• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Na siyosat, na jurnalistika, na to‘g‘ri ishlaydigan birorta yuridik institut qoldi” — Rossiyani tark etayotgan yulduzlar

    Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi og‘ir siyosiy ziddiyat nafaqat butun dunyoda, balki Rossiyaning ichida ham keskin norozilik kayfiyatini keltirib chiqardi. Turli viloyatlarda davom etayotgan norozilik namoyishlari, minglab kishilarning qo‘lga olinishi va yana ming-minglab kishilar mamlakatni tark etayotgani buning isbotidir. O‘z noroziligini bildirayotgan oddiy xalq orasida ziyoli qatlam vakillarining ham salmoqli hissasi bor. Quyida ayni vaziyatga qarshi o‘zining keskin fikrlarini bildirishdan cho‘chimagan va mamlakatni tashlab, dunyoning turli burchaklariga chiqib ketgan taniqli insonlar haqida hikoya qilinadi.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Nikolay Baskov, Oleg Gazmanov, Nikita Mixalkov, Roman Kostomarov, Vladimir Mashkov, Dmitriy Pevsov, Zaxar Prilepin, Tina Kandelaki kabi mashhurlar ayni vaziyatda Rossiya tarafida ekanini yashirmagan.

    Boshqa tomondan, o‘zining keskin tanqidiy qarashlarini bildirishdan qo‘rqmagan shou-biznes vakillari, jurnalistlar, blogerlar va boshqa taniqli shaxslar soni ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

    Masalan, Valeriy Meladze, Ivan Urgant, Aleksandr Gudkov, Leonid Parfenov, Yekaterina Varnava, Sofya Ernst, Leonid Agutin, Ani Lorak va boshqalar tinchlik tarafdori ekanini bildirib, chiqishlar qilgan.

    Ayni damda mamlakatni tark etgan intellegensiya vakillari soni ham tobora ortib bormoqda. Quyida ularning ayrimlari haqida so‘z boradi.

    Anton Dolin

    Anton Dolin

    Anton Dolin
    Foto: Vladimir Trefilov / “RIA “Novosti”
    Jurnalist va kinotanqidchi Anton Dolin 6-mart kuni o‘zining Facebook va Telegram’dagi sahifalarida mamlakatni tark etganini bildirib, jumladan, shunday degan:
    Og‘zingni yopishga urinishayotgan mamlakatda, hatto sevimli ona shahring bo‘lsa ham, yashab bo‘lmaydi. Ayniqsa, yagona quroli so‘z bo‘lgan inson uchun bu mushkul vazifa. Boz ustiga, Ukrainadagilar jon olib, jon berayotgan bir vaqtda odamlar o‘z rejalarini muhokama qilishda, filmlar ko‘rishda, san’at borasida fikr yuritishda, vernisaj va premyeralarga tashrif buyurishda davom etayotgan Moskva havosidan ortiq nafas ololmasdim. Bunday tiriklikning har bir daqiqasi ochiq haqiqatni tasdiqlaydi: sen ularga sheriksan.
    Dolin, shuningdek, ayni vaqtda Latviyada ekanligini qayd etgan.

    Kantemir Balagov

    Kantemir Balagov

    Kantemir Balagov
    Foto: @kantemir_balag / Instagram
    Rejissor Kantemir Balagov Rossiyadan chiqib ketayotgani haqida Instagram’da yozib qoldirgan. Lekin oradan biroz vaqt o‘tib, Instagram’dagi sahifasini o‘chirib tashlagan. U o‘z xabarida shunday gaplarni aytgandi:
    Rossiyani tark etdik. Afsus va ayanch hislari ichida qoldik. Bir lahzada bizni o‘z kelajagimizdan mahrum qilishdi. Hayotimizni olib qo‘yishdi. Ota-onamiz va do‘stlarimizdan ayirishdi. Lekin bitta narsa o‘zimizda qoldi — bu kino. Qalbimiz Ukraina bilan, shuningdek, bu dahshatlarga qarshi bo‘lgan rossiyaliklar bilan birga qoladi.
    Ma’lumot uchun: Kantemir Balagov 2019-yilda katta ekranlarga uzatilgan “Davangi” (“Dilda”, 2019) filmidan keyin mashhurlikka erishgan. Mazkur kartina Kann va boshqa nufuzli kinofestivallarda e’tirof etilib, “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar”ning qisqa ro‘yxatidan joy olgan.

