichimini ifodalash uchun ishlatiladi: so‘poq bosh.

    O‘poq so‘zining etimologiyasi bo‘yicha taxminim bor. Bu so‘z o‘pqon, o‘pqin, o‘pirmoq kabi so‘zlarning o‘zagi – o‘p so‘zidan yasalib, kemtik, bir tomoni yo‘q degan ma’noni anglatgan bo‘lishi mumkin.

    Bir baxya qoldi: baxya nima?

    Ko‘pchilik bu so‘zni bahiya yoki bahya tarzida xato yozadi. Menimcha, buning sababi – so‘zning ma’nosini bilmaslik.

    “Bir baxya qoldi” iborasidagi baxya vaqtni bildiruvchi so‘z emas. U masofani anglatadi.

    Baxya fors tilidan olingan, o‘zbek tilida kiyimning to‘g‘ri chok bilan bostirilgan qirg‘og‘i va shunday chokning o‘zi ma’nosida ishlatiladi.

    Chok hajmi kichkina bo‘lgani sababli u kichiklik ma’nosini ifodalovchi iboralarga ko‘chgan:

    Bir baxya – ozgina, bir oz, kichkina.

    Bir baxya o‘tadi – oshib tushadi, o‘zadi.

    Bir baxya qoldi – sal qoldi, oz qoldi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Qulog‘i tom bitgan: tom nima?

    Tilimizda uch xil tom so‘zi bor. Ikkitasining ma’nosi ko‘pchiligimizga yaxshi tanish: uyning tomi, kitobning tomi (jildi). Sarlavhadagi iborada bu ikki tom so‘zi qatnashmagan. U boshqa bir omonim. U arab tilidan kirgan tom so‘zi bo‘lib, asliyatda to‘la, to‘liq, butun; mukammal ma’nosini bildiradi. O‘zbekchada to‘la, to‘liq, butunlay, tamomila ma’nolarida qo‘llanadi:

    Tom ma’noda, tom ma’nosi bilan kabi iboralarda ham ana shu tom so‘zi ishlatilgan. Bunda to‘­liq, chin ma’­no nazarda tutiladi.

    Qulog‘i tom bitmoq birikmasi quloq tamoman bitganini, eshitish qobiliyati yo‘qolganini bildiradi. Bu ibora bo‘yicha ba’zan etimologiya variantlari ham uchrab turadi: “tom ostida qolgan odamning qulog‘i eshitmay qoladi, shuning uchun tom bitdi deyilgan” deganga o‘xshash. Bu xato, albatta.

    06.04.2022, 08:00   Izoh (0)   77419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kinotavsiya: sevib tomosha qilinadigan 7 ta fransuz komediyasi

    Kino | 6 avgust, 10:58

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52

    Ukraina Rossiyaning yangi atom suvosti kemasi haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi

    Dunyo | 6 avgust, 09:48

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik O‘zbekistonda tarqalmaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 09:37

    “Barselona” Erling Holand, Bredli Barkolya va Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

    Sport | 6 avgust, 09:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.