• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Germaniya Ukraina xavfsizligini kafolatlashga tayyor, AQSH hozircha yo‘q. Istanbuldagi muzokaralarga dunyo mamlakatlarining munosabati

    Moskva va Kiyev vakillarining Istanbuldagi muzokaralaridan so‘ng Buyuk Britaniya va Germaniya Ukrainaning xavfsizligi uchun kafillik qilishga tayyorligini bildirdi, biroq AQSH va Polsha o‘zlari uchun bunday imkoniyat haqida hozircha izoh bermagan.

    29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukraina mojaroni hal qilish bo‘yicha Rossiyaga birinchi marta yozma takliflarini topshirdi. Ularda, jumladan, xavfsizlik bo‘yicha qator davlatlarning kafolati talab qilingan. Ukraina ro‘yxatiga BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, shuningdek, Germaniya, Isroil, Italiya, Kanada, Polsha va Turkiya kiritilgan.

    “TASS” ro‘yxatdagi davlatlardan shu paytgacha yangragan asosiy bayonotlarni to‘pladi.

    Istanbuldagi Rossiya—Ukraina muzokaralari

    Istanbuldagi Rossiya—Ukraina muzokaralari
    Foto: “TASS”

    AQSH hozircha tayyor emas

    Vashington Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish haqida gapirishga hozircha tayyor emas. Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Keyt Bedingfild jurnalistlarga “Men sizga xavfsizlik kafolatlariga oid muhokamalar bo‘yicha oldindan aniq ma’lumot bera olmayman” — degan.

    Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlar Istanbuldagi muzokaralarga ancha vazmin munosabat bildirdi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga “haqiqiy progress bor-yo‘qligini aniqlash imkonini” berdi va agar Kiyev “ijobiy” o‘zgarishni ko‘rsa, Vashington ehtimoliy kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.

    Rossiya Mudofaa vazirligining Kiyev va Chernigov yo‘nalishida faollikni keskin kamaytirish haqidagi bayonotiga Qo‘shma Shtatlar chamasi shunday munosabat bildirgan. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Moskvaning nima deyayotganidan ko‘ra ko‘proq nima qilayotganiga e’tibor qaratgan, AQSH prezidenti Jo Bayden esa aniq qadamlarni ko‘rmaguniga qadar Rossiyaning bayonotiga har qanday tarzda fikr bildirishdan bosh tortgan. Oq uyning ta’kidlashicha, “dunyo hatto Ukrainaning boshqa hududlariga ham keng ko‘lamli hujumlar bo‘lishi ehtimoliga tayyor turishi zarur”.

    G‘arbda fikrlar turlicha

    Boshqa G‘arb davlatlarining fikrlari bir-biridan farq qilmoqda: Buyuk Britaniya va Germaniya kafil bo‘lishga tayyorligini bildirgan bo‘lsa, Polsha izohlardan qochishni afzal ko‘rdi, Fransiya esa Ukrainaga kafolatlar haqida hali rasman gapirmadi.

    Agar Kiyev so‘rasa, London unga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishdagi rolidan mamnun bo‘ladi, deya ishontirdi Britaniyaning BMTdagi elchisi Barbara Vudvord. Berlin hukumatining matbuot kotibi Shteffen Xebeshtraytning so‘zlariga ko‘ra, ular “ko‘plab boshqa davlatlar kabi” kafil bo‘lishga tayyor, biroq taklif etilayotgan kelishuv formatini o‘rganib chiqish kerak.

    Varshava, xuddi Vashington singari, kafolatlar qabul qilinishidan oldin bu haqda gapirishdan bosh tortdi. “Ommaviy axborot vositalarida gapirilayotgan majburiyatlar — muhim majburiyatlardir. Ammo biz bunday takliflar qabul qilinadimi yoki yo‘qligi haqida ushbu takliflarning tafsilotlari aniqlangandan keyin ma’lum qilamiz, chunki hozir bunday narsalarni tasdiqlash yoki rad etish qiyin”, — dedi Polsha hukumati vakili Pyotr Myuller, tafsilotlarni tushuntirib. “Bu juda muhim, chunki aniq majburiyatlar shundan kelib chiqadi”.

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilganini aytdi, ammo tafsilotlarni keltirmadi. Fransiya rasmiylarining bayonotida esa kafolatlar umuman tilga olinmagan. Hukumat matbuot kotibi Gabriel Attalga ko‘ra, Parij Moskva va Kiyev bayonotlarini e’tiborga olgan.

    Xitoy konstruktiv rolini davom ettirmoqchi

    “Biz konstruktiv rol o‘ynashda davom etamiz va Ukrainadagi vaziyatni normallashtirishga yordam beramiz”, — dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin Pekin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik bitimining kafolati bo‘lishga tayyormi, degan savolga javoban.

    Shu bilan birga, Xitoy Rossiya va Ukrainaning “qiyinchiliklarni yengib o‘tish va tinchlik muzokaralarini davom ettirish”dagi sa’y-harakatlarini, shuningdek, turli mamlakatlarning “keng ko‘lamli gumanitar inqirozning oldini olish bo‘yicha” harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukraina muammosining murakkab tarixiy kelib chiqishi va sabablari bor, bu Yevropada uzoq vaqtdan beri to‘planib kelayotgan xavfsizlik sohasidagi qarama-qarshiliklarning portlashiga olib keldi”.

    Van I Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda “Ukrainadagi inqirozdan saboq olishga va o‘zaro hurmat, xavfsizlikning bo‘linmasligi hamda bu sohadagi barcha tomonlarning xavotirini inobatga olgan holda, muloqot va muzokaralar orqali Yevropa xavfsizligining muvozanatli, samarali va barqaror arxitekturasini yaratish va shu tariqa Yevropada uzoq muddatli tartib va ​​barqarorlikka erishishga” chaqirdi.

    Mavzuga doir: “Bu shunchaki urush emas. Vaziyat undan ham battar”. Vladimir Zelenskiy rossiyalik jurnalistlarga intervyu berdi

    31.03.2022, 12:19   Izoh (0)   28070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Osetiya Rossiya tarkibiga kirishni rejalashtirmoqda. Abxaziya esa Rossiyaga qo‘shilmasligini bildirdi

    31.03.2022, 11:29

    Bayden koronavirusga qarshi ikkinchi buster dozani oldi

    31.03.2022, 10:29

    Armaniston favqulodda vaziyatlar vaziri korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi

    31.03.2022, 09:35

    Rossiya qo‘shinlari Chernobil AESni tark etishni boshladi — AFP

    31.03.2022, 09:05

    Zelenskiy Bayden bilan Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarning borishi haqida fikr almashdi

    31.03.2022, 08:49

    Slovakiya Rossiyadan elchixonadagi xodimlar birliklarining 35 nafarini qisqartirishni so‘radi

    31.03.2022, 08:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.