• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “So‘nggi ikki yilda markazimizga keladigan bemorlar soni kamaydi”. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari va u yerda davolanayotgan bemor bilan suhbat

    Aprel oyining 10-sanasida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining zamonaviy andozalar darajasida barpo etilgan va eng so‘nggi tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan yetti qavatli yangi majmuasi foydalanishga topshirilganiga uch yil to‘ladi. O‘tgan vaqt ichida qanchadan-qancha bemor ushbu markaz orqali o‘z sog‘ligini tikladi, xorijga borib davolanishga sarflanadigan puli tejaldi.

    O‘sha vaqtda markazda konsultativ poliklinika, tez yordam bo‘limi, 240 o‘ringa mo‘ljallangan 8 ta statsionar va 6 ta paraklinik bo‘lim faoliyat ko‘rsatishni boshlagandi. Markazda operatsiyalar sonini yiliga 8000 taga, ulardan yangi texnologiyali operatsiyalarni 6400 taga oshirish rejalashtirilgan edi. “Daryo” mazkur tibbiyot markazining bugungi kundagi faoliyati, u yerda yaratilgan sharoitlar va bemorlarning holati bilan tanishdi.

    Muassasa direktori Murod Irismetov “Daryo”ga bergan intervyusida markaz faoliyati, xodimlarning oylik maoshlari va tibbiyot sohasi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

    Murod Irismetov

    Murod Irismetov
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    2019-yilning 10-aprelidan boshlab biz tamoman yangicha ishlashga o‘tib ketdik desa bo‘ladi. Misol uchun, eski binoda bizda oltita operatsiya xonasi bor edi. U xonalarning jihozlanishi ham zamon talabiga javob bermas edi. Texnikalarni ham avval olganimizdan beri ishlatib kelardik. 2019-yilning aprelidan boshlab esa biz sakkizda operatsion xonalarga ega bo‘ldik. Bu yerda jahonda qilinayotgan eng murakkab operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Avval kuniga ko‘pi bilan uchta operatsiya amalga oshirilar edi, to‘rtinchisiga esa qo‘rqardik. Sababi u yerdagi muhit, bemorlarda operatsiyadan keyin qanday jarayon kechadi, yiringlash holatlari kuzatiladimi, degan qo‘rquvlarimiz bo‘lardi. Hozir esa bu kabi xavflar yo‘q. Har bir operatsiya xonasida havoning tozalangan oqimi aylanib turadi. Bugun kunda bir kunda o‘rtacha 45-50 ta operatsiya amalga oshiriladi. Yaqinda biz yangi bo‘limlar ochdik, bular artroskopiya, qo‘l-oyoq panjasi xirurgiyasi bo‘limi.So‘nggi ikki yilda markazimizga keladigan bemorlar soni kamaydi. Sababi bu yerda o‘qib, o‘z malakasini oshirgan hamkasblarimiz o‘z hududlarida operatsiyalarni mustaqil va mukammal bajarishmoqda. Boshqa tomondan olib qarasak, markazimizga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan keladigan bemorlar soni ko‘paygan ham. Masalan, bir bemor Hindistonga borib bitta oyog‘ini artroskopik operatsiya qildirib kelgan. Oradan bir yil o‘tib ushbu markaz haqida eshitib qolgan va u bu yerga kelgan. Shu kabi bemorlar soni ancha ko‘paygan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Shifokorlarning oylik maoshlari oshishi avvalo o‘zlariga bog‘liq. Agar ular yuklama bilan ishlamay, o‘z ustida ishlamasa oylik maoshi oshmaydi. Bugungi kunda har bir shifokorning o‘z yuklamasi bor, masalan, kun davomida 22 bemorni ko‘rishi kerak yoki bir kunda to‘rtta operatsiyani qilish kerak. Agarda shifokor shunday tempda ishlasa, operatsiyalarni qilsa, oylik maoshi ham oshadi. Bizning markazimizda bugungi kunda shifokorlar o‘rtacha 14-16 million so‘m oylik olyapti, endi ishga kelganlar esa 5 million so‘m oylik olyapti. Bizda o‘rtacha oylikni 8 million so‘mdan yuqori.

