Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Sharqiy xab” loyihasi doirasida Namangan—Olmaota—Namangan yo‘nalishida yangi muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
30-mart kuni soat 19:56 da aviakompaniyaning A320 rusumli havo kemasi 160 nafar yo‘lovchini Namangandan Qozog‘istonning Olmaota shahriga olib ketdi.
Samolyot bugun 23:45 da Namanganga qaytib qo‘nadi.
Ma’lumot uchun, Namangan—Olmaota—Namangan yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Izoh (0)