• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushning 21-kuni: Mariupolda yuzlab odamlar yashiringan teatr bombardimon qilindi. Zelenskiy G‘arbdan qurol so‘radi, Bayden milliard dollarlik harbiy yordam berishga qaror qildi (foto va video)

    Ukrainada urush roppa-rosa uch haftadan beri davom etmoqda. 16-mart kuni Kiyevda kuchaytirilgan komendantlik soati amalda bo‘ldi — aholiga maxsus ruxsatnomalarsiz uylarini tark etish taqiqlandi. Mariupolda drama teatri binosi butunlay vayron qilindi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShdan mamlakat osmonini yopishni yoki havo mudofaasini ta’minlashni talab qildi. Meduza 16-mart, urushning 21-kunidan asosiy ma’lumotlar va fotosuratlarini jamladi.

    Kiyevdagi portlashdan keyin ko‘tarilgan tutun. Shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari turar joy binolarini bombardimon qilishni kuchaytirgan.

    Kiyevdagi portlashdan keyin ko‘tarilgan tutun. Shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari turar joy binolarini bombardimon qilishni kuchaytirgan.
    Foto: AFP

    Vladimir Zelenskiy G‘arbdan Ukraina osmonini yopishni yana so‘radi. Ukraina prezidenti AQSh Kongressi oldida so‘zga chiqib, yana G‘arbdan Ukraina osmonini yopishni yoki mamlakatiga havo hujumidan mudofaa tizimlari va aviatsiya berishni so‘radi. “Rossiya Ukraina osmonini minglab odamlar uchun o‘lim manbaiga aylantirdi”, — dedi u amerikaliklarga 1941-yilda Perl Xarbor portlashi va 2001-yil 11-sentabr hujumlarini eslatib. Zelenskiy Kongress a’zolariga Ukraina shaharlarining portlatilishi va o‘qqa tutilishi aks etgan videolavhani ko‘rsatdi. Nutqi yakunida esa ingliz tilida AQSh prezidenti Jo Baydenga murojaat qilib, uni “dunyoning” va tinch hayot uchun intilayotgan barchaning yetakchisi bo‘lishga chaqirdi.

    Vladimir Zelenskiy AQSh Kongressida onlayn formatda nutq so‘zladi.

    Vladimir Zelenskiy AQSh Kongressida onlayn formatda nutq so‘zladi.
    Foto: Getty Images

    Ko‘p o‘tmay, Bayden Ukrainaga milliard dollarlik harbiy yordam paketi, jumladan 800 ta havo mudofaa tizimi, 9000 ta tankga qarshi qurollar, 7000 ta o‘qotar qurollar va 20 millionta o‘q-dorilar berilishini e’lon qildi. Bayden AQShning Ukrainani eng yangi qurollari bilan ta’minlashga tayyorligi belgisi sifatida dronlarning yetkazib berilishini alohida ta’kidladi.

    Mariupol hukumati yuzlab odamlar yashiringan drama teatriga Rossiya bombalari tashlanganini xabar qildi. Mahalliy OAV vayron bo‘lgan teatrning fotosuratlari va videolarini chop etdi. Ularda binoning muhim qismi qulagani, vayronalar yonayotganini, bino ustida tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Mart oyi boshida ushbu drama teatri evakuatsiya uchun odamlar yig‘iladigan joylardan biri sifatida e’lon qilingandi, ammo yaqin vaqtgacha bu yerdan evakuatsiya deyarli amalga oshirilmagan. Mariupol shahar kengashining bugungi hisobotiga ko‘ra, yuzlab odamlar teatr binosidan, jumladan hozirda vayronalar ostida qolgan bomba boshpanasida qo‘nim topgan. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan ko‘rinib turibdiki, bino yaqinidagi ikkita asfalt maydonda “BOLALAR” deb yozilgan.

    Foto: MAXAR

    Ukraina Now telegram kanali teatr ichidan olingan videoni e’lon qildi: unda chindan ham har bir xonada ko‘p odamlarni ko‘rish mumkin, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Video 10-mart yoki undan avval suratga olingan (o‘sha kuni videoning to‘liq versiyasi “Azov” YouTube kanalida e’lon qilingan; video oxirida teatrda mingdan ortiq odam borligi aytilgan) . Ukraina Now telekanali, shuningdek, Mariupolni tark etgan odamning gaplaridan iqtibos keltirdi — u teatrda odamlar “yerto‘lada, zalda, sahnada” joylashganini aytdi va ularning sonini bir yarim ming kishi deb baholadi.

    Teatr portlashida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q – shahar ma’muriyati “bu dahshatli va g‘ayriinsoniy harakat ko‘lamini haligacha baholab bo‘lmaydi, chunki shaharda turar-joylarni o‘qqa tutish davom etmoqda”, dedi. “Azov”ning ta’kidlashicha, rossiyalik harbiylar teatr odamlar bilan to‘la ekanini biladi, chunki “bu qochoqlarning yig‘ilishi uchun rasman belgilangan joy edi”.

    Rossiya teatrning vayron qilinishida “Azov”ni aybladi. “Mavjud ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, millatchi “Azov” bataloni jangarilari o‘zlari minalagan teatr binosini portlatib, yangi qonli provokatsiyani amalga oshirgan”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mariupollik qochqinlar “Azov” natsistlari teatrda odamlarni asirda ushlab, binoning yuqori qavatida “o‘t ochish nuqtalari” o‘rnatganini aytishgan.

