• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushning 18-kuni: NATO davlati yaqiniga raketalar tashlandi. Mariupolda ikki mingdan ortiq qurbon. Rossiyada qo‘lga olingan yuzlab namoyishchilar (foto)

    Ukrainadagi urush o‘n sakkiz kundan beri davom etmoqda. Rossiya qo‘shinlari yangi aviazarbalar berdi — aviatsiya Yavoriv harbiy poligonini bombardimon qildi, u yerda ilgari g‘arb instruktorlari Ukraina armiyasini shug‘ullantirgan. Hujumda 35 kishi halok bo‘ldi, 134 kishi yaralandi. Vladimir Zelenskiy harbiy gospitalga borib, yaradorlar bilan uchrashdi. Ukraina shaharlari Rossiya hujumiga qarshi tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda — ko‘chalarda tankga qarshi to‘siqlar tobora ko‘payib bormoqda, odamlar rus mashinalarining g‘ildiraklarini teshish uchun tikanaklar tayyorlamoqda. Meduza 13-mart, urushning o‘n sakkizinchi kunidan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim qildi.

    Odessadagi ko‘chada tankka qarshi to‘siqlar

    Odessadagi ko‘chada tankka qarshi to‘siqlar
    Foto: AFP

    Mariupolda urush boshidan buyon 2187 kishi halok bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar mahalliy hokimiyat tomonidan taqdim etilgan. Mariupol shahar kengashi, shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida shaharga kamida 22 marta aviazarbalar berilgani, 100 ga yaqin bomba tashlanganini xabar qildi. Shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari “turar joy binolari, odamlar gavjum joylarni nishonga olgan holda zarba bermoqda, bolalar shifoxonalari va shahar infratuzilmasini butunlay vayron qilmoqda”.

    Ukrainalik harbiylar Mariupoldagi pozitsiyada. Bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri qamal qilinayotgan shaharning chekka qismi Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tgan

    Ukrainalik harbiylar Mariupoldagi pozitsiyada. Bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri qamal qilinayotgan shaharning chekka qismi Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tgan
    Foto: AP Photo
    Mariupol bir haftadan ko‘proq vaqt davomida qamalda, undan chiquvchi barcha yo‘llar to‘sib qo‘yilgan. Bir necha kun oldin Mariupolni tark etgan va hozir uning chekkasida bo‘lib turgan ukrainalik jurnalist Artem Popov shahardagi vaziyat haqida gapirib berdi:
    Mariupolning bombardimon qilinishi mutlaqo tartibsiz, deb ayta olmayman, ammo shifoxonalar, maktablar va diniy muassasalar o‘qqa tutildi. Ular (Rossiya harbiylari) o‘t o‘chirish bo‘limlarini o‘qqa tutmoqda – tushunishimcha, bundan maqsad yong‘inlarni o‘chirishga imkon qoldirmaslik. So‘nggi paytlarda 400 dan 1000 gacha odam bo‘lgan bomba boshpanalariga aviazarbalar uyushtirildi. Odamlar ommaviy qabrlarga ko‘milmoqda. O‘lgan odamlarning qo‘shnilari qayerda imkoni bo‘lsa, shu joyga qabr qazib, ularni ko‘mmoqda. Ko‘chalarda o‘liklar juda ko‘p.

    Ukrainalik o‘t o‘chiruvchi Kiyev chekkasida aviazarba oqibatida vayron bo‘lgan oziq-ovqat ombori hududida.

    Ukrainalik o‘t o‘chiruvchi Kiyev chekkasida aviazarba oqibatida vayron bo‘lgan oziq-ovqat ombori hududida.
    Foto: AP Photo

    Ukrainalik payvandchi rus qo‘shinlarining oldinga siljishini qiyinlashtiradigan yo‘l tikanaklarini yasamoqda. Lvov

    Ukrainalik payvandchi rus qo‘shinlarining oldinga siljishini qiyinlashtiradigan yo‘l tikanaklarini yasamoqda. Lvov
    Foto: AP Photo

    Rossiyada urushga qarshi namoyishchilarni ommaviy hibsga olish davom etmoqda. Butun Rossiya bo‘ylab — Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Ufa, Novosibirsk, Irkutsk va boshqa shaharlarda 13-mart kuni urushga qarshi yangi aksiyalar o‘tkazildi. Ularning ishtirokchilari darhol politsiya tomonidan hibsga olingan. Kun yakunida “OVD-Info” 800 dan ortiq qo‘lga olinganlar haqida xabar berdi. “OVD-Info” ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina bilan urush boshlangan 24-fevraldan beri Rossiyada urushga qarshi aksiyalarda qariyb 15 ming kishi hibsga olingan.

    Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Polsha bilan chegarasidan 25 kilometr uzoqlikdagi poligonga hujum qildi. 13-mart kuni ertalab Rossiya aviatsiyasi Lvov viloyati Yavorov tumani Starichi qishlog‘idagi Xalqaro tinchlikni saqlash va xavfsizlik markazini bombardimon qildi. Bu markaz Yavorov harbiy poligoni sifatida ham tanilgan. U Ukrainaning NATOga a’zo Polsha bilan chegarasidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan. Poligonda ukrainalik harbiylar ilgari G‘arb instruktorlari rahbarligida tayyorgarlikdan o‘tgan, biroq hozirda Ukraina rasmiylari u yerda instruktorlar yo‘qligini aytdi.

    Lvov viloyati rahbari Maksim Kozitskiyning aytishicha, rossiyalik harbiylar poligonga 30 ta raketa zarbasi bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar tufayli kamida 35 kishi halok bo‘lgan, yana 134 kishi jarohatlangan.

    Lvov viloyatidagi Yavorov harbiy poligoniga berilgan aviazarba oqibatlari

    Lvov viloyatidagi Yavorov harbiy poligoniga berilgan aviazarba oqibatlari
    Foto: Reuters

    Yavorov harbiy poligonida yaralangan odam tez yordam mashinasidan tashqariga qarab turibdi

    Yavorov harbiy poligonida yaralangan odam tez yordam mashinasidan tashqariga qarab turibdi
    Foto: Reuters

    Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi harbiy gospitalda yotgan yaradorlarni borib ko‘rdi

    Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi harbiy gospitalda yotgan yaradorlarni borib ko‘rdi
    Foto: Ukraina prezidentining matbuot xizmati

    Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, rus qo‘shinlari Lvov viloyatida “xorijiy yollanma askarlar” joylashgan obyektlarga zarbalar bergan, ulardan kamida 180 nafari halok bo‘lgan, shuningdek, Ukrainaga xorijdan keltirilgan qurollarning katta partiyasi yo‘q qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov “Ukraina hududiga kelgan xorijlik yollanma askarlarni yo‘q qilish davom etadi”, deb va’da berdi.

    Ukraina mudofaa vazirining maslahatchisi Markiyan Lubkivskiy Rossiya tomonining mazkur bayonotiga munosabat bildirib, 180 nafar xorijlikning halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan. “Bu haqiqiy Rossiya propagandasi”, — deydi u CNN’ga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, “Yavorovskiy” poligonida halok bo‘lganlar orasida xorijliklar yo‘q.

    Rossiyaning Polsha chegarasi yaqinidagi poligonga zarbasidan so‘ng, AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan agar Rossiya NATOga a’zo biror davlat hududiga “bir martagina o‘t ochsa ham”, alyans “bor kuchi bilan” javob qaytarishini aytdi.

    Harbiy harakatlar sharoitida hatto mojaro ishtirokchilarining rasmiy vakillari tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarni tekshirish imkonsiz.

    Irpendagi ukrainalik harbiylar

    Irpendagi ukrainalik harbiylar
    Foto: AFP

    Kiyev viloyati, Yasnogorodka posyolkasi o‘t ochishlardan so‘ng

    Kiyev viloyati, Yasnogorodka posyolkasi o‘t ochishlardan so‘ng
    Foto: Sipa Press
    Ukraina va Rossiya navbatdagi muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishni va’da qilmoqda. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak shunday dedi: “Bizning talablarimiz — urushni tugatish va Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish. Bu jarayon va muloqot haqida tushuncha borligini ko‘ryapman”. Uning ta’kidlashicha, Ukraina muzokaralarda o‘z pozitsiyasidan chekinmoqchi emas. “Tushunish uchun. Muzokaralarda Rossiya vakillari endi ultimatum sifatida nimadir demayapti, balki bizning takliflarimizni diqqat bilan tinglamoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Podolyak.

    Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan Davlat Dumasining Xalqaro ishlar qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy yaqin kunlarda imzolash uchun muayyan hujjatlar tayyorlanishi mumkinligini aytdi. U gap qanday hujjatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

    Belarusda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralarning uchta raundi bo‘lib o‘tgan. Ular sezilarli natija bermadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, to‘rtinchi raund 14-mart kuni videoaloqa shaklida o‘tkaziladi.

    Irpen shahridagi vayron qilingan ko‘prik ustida oziq-ovqat aravasini sudrab ketayotgan ko‘ngilli

    Irpen shahridagi vayron qilingan ko‘prik ustida oziq-ovqat aravasini sudrab ketayotgan ko‘ngilli
    Foto: AFP

    Irpenlik fuqaro evakuatsiyaga yordam berib, maktab ostidagi bomba boshpanasida biror kim qolib ketmaganini tekshirmoqda

    Irpenlik fuqaro evakuatsiyaga yordam berib, maktab ostidagi bomba boshpanasida biror kim qolib ketmaganini tekshirmoqda
    Foto: LA Times
    Frensis Fukuyama: Rossiya urushda yutqazishi muqarrar

    Amerikalik faylasuf, siyosatshunos va iqtisodchi Frensis Fukuyama American Purpose jurnali uchun “Preparing for Defeat” (“Mag‘lubiyatga tayyorgarlik”) sarlavhali maqola yozdi, unda muallif Rossiya Ukraina bilan urushda mag‘lub bo‘lishini, bu “to‘satdan va halokatli” bo‘lishini bashorat qilgan. Fukuyamaning so‘zlariga ko‘ra, qaysidir vaqtga kelib Rossiya Ukrainadagi qo‘shinlarini ta’minlay olmaydi, Vladimir Putin esa ularni olib chiqishga jur’at etolmaydi.

    “Putin o‘z armiyasining mag‘lubiyatidan omon qolmaydi. U hozir qo‘llab-quvvatlashlardan zavqlanyapti, chunki uni “kuchli odam” deb tushunishmoqda. U o‘zining qobiliyatsizligini ko‘rsatib, zo‘ravonlik asosida kuchini yo‘qotgan paytda nimani taklif qilarkan?” — deb yozadi Fukuyama.

    Ukrainalik askar Irpendagi xaroba ko‘prik ostida tashlab ketilgan bolalar aravachasida dam olmoqda

    Ukrainalik askar Irpendagi xaroba ko‘prik ostida tashlab ketilgan bolalar aravachasida dam olmoqda
    Foto: AFP

    Ukraina askarlari artilleriya o‘qlaridan yashirinmoqda. Irpen

    Ukraina askarlari artilleriya o‘qlaridan yashirinmoqda. Irpen
    Foto: AP Photo

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    14.03.2022, 10:34   Izoh (0)   44933
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallangan Chernobil AESda elektr ta’minoti qayta tiklandi

    14.03.2022, 09:25

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada 180 nafar xorijlik yollanma askar o‘ldirilganini ma’lum qildi. Kiyev bu “haqiqiy Rossiya propagandasi” demoqda

    14.03.2022, 08:58

    Rossiya — davomchi. Sobiq sovet davlati sanksiyalarga qaramay chindan gullab-yashnaganmidi?

    13.03.2022, 20:07

    Saudiya Arabistonida terrorchilikda ayblanib, bir kunda 81 kishi qatl etildi

    13.03.2022, 19:47

    Iroqqa tashlangan raketalar uchun javobgarlikni Eron o‘z zimmasiga oldi

    13.03.2022, 18:36

    Qamaldagi Mariupol. Rus armiyasidan qochayotgan odamlar. Otishmada go‘dagidan ayrilgan ona — Ukrainadagi urushning ikki kunidan fotoreportaj

    13.03.2022, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.