• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Balki, endi tekinga ishlarmiz?” — Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarning oddiy odamlar hayotiga ta’siri

    G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Meduza o‘z obunachilaridan sanksiyalar (va javob choralari) ularning hayotiga qanday ta’sir qilgani, bundan keyingi rejalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishni so‘rab, bir qancha javob xatlari jamlanmasini e’lon qilgandi. “Daryo” uni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Valyuta ayirboshlash shoxobchasi. Sankt-Peterburg, 2022-yil 1- mart

    Valyuta ayirboshlash shoxobchasi. Sankt-Peterburg, 2022-yil 1- mart

    Anatoliy

    Moskva

    Urush boshlanganidan so‘ng sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan kompaniyadagi rahbarlik lavozimidan ketishga qaror qildim. Yaxshigina daromad manbaidan ayrildim.

    Dahshat. Oilamda parokandalik — rafiqam Rossiyani tark etishni istamayapti. Men esa ketishni istayman. To‘rt farzandimning ta’limiga qayerdan pul topaman, bilmadim.

    Hozircha migratsiyani rejalashtiryapman. Agar uddalay olmasam, ishimni harbiy sanoat kompleksiga aloqador bo‘lmagan birorta sohaga o‘zgartiraman.

    Sergey

    Sankt-Peterburg

    Rus aksiyalariga pul tikkanim uchun barcha jamg‘armalarimni yo‘qotdim. Yaqin vaqtgacha Rossiyadan chiqib ketishni istamayotgandim, lekin hozir boshqa chora yo‘qday ko‘rinyapti. Shimoliy Koreyadagi kabi izolyatsiya ichida yashamaslik uchun shunday qilishga to‘g‘ri keladi.

    Andrey

    Moskva

    Men o‘yinlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanaman, kompyuter o‘yinlarini yaratib, Steam orqali tarqataman. Platforma hisob raqamga faqat SWIFT orqali pul o‘tkazadi. SWIFT ishlaydigan bankda hisob ochtirishga to‘g‘ri keladi. Aks holda, sotilgan o‘yinlar uchun pul ololmayman.

    Katya

    Moskva

    Men spirtli ichimliklar import qiluvchi kichikroq kompaniyada ishlayman. Rubl kursidagi o‘zgarishlar tufayli bugundan boshlab barcha yetkazib berishlar to‘xtatildi. Rahbariyat jim.

    Ishimni avvalgiday davom ettiraman. Qattiq mehnat qilaman, o‘zimga nisbatan rostgo‘y bo‘laman, yaqinlarimni sevib, g‘amxo‘rligimni ayamayman.

    Polina

    Moskva

    Kafeda Apple Pay ishlamadi, zaytun moyi doim sotib oladigan yerimda 20 foizga qimmatladi, may oyida Budapesht ta’tiliga bora olmaydigan bo‘ldim.

    Bu kayfiyatimga yomon ta’sir qilishi aniq, “Mir” kartasidan foydalana boshlayman, chiqimlarni esa kamaytiraman.

    Katerina

    Germaniya

    Men Germaniyada yashayman, lekin uy hayvonlarim Rossiyada qolgan. May oyida olib ketishim kerak edi, lekin endi “osmon yopilib”, ular Rossiyada qolib ketdi, men esa olib kelolmay qoldim. Hozir bu juda qimmatga tushadi. Tartibsizliklar tugashini kutishga majburman.

    Mariya

    Moskva

    Ishim xalqaro madaniy loyihalar bilan bog‘liq. Hozir u butunlay to‘xtab qoldi. Tashkilotimiz yopilishi mumkin: chet ellik ishtirokchilar Rossiyaga kelishga tayyor emas. Mamlakatdan chiqib ketish haqida o‘ylayapman.

    Viktoriya

    Qrim, Simferopol

    Maoshim Rossiyadagi ko‘chmas mulklar bilan uzviy bog‘liq. Narx va ipoteka stavkalari endi keskin ko‘tarilib ketsa, ish beruvchilar maoshimni to‘lay olishi ehtimoli kamayadi. Qochqinlik maqomini olib, mamlakatni tark etmoqchiman.

