• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Nargiz hozir qayerda? U nega kinodagi faoliyatini davom ettirmadi? (video)

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Nargiz obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan yosh aktrisa Malika Alimova mazkur rolidan keyin birorta filmda suratga tushmadi. U hozir qayerda hamda qanday sohada faoliyat yuritadi, degan savol ko‘pchilik kino ishqibozlarini qiziqtiradi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova hozirgi kunda san’atga butunlay qarama-qarshi sohada ishlayotgan aktrisa bilan intervyu tashkillashtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Osmondagi bolalar”ga tasodifan tasdiqlanganman

    — “Osmondagi bolalar” filmidan avval birorta kinoda suratga tushmaganman.  2002-yili poytaxtdagi 110-maktabda tahsil olardim. Bir kuni maktabimizda rejissor Zulfiqor Musoqovning yordamchisi Alfiya opa kelib, direktorimizga film uchun chiroyli qiz kerakligini aytgan. O‘shanda men 9-sinf o‘quvchisi edim. Maktabning eng faol o‘quvchisi bo‘lganim uchun direktorimiz  oldiga chaqirib, rejissor assistentiga yordam berishimni so‘ragan. Alfiya opa meni ko‘rgach, “Bo‘ldi, boshqa qiz kerakmas, shu qizni kinoga olamiz”, degandi. Fan olimpiadalarida qatnashadigan faol o‘quvchi bo‘lganim va kinoda qatnashadigan bo‘lsam, o‘qishim sustlashishidan hayiqqan direktorimiz “Bu o‘quvchi o‘zimizga ham kerak”, degandi. Alfiya opa direktorni ko‘ndirib, kulib va jahl bilan tushgan suratimni olib ketdi. Bir necha kundan keyin “O‘zbekkino”ga borib, fotokastingda qatnashishimni aytdi. Hech kimga aytmay, kastingda ishtirok etganman.

    Rolga tasdiqlangach, otam rahmatliga yotig‘i bilan aytgandim. Ammo otam tutaqib, “Yosh qizga kinoda nima bor? Hech qachon syomkalarga bormaysan”, deb qarshi bo‘lgandi. Zulfiqor Musoqovga qo‘ng‘iroq qilib, otam ruxsat bermayotganini aytganimda, qayerda ishlashi va ismi nima ekanligini so‘ragandi. “Dadam televideniyeda ishlaydi, Mumtoz Alimov” deganimda “Iya, u bilan kursdosh bo‘lganman-ku”, degandi. Xullas, otamning raqamlarini berganman va rejissor otamga hammasini yotig‘i bilan tushuntirgan. Shundan keyingina filmda suratga tushishimga ruxsat berishgan.

    Foto: Malika Alimova arxividan

    Foto: Malika Alimova arxividan

    “Professional aktrisa bo‘lmasam-da, syomka jarayonida qiynalmaganman”

    — Suratga olish jarayonida qiyinchiliklar deyarli bo‘lmagan. Chunki jamoamiz quvnoq, o‘zim singari debyutant aktyorlardan iborat edi. Biz maza qilib suratga tushganmiz. Ayniqsa, maktab sahnalari suratga olinayotganda syomka qanday o‘tganini ham sezmay qolganmiz. Zulfiqor aka ham jiddiy ko‘ringani bilan yoshlar bilan tezda til topishib ketardi. Bajarolmagan sahnamizni o‘zi ijro etib berardi.

    “Otam san’at sohasidan ketishimni istagan”

    — Avvalgi kinolar qiziqroq edi, hozir esa undan ko‘nglim qolgan. Bilmadim, negadir bugungi filmlar sayoz va juda oddiydek tuyuladi. Maktabni bitirgandan keyin aktrisa bo‘lish haqida ham o‘ylab ko‘rdim. Ammo otamga bergan va’dam bu sohani egallashimga to‘sqinlik qildi. Otam rahmatli “Osmondagi bolalar 2” filmi suratga olinayotganda xastalik sabab vafot etgandi. Yaqin insonidan ayrilish nihoyatda og‘ir. Men ham 17 yoshimda bu dardni his qildim. Ammo na chora. Hammasi o‘z izmiga tushib ketarkan. Otam ham ijodkor bo‘lgani uchun bu sohaning mashaqqatini va ayol kishiga qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilardi. Shu bois san’atkor bo‘lishimni istamasdi.

