AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni Ukrainaga urush ochgani uchun “harbiy jinoyatchi” deb hisoblashini ma’lum qildi.
“U harbiy jinoyatchi”, — degan Bayden Oq uyda o‘tgan tadbirdan so‘ng jurnalistlar bilan muloqotda.
Bayden Oq uydagi chiqishida Ukrainaga ko‘proq qurol-yaroq yetkazib berishni va’da qildi va shu haftaning o‘zida 1 milliard dollarlik jo‘natma yetkazilishini ta’kidladi.
Ukrainadagi vaziyatning rivojlanishi haqida fikr bildirar ekan, urushning uzoq davom etishi va mashaqqatli bo‘lishidan ogohlantirdi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki harbiy jinoyatlar sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganini aniqlash borasida AQShning Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorligi davom etayotgani haqida gapirgandi, deyiladi Bloomberg xabarida.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh davlat rahbari Jo Baydenning “Putinni harbiy jinoyatchi” deb atagan bayonoti “o‘rinsiz va kechirib bo‘lmaydigan nutqdan” boshqa narsa emasligini aytgan.
“Bombalaridan butun dunyoda yuz minglab odamlar halok bo‘lgan davlat rahbarining bunday ohangda aytgan gaplari o‘rinsiz va kechirib bo‘lmaydigan nutq” deb hisoblaymiz”, — deya Dmitriy Peskov so‘zlaridan iqtibos keltirgan “TASS”.
Mavzuga doir:
- Lavrov Ukraina atrofidagi vaziyat nima sababdan tinch yo‘l bilan hal qilinmaganini tushuntirdi
- Putin Donetskka uyushtirilgan raketa hujumini “varvarlarcha qilingan harakat” deb atadi
- “Bu oldini olish kerak bo‘lgan Uchinchi jahon urushidir”. Bayden AQSh NATO mamlakatlari hududini Rossiyadan himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi
- “Gumanitar falokat jumlasi Rossiya Federatsiyasi bilan sinonim bo‘lib qoldi” – Zelenskiy
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live
Izoh (0)