    Bir bemorimiz bor edi, u avval chet elga borib bitta oyog‘ini 15 ming yevroga operatsiya qildirib kelgan. Oradan vaqt o‘tgach, o‘sha bemor bizning markazimizga kelib operatsiya qildirdi. Umumiy hisoblanganda, barcha xarajatlar 15 millionga tushdi. U “biz ham yuqori darajaga yetibmiz-ku”, degan gapni aytdi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov

    “Daryo” muxbiri ushbu tibbiyot markazida davolanayotgan bemorlarning fikrlari bilan ham qiziqdi. Bemorlardan biri 26 yoshli Dilnoza Xalilova bo‘ldi.

    Jarohat asoratlari bo‘limi shifokori Zoir G‘oipovning ma’lum qilishicha, Dilnoza Xalilova Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 12-mart kuni murojaat qilgan.

    Zoir G‘oipov

    Zoir G‘oipov
    Foto: “Daryo” / Og‘abek Samisov

    “Bemor 12 yoshidan boshlab Buxoro va Samarqand viloyatida bir necha bor davolangan. Ular bir necha bor xorijlik shifokorlar bilan gaplashishgan, ularning tavsiyalarini eshitishgan. Bemor bizga o‘ng va chap bo‘ksa sohalaridagi og‘riqlarga, harakatlar cheklanganligiga va yurganda oqsoqlanib yurish shikoyati bilan keldi. 13-mart kuni esa uni operatsiya qildik”, — deydi Zoir G‘oipov.

    Dilnoza Xalilova “Daryo”ga operatsiya jarayonidan avval bo‘lgan xavotiri, kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.

    Men 26 yoshdaman. Bolaligimdan kasallik bor edi. Yoshlik vaqtimda ham operatsiya bo‘ldim. Shundan so‘ng tez-tez muolajalar olib yurardim. Operatsiya qildirish kerak bo‘lganda esa juda ko‘p shifokorlar bilan maslahat qildim, xorijdagi shifokorlar ham operatsiya jarayoni og‘ir kechishini, asoratlar ham boshqacha bo‘lishini aytishdi. Bundan tashqari, xorijda operatsiya qildirgudek bo‘lsak xarajatlar ham ko‘p ketar edi.

    O‘zbekistondagi ushbu markazda esa xarajat ko‘p bo‘lmadi. Operatsiya ham juda yaxshi o‘tdi. Bizda ham xorijdagidek operatsiya qilsa bo‘lar ekan. Bir oydan so‘ng yurib ketishimni aytishyapti.

    Operatsiyadan avval qo‘rquv bo‘lmadi. Faqatgina operatsiya o‘tgach yurolmasligim, oyog‘im ishlamay qolishi meni o‘ylantirdi. Operatsiyadan chiqib esa oyog‘imni qimirlata olmadim, barmoqlarim ishladi. Bundan juda xursand bo‘ldim, eng asosiysi esa yurib ketaman. Endigi rejalar haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘qishga kirmoqchiman, uni bitirib ishlamoqchiman”, — deydi Dilnoza Xalilova.

    Ma’lumot uchun, ertaga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, “bunday tadbir mamlakatimiz tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi”.

    Qayd etilishicha, ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Ular tahlil qilinib, “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Uchrashuvda sohaning barcha bo‘g‘inlaridan 10 ming nafardan ziyod xodim ishtirok etishi kutilmoqda.

    17.03.2022, 23:13   Izoh (0)   24377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash shtabini ishga tushirdi

    17.03.2022, 22:23

    Samarqandda uch egizak qiz tug‘ildi. Ularga Fotima, Zuhra va Zulayho ismlari qo‘yildi

    17.03.2022, 22:11

    Dunyodagi vaziyatning O‘zbekistondagi narxlarga ta’siri ma’lum bo‘ldi

    17.03.2022, 21:46

    Banklar yetarli zaxiralarga ega — Markaziy bank

    17.03.2022, 21:10

    Qamchiq dovonida quyuq tuman tushdi. Ko‘ruvchanlik 5 metrni tashkil etmoqda

    17.03.2022, 21:03

    Toshkentda 1 hafta muddatda “prava” olib berishini aytib, fuqarolardan pul olgan erkak ushlandi

    17.03.2022, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.