• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushning 15-kuni: “Tug‘uruqxona bombardimon qilingani — feyk, Ukrainaning biologik qurollari — feyk emas”. Rossiya haqiqiy urush bilan birga qanday axborot urushini olib bormoqda? (foto)

    Ukrainadagi urush o‘n besh kundan beri davom etmoqda. 10-mart kuni AQSh Davlat departamenti va Pentagon Rossiyaning Ukrainada biologik qurol ishlab chiqarilayotgani haqidagi ayblovlarini rad etdi. YouTube Rossiya foydalanuvchilari uchun barcha monetizatsiya funksiyalarini to‘xtatdi. Rossiya rasmiylari Ukrainani Mariupoldagi o‘qqa tutilgan kasalxonadan (Ukraina harbiylari bu tug‘uruqxona ekanini da’vo qilmoqda) qutqarilayotgan odamlarning tasvirlarini soxtalashtirishda aybladi. Ukrainaning Izyum, Irpin, Gostomel va boshqa bir qancha shaharlaridan tinch aholi evakuatsiya qilingan, biroq Mariupolga gumanitar yordam yetkazilmagan. Meduza 10-mart, urushning o‘n beshinchi kunidan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim qildi.

    Foto: AP Photo

    Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari muzokara o‘tkazdi. Natijalar sezilarli emas

    Uchrashuvdan so‘ng Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, uning asosiy maqsadlaridan biri 24 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish edi, biroq buning iloji bo‘lmagan, chunki “Rossiyada bu masala bo‘yicha qarorni boshqa odamlar qabul qiladi”. Sergey Lavrov, o‘z navbatida, bu uchrashuvda “hech kim o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olmoqchi bo‘lmaganini” aytdi hamda asosiy muzokaralar Belarusda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida kechayotganini ta’kidladi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanining diqqatga sazovor joyi Lavrovning quyidagi bayonoti bo‘ldi.
    Biz boshqa davlatlarga hujum qilishni rejalashtirmaganmiz. Ukrainaga ham hujum qilganimiz yo‘q. Ukrainada biz shunchaki... buni ko‘p marta tushuntirdik: Rossiya xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelgandi.

    Sergey Lavrov

    Mariupolda ishdan chiqqan o‘t o‘chirish mashinasi yonida ko‘rpaga o‘ranib turgan ayol

    Mariupolda ishdan chiqqan o‘t o‘chirish mashinasi yonida ko‘rpaga o‘ranib turgan ayol
    Foto: AP Photo

    Mariupolning turar joy hududidagi portlashlar

    Mariupolning turar joy hududidagi portlashlar
    Foto: AP Photo

    10-mart kuni Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk gumanitar yo‘lak orqali Irpen (rasmda), shuningdek, Kiyev viloyatining Bucha, Gostomel, Vorzel va boshqa shaharlaridan 20 ming kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi

    10-mart kuni Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk gumanitar yo‘lak orqali Irpen (rasmda), shuningdek, Kiyev viloyatining Bucha, Gostomel, Vorzel va boshqa shaharlaridan 20 ming kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi
    Foto: AFP

    Irpen aholisi rossiyalik askarning jasadi yonidan o‘tmoqda

    Irpen aholisi rossiyalik askarning jasadi yonidan o‘tmoqda
    Foto: AFP

    Irpendagi podvallardan biridagi boshpana

    Irpendagi podvallardan biridagi boshpana
    Foto: AFP

    Kiyev shimolidagi Gorenka qishlog‘ida rus qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan uy

    Kiyev shimolidagi Gorenka qishlog‘ida rus qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan uy
    Foto: AFP

    Ukraina askarlari Kiyevdan 40 kilometr sharqda joylashgan Velika Dymerka qishlog‘i yaqinidagi daladan o‘tmoqda. 10-mart kuni Rossiya harbiy mashinalari Ukraina poytaxtining shimoli-sharqiy chegaralariga yaqinlashdi

    Ukraina askarlari Kiyevdan 40 kilometr sharqda joylashgan Velika Dymerka qishlog‘i yaqinidagi daladan o‘tmoqda. 10-mart kuni Rossiya harbiy mashinalari Ukraina poytaxtining shimoli-sharqiy chegaralariga yaqinlashdi
    Foto: AFP

    Rossiya Ukrainani AQSh boshchiligida “etnik yo‘naltirilgan” biologik qurollar ustida ishlayotganlikda aybladi

    Rossiya bir necha yillardan beri Ukraina va AQSh tomonidan biologik qurollar yaratilayotgani haqida gapirib keladi, biroq so‘nggi kunlarda bu ritorika rasmiy nutqlarda ayniqsa sezilarli yangramoqda. Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa kuchlari boshlig‘i Igor Kirillovning aytishicha, Ukraina laboratoriyalari ko‘chib yuruvchi qushlar va ko‘rshapalaklar orqali o‘ta xavfli infeksiyalarni tarqatish imkoniyatini o‘rganmoqda hamda “AQSh va ittifoqchilarining vazifalaridan biri aholining turli etnik guruhlariga tanlab ta’sir ko‘rsatishga qodir” bioagentlar yaratishdir. So‘nggi fikrni Lavrov ham bildirgan, unga ko‘ra, AQSh va Ukraina “tinch eksperimentlar emas, balki biologik qurol yaratishga qaratilgan va ta’bir joiz bo‘lsa, etnik yo‘naltirilgan tajribalar” o‘tkazgan.

