• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Facebook’da o‘zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 11 ming dollarga chuv tushirgan shaxs 5 yarim yilga qamaldi

    Facebook’da o‘zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs fuqaroni 11 ming dollarga chuv tushirgani haqida xabar berilgandi. Mazkur shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni o‘z yakuniga yetdi, deya xabar qilmoqda agentlik.

    Aniqlanishicha, M.M. o‘zganing mulkini aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida dastlab 2019-yil avgust oyida fuqaro D.S.ning ishonchiga kirib, bankdan 1,5 milliard AQSh dollarilik kredit olish evaziga katta biznes boshlamoqchi ekanligi va bu biznesida uni o‘ziga ish boshqaruvchi sifatida ishga olishini va’da berib, kreditning birinchi to‘lovi uchun undan 110 million so‘m miqdorida qarz so‘raydi.

    2020-yil 22-yanvar kuni notarial tartibda tuzilgan o‘zaro qarz shartnomasida M.M. ushbu mablag‘ni 2020-yil 23-avgust kuniga qaytarishni, aks holda o‘zi boshqarib yurgan Captiva rusumli avtomashinani D.S.ning nomiga rasmiylashtirib berishni qayd etadi. Shunga qaramay, M.M. va’dasini bajarmay, pullarni o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi va mashina ham aslida o‘zganing nomida ekani ma’lum bo‘ladi.

    M.M. o‘zining jinoiy harakatlarini yana davom ettirib, firibgarlikka takroran qo‘l uradi. Bu gal u fuqaro N.S.ga o‘zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, avtomashina va uy olib berishni va’da qilib, undan 11 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

    Ma’lum bo‘lishicha, M.M. agentlik tomonidan o‘tkazilgan rasmiy tadbirlarda boshqa fuqarolar qatorida ishtirok etib, ushbu tadbirlar yuzasidan internet tarmog‘ida berib borilayotgan foto-video lavhalarni o‘ziga saqlab olgan. Mazkur ma’lumotlarni atrofidagilarga ko‘rsatish orqali o‘zini agentlik xodimi ekanligiga ishontirishga harakat qilib kelgan. Shuningdek, u Facebook ijtimoiy tarmog‘ida profil ochib, o‘zining agentlikdagi ish faoliyati to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni joylashtirib kelgan.

    Bunday firibgarlikdan jabrlangan fuqaro N.S. M.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, agentlik direktori nomiga ariza bilan murojaat qildi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani ichki ishlar idorasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

    Sud hukmiga ko‘ra, M.Mo‘minov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, b” (juda ko‘p miqdorda o‘ta xavfli retsidivist tomonidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Shuningdek, sud qarorida M.M.dan jabrlanuvchi D.S.ning foydasiga 110 million so‘m, N.S.ning foydasiga esa 130 million so‘m undirilishi belgilandi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda aholidan kommunal to‘lovlar uchun undirilgan qariyb 200 mln so‘mni o‘zlashtirgan rahbarlar ushlandi
    • Toshkentda uch nafar fuqaro bankdan olingan qariyb 800 mln so‘m kreditga kriptovalyuta sotib olgani aniqlandi
    • Toshkent viloyatida akasining nomiga korxona ochib, 754 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan bank bosh hisobchisi ushlandi

    12.03.2022, 17:57   Izoh (0)   13423
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuraga dorixonadan dori sotib olgan ayol ushlandi

    12.03.2022, 16:56

    Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgani sabab maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    12.03.2022, 16:36

    Angrenda soy o‘zanida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

    12.03.2022, 16:14

    O‘zbekistonda soliq nazoratini videotasvirga olish va uni soliq to‘lovchiga taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi

    12.03.2022, 15:55

    Toshkent–Vodiy avtomobil yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq massasi o‘pirilishi sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

    12.03.2022, 15:20

    DSQning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 200 dollar pora olayotganida ushlandi

    12.03.2022, 14:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47

    “Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

    Sport | 16 avgust, 16:46

    Tramp AQSH—Rossiya—Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini e’tirof etdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.