• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Aldangan ayol” kastingidan o‘tolmagan Nigora, Taxmina obrazidan quruq qolgan Durdona. Film va seriallardagi mashhur rollarni turli sabablarga ko‘ra ijro eta olmagan aktrisalar (foto)

    Bir filmning suratga olinishi uchun ozmuncha vaqt va mehnat sarflanmaydi. Ba’zan bir rol uchun o‘nlab ijodkorlar kurashadi. Ular ichida eng yaxshi deb tan olinganlariga esa rolni ijro etish nasib etadi. Ayrim hollarda esa aktyorlar film kastingidan o‘tib, turli sabablarga ko‘ra o‘sha rolni ijro eta olmasligi ham mumkin. Quyida shunday holatlar haqida so‘z yuritamiz.

    Durdona Qurbonova mas’uliyatsizligi sabab roldan chetlatilgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Milliy” telekanali orqali namoyish etilgan “Daydi qizning daftari” serialida bosh qahramon obraziga dastlab Durdona Qurbonova tasdiqlangan edi. Biroq ushbu obraz yosh aktrisa Fotima Berdiyevaga nasib etdi. Durdona Qurbonova nima sababdan Taxmina rolini ijro etmagani haqida serial rejissori Umid Husanov so‘zlab berdi.

    — Haqiqatan ham bu rolni Durdona Qurbonova ijro etishi kerak edi. Serial prodyuseri Doniyor Agzamov aktrisa bilan kelishgach, ssenariyni qo‘liga tutganmiz. Unga rol mohiyati, nimalarga alohida e’tibor berishi kerakligi haqida tushuntirgandim. Bir necha bor qo‘ng‘iroq qilganimizda undan ssenariyni o‘qiyapman, degan javobni oldik. Ammo suratga olish jarayonlari boshlanishiga bir hafta qolganida prodyuserga qo‘ng‘iroq qilib: “Qahramonimning ismi nima edi?” deb so‘ragan. Undan avval ham personaj imiji bo‘yicha uchrashuvga chaqirganimizda turli bahonalar bilan kelmagandi. Bundan prodyuserning jahli chiqib, rolni boshqa aktrisaga berishimizni so‘ragan. O‘z-o‘zidan ikkinchi nomzod Fotima Berdiyevaga qo‘ng‘iroq qilib, rolga tasdiqlanganini aytganmiz, — deydi Umid Husanov.

    Nigora Karimboyeva “Aldangan ayol” filmi kastingida ishtirok etgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Taniqli aktrisa Nigora Karimboyeva “Aldangan ayol” filmidagi bosh qahramon roli uchun kastingda ishtirok etgan. Ammo bu obrazni Rayhon Ulasenova ijro etgan.

    — “Aldangan” ayol filmining fotokastingida ishtirok etganman. Albatta, bosh rolni ijro etish xohishi bo‘lgan. Ammo rolga tasdiqlanmaganimni eshitib, biroz ranjiganman. Ammo filmni tomosha qilgach, bu rol meniki emasligini, Rayhon Ulasenova a’lo darajada ijro etganligini angladim. Ammo Ayub Shahobiddinovning “Kechikkan hayot” filmidagi Dilnoza Kubayeva ijro etgan rol meniki bo‘lishi kerak edi. Dilnozani hurmat qilaman. Uni singlimdek yaxshi ko‘raman. Ammo undan rolni rostmana qizg‘anganman. Bu rolni men ijro etishim kerak edi, degan ijod rashki ancha vaqtgacha tinchlik bermagan, — deydi Nigora Karimboyeva.

    “Seni izlab” filmi ijodkorlari bosh rolni havaskor aktrisaga ishongan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbek kinosining retro filmi “Seni izlab” da bosh rolga havaskor aktrisa Nargiza Olimova tasdiqlangan. Aslida, bu rol uchun Lola Eltoyeva, Madina Muxtorova kabi professional aktrisalar ham kasting topshirgan. Film kichkina qizaloqning oyisiga juda o‘xshaydigan begona ayolni ko‘chada ko‘rib qolishi sahnasidan boshlanadi. Qizcha yetti yot begona ayolni (Nargiza Olimova) o‘z onasidek qabul qiladi hamda otasining sa’y-harakatlariga qaramay, undan ayrilishni xohlamaydi. Film so‘ngida ular ona-bolaga aylanadi...

    — Aktrisa emasman, ammo kino olamiga kirib kelishim juda qiziq kechgan. 1988-yil “Toshkent malikasi” go‘zallik tanlovida qatnashganimdan so‘ng, ko‘plab teleloyihalarga takliflar bo‘lgan. Oradan bir muddat vaqt o‘tib Saida Zunnunovaning “Go‘dak isi” nomli hikoyalari asosida film olinadigan bo‘libdi. Kastingga taklif etishdi, hamma qatori ishtirok etdim. Rosti, filmda ishtirok etishni umid qilmagandim.

    Chunki men bilan birga Madina Muxtorova, Lola Eltoyeva kabi yaxshi aktrisalar ham kasting topshirishgandi. Ammo kasting videolarini ko‘rgan yozuvchi Said Ahmad Nargizaning qiyofasida o‘zbek ayolini ko‘ryapman, deb rolga meni tanlabdi. Shundan keyin film muvaffaqiyatli chiqishi uchun chin dildan harakat qildim. Filmda Madina Muxtorovaga Nodira roli nasib qildi, — deydi filmdagi bosh rol ijrochisi Nargiza Olimova.