    Shunga o‘xshash xabar rossiyaparast OAVlarda 16-mart kuni Donetks Axborot vaziri o‘rinbosari Daniyl Bezsonovning taklifiga binoan tarqaldi.

    Bezsonov o‘zining Telegram-kanalida DXRga o‘tib ketgani aytilayotgan anonim sobiq “Azov” jangarisiga tayanib, “Ukraina jangarilarining shtab-kvartirasi Mariupol drama teatrining podvalida joylashgani, teatr zali esa tinch aholi bilan gavjum ekani, ularning qochib ketmasligi uchun ‘Azov’ polkining 12 nafar jangarisi qo‘riqlashini” aytdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi rossiyaparast akkauntlarda shunga o‘xshash xabarlar avvalgi kunlarda ham tarqatilgan; endi Rossiya OAVlari ulardan Ukraina “provokatsiyasi”ning dalili sifatida foydalanmoqda.

    Rossiya Mudofaa vazirligi ham shu tarzda bayonot berib, teatrning portlatilishini Mariupoldagi bolalar kasalxonasining vayron qilinganiga qiyosladi: “Tinch aholi hayotiga potensial xavf tug‘dirishini va millatchilar tomonidan 9-mart kuni Mariupoldagi 3-sonli kasalxonada amalga oshirilgan provokatsiyani hisobga olsak, shahar markazidagi teatr binosini portlatish nishoni sifatida hech qachon ko‘rmaganmiz”. Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya “Mariupol shahrida quruqlikdagi nishonlarga” birorta aviazarba bermaganini iddao qildi.

    Ochiq manbalarda Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotlarini shubha ostiga qo‘yadigan ma’lumotlar mavjud. Birinchidan, “Azov” tomonidan 10-mart kuni e’lon qilingan kadrlar teatrdagi odamlar “garovga olingani” haqidagi da’volarni tasdiqlamaydi: videodan teatrda odamlar boshpana topgani va u yerda yordam berilayotganini ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda 16-mart kuni Mariupolda boshqa portlashlar sodir etilgani haqida dalillar bor — xususan, Neptun basseyni vayron qilingan.

    16-martga oid boshqa fotosuratlar

    Kiyevdagi binoga o‘t ochilgandan so‘ng

    Kiyevdagi binoga o‘t ochilgandan so‘ng
    Foto: Reuters

    O‘qqa tutilgan bino vayronalari.

    O‘qqa tutilgan bino vayronalari.
    Foto: Reuters

    Mavzuga doir: Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni — suratlarda

    O‘t o‘chiruvchilar Xarkovdagi omborda yong‘inni o‘chirmoqda

    O‘t o‘chiruvchilar Xarkovdagi omborda yong‘inni o‘chirmoqda
    Foto: Reuters

    Qutqaruvchilar Xarkov viloyati hokimligi binosida marhumning jasadini vayronalar ostidan olib chiqmoqda

    Qutqaruvchilar Xarkov viloyati hokimligi binosida marhumning jasadini vayronalar ostidan olib chiqmoqda
    Foto: Meduza

    Mariupol aholisi gumanitar yo‘lak bo‘ylab evakuatsiya qilinmoqda. Zaporojyening chekkasida to‘xtash joyi.

    Mariupol aholisi gumanitar yo‘lak bo‘ylab evakuatsiya qilinmoqda. Zaporojyening chekkasida to‘xtash joyi.
    Foto: AFP

    Polshaga jo‘nayotgan oilasini kuzatayotgan erkak. Vinnitsa

    Polshaga jo‘nayotgan oilasini kuzatayotgan erkak. Vinnitsa
    Foto: AP Photo

    Ko‘ngillilar Odessadagi plyajda qum qoplarini to‘ldirmoqda. Qoplardan shaharda istehkomlar yaratish uchun foydalaniladi.

    Ko‘ngillilar Odessadagi plyajda qum qoplarini to‘ldirmoqda. Qoplardan shaharda istehkomlar yaratish uchun foydalaniladi.
    Foto: Bloomberg

    Xarkovda Ukraina Milliy gvardiyasi askari rus texnikasini ko‘zdan kechirmoqda.

    Xarkovda Ukraina Milliy gvardiyasi askari rus texnikasini ko‘zdan kechirmoqda.
    Foto: AP Photo

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    17.03.2022, 11:06   Izoh (0)   53579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyada sodir bo‘lgan 7,4 balli zilzila oqibatida 90 dan ortiq odam jabrlandi (video)

    17.03.2022, 09:59

    Bayden Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atadi. Peskov esa AQSh prezidentining so‘zlariga “o‘rinsiz va kechirilmas nutq” deya ta’rif berdi

    17.03.2022, 09:36

    FT: Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 15 banddan iborat tinchlik kelishuvini ishlab chiqmoqda va bu borada sezilarli natijalarga erishilgan

    17.03.2022, 08:53

    “Men bu davlat rivojiga ortiq hissa qo‘shishni istamayman” — Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tgan rus mutaxassislari

    17.03.2022, 07:31

    Yaponiyadagi Fukusima sohillarida zilziladan keyin sunami xavfi e’lon qilindi (video)

    16.03.2022, 23:41

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev “superprezidentlik” boshqaruv shaklidan voz kechish taklifini bildirdi

    16.03.2022, 21:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.