Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgani munosabati bilan yo‘lda bo‘lib turgan yo‘lovchilarga davlat tomonidan maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd bepul xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu poyezd:- Soat 15:30 Ohangaron shahridagi temiryo‘l vokzalida;
- Soat 16:00 da Angren shahridagi temiryo‘l vokzalida to‘xtaydi.
Qamchiq dovonidagi holat
12-mart kuni ertalab Qamchiq dovoni qor ko‘chishi xavfi sabab yopilgani e’lon qilindi. Keyinroq Qamchiq dovonida ikki tunnel orasidagi avtomobil yo‘lining osti o‘pirilib tushgani ma’lum bo‘ldi. Qamchiq dovonidagi holat yuzasidan shtab tuzildi. Haydovchi va yo‘lovchilar yaqin atrofdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga joylashtirildi.Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berib, Toshkent–Vodiy avtomobil yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq massasi o‘pirilishi sodir bo‘lgani ma’lum qildi.
Izoh (0)