    Malika Alimova “Osmondagi bolalar”dagi Lola roliga tasdiqlangan edi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi barcha bolalar oshiq bo‘lgan Lola obrazi dastlab Malika Alimovaga, Nargiz roli esa Kristina Toirovaga atalgan edi. Biroq syomka jarayoni boshlanishidan biroz avval rejissorning fikri o‘zgaradi hamda Malika va Kristina o‘zaro rol almashadi.

    — “Osmondagi bolalar” filmi suratga olinishidan avval Lola rolini ijro etishim haqida aytishgandi. Ammo suratga olish kuni kelguniga qadar rejissor Kristina Toirova va menga aynan qaysi rollarni ijro etishimizni aytmadi. Hayron bo‘lib, rollarni takrorlab o‘tiraverdik. Kristina yolg‘izlikni yoqtirardi, men esa maktab o‘quvchilari bilan tezda til topishib ketgandim. Shunda Zulfiqor aka Kristina Lolani, Malika esa Nargiz rolini ijro etishi kerak, degan ekan. Chunki Nargiz roli bilan o‘xshashlik jihatlarimiz bisyor. Shunday qilib, Lola roli menga nasib etmagan, ammo bundan hech qachon afsuslanmayman, — deydi Malika Alimova.

    Nargiza Abdullayevaning rolini Sitora Farmonova “ilib ketgan”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    2006-yili “O‘zbektelefilm” kinostudiyasida “Maftuna” nomli serial suratga olingan. Rassom yigitga ko‘ngil qo‘ygan talaba qiz taqdir taqozosi bilan yetim bolaning boshini silashiga to‘g‘ri keladi. Ammo buni odamlar turlicha talqin qilishadi. Aktrisa Sitora Farmonova ijrosidagi Maftuna roli aslida Nargiza Abdullayevaga nasib etishi kerak edi. Ammo suratga olish ishlariga bir necha kun qolganida aktrisa roldan mosuvo bo‘lgan. Nargiza Abdullayeva nima sababdan bunday bo‘lganini yaxshi biladi, ammo ommaga oshkor etishni istamaydi.

    “Baxt ovchisi”dagi Zulyani Nigora ijro etishi kerak edi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya roli “Afandining qizlari” jamoasi a’zosi Nigora Abdullaxonovaga topshirilgandi. Ammo serial syomkasi boshlanishiga bir necha kun qolganida rejissor qaroridan qaytgan. Nigora ham iste’dodli aktrisa, u bir necha filmlarda bosh rollarni maromiga etkazib ijro etgan. Ammo Barchin G‘ofurova ijrosidagi Zulya tomoshabinlarni ko‘proq ta’sirlantirgan.

    Bahora Arslonova “Dugonalar” ko‘rsatuvidagi ishtiroki tufayli orzusidagi rolni ijro eta olmadi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Rejissor Ibrohim Rasulov shoira Zulfiyaxonim haqida “Muhabbat bahori” nomli filmni suratga olmoqchiligini aytib, kastingga taklif etdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi, men kastingga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Shoiraning hayot ijodini o‘rganib, Jizzaxga  haykalini ham ziyorat qilib keldim. Kastingda eng ta’sirli epizodni ijro etib, maza qildim.

    Rejissorga kastingdan o‘tmasam ham, xabar bering qo‘ying, degandim. Oradan ancha vaqt o‘tib, film suratga olinayotgani haqida eshitdim. Eng yomoni, o‘sha yerda Bahora rolni yaxshi ijro etdi, faqat u “Dugonalar shou” ko‘rsatuvida ishtirok etgani uchun uni rolga olmadik, deyishibdi. Ko‘rsatuv bilan filmning nima bog‘liqligi bor, deb hayron bo‘ldim. Aktrisa Shahnoza Shokirova Zulfiya rolini maromiga yetkazib ijro etgan, ammo bu rolni chin dildan meniki bo‘lishini istagandim, — deydi Bahora Arslonova.

    Mavzuga doir:

    • Fotima Berdiyeva “Daydi qizning daftari”dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani hamda Aziz Umrzoqov bilan bog‘liq sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi (video)
    • “Badavlat insonning qizi yoki o‘ynashi emasman”. “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya — Barchin G‘ofurova bilan intervyu
    • Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    02.03.2022, 18:59   Izoh (0)   87435
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Roli uchun nafaqat muxlislari, balki onasi ham tanimaydigan darajada o‘zgargan aktyorlar (foto)

    01.03.2022, 16:47

    “O‘lish vaqti emas”, “Kalmar o‘yini”, “Vorislar”. Amerika Aktyorlar gildiyasi mukofotining g‘oliblari aniqlandi (foto)

    01.03.2022, 12:53

    Dunyoni ezgulik qutqarishi haqida hikoya qilinuvchi ajoyib sujetga ega filmlar (video)

    28.02.2022, 13:56

    “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi AQSh tarixidagi eng kassabop filmlar uchligiga kirdi

    18.02.2022, 16:55

    Qamoq va muvaffaqiyatsiz shaxsiy hayot: “Choliqushi” seriali qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    17.02.2022, 17:39

    “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)

    16.02.2022, 18:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.