Toshkentda 5-mart kuni to‘rt egizak — uch o‘g‘il va bir qiz tug‘ildi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, egizaklar Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori, leytenant Behruz Xudoyberdiyev oilasida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning boshlarida Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi oilada to‘rt egizak — 2 o‘g‘il va 2 qiz dunyoga kelgandi. Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida esa uch nafar egizak qizaloq tug‘ilgandi. Ularga Farangiz, Mehrangiz va Parizoda ismlari qo‘yilgan.
Izoh (0)