    Vera Polozkova

    Vera Polozkova

    Vera Polozkova
    Foto: Vera Polozkova / Facebook

    Shoira Vera Polozkova ham Rossiyadan uchib ketgani haqida Instagram’da yozib qoldirgan. U o‘z tug‘ilgan kunida (5-mart) yaqinlari bilan vidolashib, bolalari bilan xorijga chiqib ketishga majbur bo‘lganidan og‘ir iztirobda ekanini bildirgan. Shu bilan birga, mamlakatdagi siyosiz vaziyatga munosabat bildirishni ham unutmagan:

    Yurtimda na siyosat, na jurnalistika, na to‘g‘ri ishlaydigan birorta yuridik institut qoldi. Lekin davlat bu xalq degani emas. Butun xalq uchun qaror qabul qiladigan kishilar hokimiyat tepasida noqonuniy o‘tiribdi: o‘n yil davomida adolatli saylov ko‘rmadik. Shu sababli ularning yagona quroli yolg‘ondir. Yolg‘on va dahshat ichida qoldirishdi.
    Shoira vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishidan umid qilishini ham bildirgan.

    Zemfira

    “Mojem obyasnit” Telegram kanalida taniqli qo‘shiqchi Zemfira hamda aktrisa Renata Litvinova Parijga ketgani to‘g‘risida xabar chiqdi. Meduza nashri esa mazkur ma’lumot rasman hech qayerda tasdiqlanmaganini aytgan. Ularning ikkisi ham Ukrainada kechayotgan urushga qarshi o‘z noroziliklarini bildirgan.

    Zemfira

    Zemfira
    Foto: Getty Images

    Xabarlarga ko‘ra, ayni damda qo‘shiqchi o‘z dugonasi Renata Litvinaning Parijdagi uyida yashamoqda.

    Kseniya Sobchak

    2-mart kuni jurnalist va teleboshlovchi Kseniya Sobchak mamlakatni vaqtincha tark etib, Turkiyaga yo‘l olayotgani haqida bir qator Telegram kanallarda xabar tarqagandi. O‘sha kunning o‘zida Sobchak bu xabarlarni rad etgan. U chindan ham chet elga chiqib ketayotganini, lekin bu avvaldan rejalashtirilgan sayohat ekanini ta’kidlagan.

    Kseniya Sobchak

    Kseniya Sobchak
    Foto: Getty Images

    3-mart kuni esa u “Exo Moskvi” radiostansiyasi bosh muharriri Aleksey Venediktovning shu to‘g‘risida tarqatgan xabariga javoban o‘zining Telegram kanalida izoh qoldirgan. Izohda Aleksey Venediktovga qarata shunday deydi:

    Lyosha, vaqtinchalik xorijga chiqib ketayotganing Rossiyani tark etishingni anglatmaydi-ku, to‘g‘rimi? Men ham Rossiyani tark etayotganim yo‘q.
    Teleboshlovchi, shuningdek, odamlardan o‘zi haqida biror ma’lumotni aniqlashda faqat uning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga ishonishni va vahima ko‘tarmaslikni so‘ragan.

    Lekin u keyinroq Isroilda ko‘rinish bergan. Sobchakning o‘zi o‘g‘li bilan shunchaki sayohat qilib yurganini aytadi.

    Maksim Galkin va Alla Pugachyova

    San’atkorlar oilasi ham Rossiyani tark etib, ayni vaqtda Isroilda ekani haqida xabar chiqdi.

    Maksim Galkin san’atkorlar orasida birinchilardan bo‘lib Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan. U televideniyeda “maxsus operatsiya” to‘g‘risida yangiliklar haddan tashqari ko‘payib ketganini aytgan. Bundan tashqari, Rossiya telekanallaridagi senzura hamda prezident Vladimir Putin siyosatini tanqid qilgan. Bundan g‘azabga kelgan ayrim odamlar uni vatan xoiniga chiqargan va Galkinning Arxangelsk shahrida o‘tishi rejalashtirilayotgan konserti bekor qilingan.

