Joriy yilning 24—25-mart kunlari poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli tadbir mamlakatimizda investitsion va ishbilarmonlik muhitini faollashtirish uchun o‘ziga xos maydon bo‘lib xizmat qildi.
Mazkur forum doirasida “Asakabank” AJ hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida savdo amaliyotlarini moliyalashtirish uchun avval ajratilgan mablag‘ni yana 60 million dollarga ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolandi.
Shunday qilib, uning qiymati 80 million dollarga yetkaziladi. Jalb etilayotgan mablag‘ kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining savdo amaliyotlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)