    Foto: Instagram / @malikaalimova8

    Foto: Instagram / @malikaalimova8

    “Psixologik markazda ish yurituvchiman”

    Ko‘pchilik meni xorijga ko‘chib ketgan, deb o‘ylashadi. Sayohat qilishni yaxshi ko‘raman. Ammo turmushga chiqib, ona bo‘lgach, sayohatlarim ancha kamaydi. Hozirda qizlarimning tarbiyasi bilan bandman. Shu kungacha ko‘plab tashkilotlarda reklama marketingi va tashkilotchi bo‘lib faoliyat yuritdim. Uch-to‘rt oy avval dugonam inson psixologik markazi ochishni va ruhiy jihatdan odamlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanligini aytdi. Uning iltimosiga ko‘ra, psixologik markazda ish yurituvchi bo‘lib ishlayapman.

    Foto: Instagram / @malikaalimova8

    Foto: Instagram / @malikaalimova8

    Shaxsiy hayoti haqida

    O‘zbek oilasiga kelin bo‘lganman. Turmush o‘rtog‘imning bobosi mashhur tibbiyot professori Akrom Fozilov bo‘ladi. Qaynanam ham malakali shifokor, u BMTda faoliyat yuritadi. Ularning roziligisiz suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yolmayman. Turmush o‘rtog‘im “Baxtingni ko‘z-ko‘z qilaverma, ko‘z tegadi”, deydi. Instagram’ga ham faqatgina bolalarning suratini joylashimga ruxsat berishadi.Otamning vafotidan so‘ng onam turmushga chiqdi. Turmush o‘rtog‘i xorijlik. Ular singlim bilan birga Yevropada istiqomat qilishadi. To‘ydan avval men ham tez-tez borib turardim. Hozir esa o‘z oilam bilan bandman.

    Mavzuga doir:

    • “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)
    • Osmondagi bolalar”da “Emmanuel” filmini tomosha qilish jarayoni qanday suratga olingan? (video)
    • Burni singan “Hamdam”. “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam kastingdagi qiziq holat va “Osmondagi bolalar 3”ning suratga olinishi haqida (video)
    • “Osmondagi bolalar” filmidagi Javohir, Lola, Xurshid va Baxtiyor hozir qayerda? (video)
    • “Osmondagi bolalar”dagi Hamdam nega kinodan ketib, tunukachilik qilgani haqida gapirdi (video)

    11.03.2022, 14:21   Izoh (0)   51154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zini jahon yulduziga aylantirgan filmlarda ishtirok etishni istamagan aktyor va aktrisalar (foto)

    09.03.2022, 13:08

    Mahatma Gandidan malika Dianagacha: Afsonaviy shaxslar haqida hikoya qiluvchi 5 ta biografik film (video)

    05.03.2022, 20:32

    Mashhur multfilmlarni sahnalashtirishda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqargan animatsion sahnalar (video)

    04.03.2022, 20:44

    Kinoijodkorlarga arzimasdek tuyuladigan, ammo butun dunyo e’tibor beradigan filmdagi holatlar (foto)

    04.03.2022, 12:36

    Mashhurlikda filmdagi bosh qahramondan ham o‘tib ketgan ikkinchi darajali personaj rolini o‘ynagan aktyorlar (foto)

    04.03.2022, 10:26

    “Aldangan ayol” kastingidan o‘tolmagan Nigora, Taxmina obrazidan quruq qolgan Durdona. Film va seriallardagi mashhur rollarni turli sabablarga ko‘ra ijro eta olmag...

    02.03.2022, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.