• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Xalq demokratik partiyasi deputatlik va parlament nazoratini kuchaytirishga jiddiy kirishdi

    Sog‘liqni saqlash katta soha, bu soha bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qilinib, zarur vazifalar belgilangan, katta mablag‘lar ajratilgan. Asosiy maqsad — mahallalarda, xonadonlarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash. Joylarda bu maqsadga erishilyaptimi? Muammolar vaqtida hal etilyaptimi? Xalq salomatligi uchun muhim bo‘lgan loyihalar oxiriga yetkazilyaptimi? Odamlar hayotida real o‘zgarish bormi-yo‘qmi?

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni hayotga izchil tatbiq etish, bu borada parlament va deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida qator vazifalarni belgilab oldi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi joriy yilning fevral oyida bir guruh deputatlar, xalq deputatlari kengashlari bilan birga, oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini joylarga chiqib o‘rgandi.

    O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 4-bandi ijrosi, ya’ni 2021-yilda tashkil etilishi belgilangan 100 ta oilaviy shifokorlik punkti (OShP), 28 ta oilaviy poliklinikaning (OP) faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

    Monitoring davrida aniqlanishicha, 100 tadan 96 ta oilaviy shifokor punkti ishga tushgan bo‘lib, qolgan 4 tasi ishga tushirilmagan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta — Bo‘zatov tumani “Aq yeden” oilaviy shifokorlik punkti hamda Mo‘ynoq tumani “Qizil jar” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Shuningdek, Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Mehnatobod”, Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Soz-soy” oilaviy shifokorlik punkti turli sabablar bilan ishga tushmagan.

    Umuman olganda, rejalashtirilgan 28 ta oilaviy poliklinikaning 27 tasi ishga tushirilgan bo‘lib, 1 tasining (Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 17-oilaviy poliklinika qurilish ishlari oxiriga yetkazilmaganligi sababli) faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.

    Oilaviy poliklinikalarning 13 tasi ta’mirlangan, 14 tasi ta’mirtalab holatda bo‘lsa, oilaviy shifokorlik punktlarining 56 tasi ta’mirlangan, 36 tasi ta’mirtalab holatda, 4 tasida esa qurilish ishlari yakunlanmagan. Oilaviy poliklinikalarning 8 tasi tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan, 20 tasi qisman, oilaviy shifokorlik punktlarining 33 tasi tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan, 63 tasida tibbiy asbob-uskunalarga ehtiyoj bor.

    O‘rganilgan tibbiyot muassasalarining qariyb 50 foizida kadrlarga ehtiyoji borligi ma’lum bo‘lgan. Deputatlar o‘rganishlar davomida aniqlangan boshqa holatlar bo‘yicha ham Sog‘liqni saqlash vazirligiga tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi. Sog‘liqni saqlash sohasining quyi tizimida amalga oshirilayotgan muhim ishlar e’tirof etilgan holda aniqlangan kamchiliklarni, sa’y-harakatlarni birlashtirish orqali bartaraf etish taklif etildi.

    Turli sabablar bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini samarali tashkil etish, parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha choralar belgilandi.

    Xalq demokratik partiyasi faqat monitoring o‘tkazish bilan cheklanib qolmaydi. O‘rganish tibbiyot sohasi bo‘yicha parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi dastlabki tadbirlardan biri hisoblanadi. Keyingi nazorat tadbirlari reja asosida izchil davom ettiriladi.

    XDP deputatlari jarayonda faol qatnashadi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining oldida turgan ustuvor vazifalar ham belgilab olingan.

    Xususan:

    • qishloq joylaridagi ayollarni kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta’minlash, jumladan, xotin-qizlarga o‘z tomorqasida gul va meva-sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi holati yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
    • mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash maqsadida tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, mahalliy budjetdan mablag‘lar ajralishi masalasini Xalq deputatlari mahalliy kengashlar sessiyalarida ko‘rib borish;
    • oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar ro‘yxatini mahallalarda shakllantirishda deputat sifatida bevosita ishtirok etish;
    • har chorakda xalq deputatlari mahalliy kengashlari sessiyalarida farmon ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlarining axborotlarini eshitib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
    • oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi viloyat, tuman, shahar hududiy bo‘limlari rahbarlarini oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiyalar berilishining shaffofligini ta’minlash maqsadida, mahalliy kengash sessiyalarida hisobotlarini eshitib borish;
    • oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan davlat budjetidan har yili ajratilishi belgilangan resurs mablag‘larini maqsadli ishlatilish ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish;
    • xalq deputatlari mahalliy kengash sessiyalari viloyat, tuman, shahar hokimlarini “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlash masalasida amalga oshirayotgan ishlari xususida hisobotlarini eshitib borish tizimini muntazam yo‘lga qo‘yish belgilangan.
    Reklama huquqi asosida.

    26.03.2022, 18:00   Izoh (0)   17410
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yashil makon”: PepsiCo’ning O‘zbekistondagi botleri — International Beverages Tashkent ham ezgu tashabbus ishtirokchisi

    26.03.2022, 15:00

    Navro‘z bayrami arafasida AKFA Group obodonlashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlab “Yashil makon” loyihasida ishtirok etdi

    26.03.2022, 12:00

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Asakabank” uchun qo‘shimcha 60 mln dollar ajratadi

    26.03.2022, 10:30

    Yangi Choshtepa turar joy majmuasi: tashrif buyuruvchilarning katta oqimi sabab biznesingiz daromadi kafolatlanadi

    26.03.2022, 09:00

    Halollikka asoslangan munosabatlar: Ucell’dan “Sof” tarifi

    25.03.2022, 18:00

    Beeline Uzbekistan Toshkent va Samarqandni gipertezlikdagi kanal bilan bog‘laydi

    25.03.2022, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiya Rossiya tahdidi sababli mudofaa xarajatini keskin oshiradi

    Dunyo | 14 iyul, 09:31

    Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 09:24

    AQSH Adliya vazirligi Trampga qarshi tergovda qatnashgan 20 kishini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 14 iyul, 09:10

    Eronning ikki klubi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

    Sport | 14 iyul, 09:01

    “Yirik biznesning ko‘zga ko‘rinmas vintchasi bo‘lishni xohlamadim”. Labubu asoschisi qanday qilib Xitoyning eng yosh milliarderiga aylandi?

    Layfstayl | 14 iyul, 08:52

    Xitoyda ona ikki farzandini sotib, pulni strimerlarga xayriya qildi

    Dunyo | 14 iyul, 08:26

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.