Ukraina Milliy banki boshqa davlatlarni Rossiyaning “Mir” to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqirdi.
Biz markaziy banklarni “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni, xususan, bankomatlar, terminallar va pul o‘tkazmalarida foydalanishni cheklashga chaqirdik — deyiladi xabarda.Ukraina Milliy bankining fikricha, bu Rossiyaga moliyaviy bosimni kuchaytirishga yordam beradi.
O‘zbekistonda “Mir” kartalari
“Mir” kartalari O‘zbekistonda “UzCard-Mir” shaklida chiqariladi. Ular kobeyjing ko‘rinishida, ya’ni O‘zbekistonda UzCard terminallari bilan, Rossiya va boshqa davlatlarda esa “Mir” terminallari bilan ishlaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda UzCard terminal, bankomat va infokioskalar ham Rossiyada yoki boshqa davlatlarda chiqarilgan “Mir” kartalarini qabul qiladi.
Izoh (0)