    Meduza rossiyalik harbiylar va diplomatlarning bayonotlarini (shuningdek, Ukraina va Amerika rasmiylarining ularga bergan javoblarini) tahlil qildi va Rossiya ukrainaliklarning biologik qurollar ustida ishlagani to‘g‘risida dalillar keltirmagan, degan xulosaga keldi – urush boshlanganda patogen mikroorganizmlarning yo‘q qilingani haqida chop etilgan “RIA Novosti”ning materiallarida ham dalillar yo‘q (u yerda umumiy bakterial shtammlar keltirilgan). Shuni ham ta’kidlash kerakki, odamlarni etnik jihatdan “o‘zi” va “nusxalari”ga bo‘lishga qodir biologik qurollar bugungi kunda mavjud emas, deya ta’kiladi Meduza.

    Rossiya Mariupoldagi tug‘uruqxona portlatilganini qayta-qayta inkor qildi

    Mariupoldagi bolalar kasalxonasiga aviazarba berilgani, mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, 3 kishi (jumladan, bir bola) halok bo‘lgani va 17 kishi yaralangani, avvalgi kungi urushning asosiy voqealaridan biri bo‘lgandi. Ushbu hodisa to‘g‘risidagi xabarlar shu qadar g‘azabga sabab bo‘ldiki, 10-mart kuni Rossiyaning ko‘plab rasmiylari bu mavzuga izoh berishga majbur bo‘ldi. Deyarli barcha izohlarda, kasalxonaning portlatilgani haqidagi da’volar “feyk” deb ataldi.

    Dastlab Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova “Feykga qarshi urush” kanalida portlash haqidagi xabarlar sahnalashtirilgani haqidagi matnni qayta joylashtirdi. Unda ikkita dalil haqida aytilgan: birinchidan, voqea joyidan tasvirga tushgan ikkala ayolning rolini mariupollik bir bloger “o‘ynagan”. Ikkinchidan, u haqiqatan ham homilador bo‘lsa-da (buni uning blogidagi xabarlardan ko‘rish mumkin), u ushbu kasalxonada yota olmasdi, chunki “Azov” bataloni binoni allaqachon otishma pozitsiyasiga aylantirgani haqida 7-mart kuni Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya aytgan edi.

    Meduza ikkala dalilni ham savol ostiga oldi. Unga ko‘ra, “Feykka qarshi kurash” tomonidan tilga olingan bloger ayol haqiqatda kasalxonadan olingan tasvirlarga tushib qolganga o‘xshaydi, ammo bu tasvirlarning sahnalashtirilganini isbotlamaydi. Bundan tashqari, xabarlardagi ikkinchi ayol (aftidan, yarador) ham aynan o‘sha bloger ekanini aytishga asos yo‘q. Biroq ikkala tezis ham TIVning rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga tushgan. Bundan tashqari, Vasiliy Nebenzya o‘z nutqida boshqa tibbiy muassasa — 1-sonli tug‘uruqxona haqida gapirib, uni “Azov” emas, balki Ukraina harbiylari nazorat qilayotgani haqida aytgandi.

    Kunning ikkinchi yarmida tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tug‘uruqxonani “Azov” batalyonining bazasi deb atadi. Lavrov bu obyektga zarba berilganini inkor etmadi — uning aytishicha, bino dushman obyekti edi, u yerda tinch aholi bo‘lmagan. Kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov Rossiya aviatsiyasi Mariupolda “yerdagi nishonlarni urish bo‘yicha mutlaqo hech qanday vazifani” bajarmaganini va sodir bo‘lganlarning barchasi “to‘liq uyushtirilgan provokatsiya” ekanini aytdi. Konashenkov, shuningdek, kasalxonani “Azov” egallab turgani haqida gapirdi.

    Kasalxonadan tasvirlar olgan fotosuratchi Yevgeniy Maloletka The Insider nashriga shunday dedi:

    Biz bo‘lgan voqealarni suratga oldik. Bu aviazarba edi, bu odamlar bilan to‘la kasalxona edi. Odamlar yerto‘ladan va binodan chiqib ketishdi – biz ularni suratga oldik. U yerda ‘Azov’ yo‘q edi.

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    11.03.2022, 10:27   Izoh (0)   68366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida bir sutkada ikkinchi marta otishma sodir bo‘ldi

    11.03.2022, 09:37

    Makron urush sharoitida Ukrainaning Yevropa Ittifoqi a’zoligini olishiga qarshi chiqdi

    11.03.2022, 09:22

    Dunyoning uchta eng yirik ovoz yozish kompaniyalari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

    11.03.2022, 07:31

    AQShda yillik inflyatsiya 40 yil ichida rekord 7,9 foizga yetdi

    11.03.2022, 00:51

    Zelenskiy Ukrainadagi Rossiya mulkini kompensatsiyasiz musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    11.03.2022, 00:26

    Western Union Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatdi

    10.03.2022, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.