    Maksim Galkin va Alla Pugachyova

    Maksim Galkin va Alla Pugachyova
    Foto: Getty Images

    Bir qator jurnalistlar Galkinning pozitsiyasiga tanqidiy qarab, uning o‘zini nishonga olgan. Xususan, jurnalist Artyom Sheynin yumorist va teleboshlovchi haqida shunday degan:

    Men bundan faqat birgina xulosa chiqarishim mumkin: Maksim, aftidan, ijtimoiy va jurnalistik sohalarda o‘z o‘rnini yetarlicha topa olmayotganidan xunob. Holbuki, bir vaqtlar xatoga yo‘l qo‘ygan — uni qirol darajasiga ko‘targan “Birinchi kanal”dan ketgan, qaytganida esa taxtni allaqachon boshqa kishi egallab olgandi. U bolalar haqida ajoyib dastur olib boryapti, lekin u dasturda Maksim Galkin emas, bolalar asosiy qahramon. Shu sababli u televideniyening o‘zi bo‘lmagan va bo‘lishni haqiqatan ham juda istaydigan qismlari haqida so‘z yuritayotganga o‘xshaydi.
    Ayna damda boshqa bir taniqli jurnalist Vladimir Pozner Galkinning fikrlariga qo‘shilishini bayon qilib, quyidagicha fikr bildirgan:
    Rossiya televideniyesida Ukraina to‘g‘risidagi yangiliklar kim yaxshi va kim yomon ekaniga ishontirish maqsadida ma’lum bir shaklda taqdim etiladi, bu esa ularning sonidan ham ko‘ra jiddiyroq muammo. Boshqacha aytganda, bu ma’lumot berish emas, balki propaganda. Maqsad aniq: jamoatchilik fikrini ma’lum bir shaklga solib, keyin uni boshqarish.
    Oxir-oqibat Alla Pugachyova hamda Maksim Galkin egizak farzandlarini olib, Isroilga jo‘nab ketgan.

    Yuriy Dud

    YouTube’dagi “vDud” loyihasi bilan millionlab tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan jurnalist va bloger Yuriy Dud ayni damda Ispaniyada bo‘lib turibdi.

    Yuriy Dud

    Yuriy Dud
    Foto: “TASS”

    28-fevral kuni u o‘zining Telegram’dagi kanalida Ukrainadagi urushga doir o‘ta tanqidiy ruhdagi qarashlari bilan o‘rtoqlashgandi. Unda, jumladan, shunday so‘zlar yangraydi:

    Ishonchim komil, deyarli har bir kishi (albatta, qaysidir sabablarga ko‘ra, katta auditoriyaga ega insonlar ham) bunga duch kelgan: Rossiyada qandaydir adolatsizlik yuz bermoqda, bu haqida fikr bildirishni istaysan, lekin qo‘rqasan, chunki repressiv mamlakatda yashaysan. Lekin o‘zingni qo‘lga olib, baribir gapirasan. Xavotir qandaydir o‘zgacha, kamyob hislar to‘lqini ostida qoladi. Xavotir yo‘qolmaydi, ammo sen yengil tortasan.

    Rossiya hukumati so‘nggi yillarda bu qadriyatni odamlar ongidan yuvib tashlashga astoydil tirishdi, so‘nggi kunlarda esa shunchaki uning ustidan sharillatib kislota quyib yubordi: Ukrainadagi urushni “urush” deb atash mumkin emas, Ukrainaga bostirib kirilganini tanqid qiluvchilar — sotqinlar.

    Dud xalqqa murojaatida, shuningdek, Vladimir Putinga qandaydir yo‘l bilan ta’sir o‘tkazishga qodir insonlar hali ham borligidan umid qilishini bildirib, ulardan ayni damdagi dahshatli ishlar to‘g‘risida Putinga o‘z pozitsiyasini bildirishni so‘ragan.

    Yuqorida sanalganlardan tashqari, Aleksandr Vasilyev, Chulpan Hamatova, Valeriy Leontyev kabi taniqli shaxslar ham Rossiyada qolishni istamagan.

    11.03.2022, 14:12   Izoh (0)   119107
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.