    Diana

    Sankt-Peterburg

    Menga sanksiyalargina emas, balki xorijiy xizmatlar bloklanishi va cheklanishi ham ta’sir qildi. Men talabaman, ertalabdan beri Google Slides va boshqa ko‘plab zarur narsalarga kirolmayapman. Urush ilm-fanga ta’sir qilmasligi kerak.

    Noqulaylik tug‘dirsa ham, VPN va boshqa muqobil xizmatlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

    Natalya

    Stavropol

    Ruhiyatimga qattiq ta’sir qildi, vahimaga tushib, ertangi kun qo‘rquvi bilan yashayapman. Xitoyga ketmoqchiman.

    Artyom

    Krasnodar

    Sevimli brendimdagi suli yormasi bir yarim baravar qimmatlashdi... Suli yormasi! Rossiya mahsuloti! Ko‘zlarimga ishonmadim. Kompyuterdagi o‘zgarishlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi — SSD disk sotib olishga yakshanba kuni bazo‘r ulgurib qoldim. Ertasi kuni narxi ikki baravar oshib ketdi. Steam’dan o‘yinlar va umuman xorijiy saytlardagi raqamli kontentni sotib olishni to‘xtatdim. Axir uni istalgan vaqtda olib qo‘yishlari mumkin.

    Ko‘proq ishlayman va arzonroq suli yormasini sotib ola boshlayman.

    Mariya

    Sankt-Peterburglik, hozir Yevropa Ittifoqida

    Hozir Yevropa Ittifoqidaman, yigitim shu yerda yashaydi. U bilan uchrashdim, endi esa uyga qanday qaytishni bilmayapman. Agar qaytsam, qachondir u bilan yana uchrasha olamanmi? Rublda olinadigan maosh bilan endi Yevropada yashab ham bo‘lmaydi. Uyga qaytishga ikkilanyapman.

    Aleksandr

    Novosibirsk

    Tinchlantiruvchi dorilar ikki baravar qimmatlashdi (Rossiya mahsuloti bo‘lishiga qaramay). Hatto tushkunlik kayfiyatini yengish ham qiyinlashdi. Ortiqcha tashvishlanmaslikka harakat qilyapman.

    Vladimir

    Sankt-Peterburg

    Men fitnes kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanaman. Mahsulotni Yevropadan olib kelaman. Ukraina bilan chegarada vaziyat og‘irlashganidan so‘ng yevropalik hamkorlar barcha kredit liniyalarini uzib, hamkorlik shartlarini og‘irlashtirdi. Endi esa sanksiyalar kuchaygan va valyuta kursi keskin oshgan sharoitda mahsulotim tannarxini ham oshirishga majbur bo‘lyapman. Qayta oyoqqa turishga bir necha oy kerak bo‘ladi.

    Hozircha yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishga urinyapman. Endi tovarlarni xorijdan qanday olib kiraman, bilmadim. Yangi kolleksiyalar haqida orzu ham qilmay qo‘ydik. Bu dahshatlar tezroq o‘tib ketsaydi.

    Aleksandr

    Rostov-Don

    Men xorijiy onlayn xizmatda ishlayman. Qayerdadir Rossiyadan turib to‘lov qilish imkoniyati allaqachon o‘chirildi, yana qayerdadir rus tili yo‘qolib qolgan. Olgan buyurtmalarimning bir qismi bekor qilindi, chunki odamlar tanlovi keskin o‘zgardi.

    Bir necha kun qo‘limni qovushtirib o‘tirdim. Bir hafta ichida qimmatli qog‘ozlar va boshqa vositalardagi jamg‘armalarim 30 foizga kamaydi. Moskvaga, sevgan ayolimning yoniga, samolyotda yetib borolmadim. Poyezdda borish haqida o‘ylayapman, lekin u qimmat va ko‘proq vaqtni oladi. Lekin bularning barchasi, albatta, urush zonasidagi odamlar boshidan kechirayotgan narsalar yonida aytishga ham arzimaydi.

    Zimmamdagi barcha mas’uliyatlarni bajarishda davom etaman. Talab va ayniqsa xizmatlar darajasini maksimal darajada saqlab qolishga harakat qilaman. Do‘stlarim va yaqinlarim bilan aloqani mustahkamlayman.

    Anna

    Samara

    Men illyustratorman, anchadan beri frilanser sifatida faoliyat yuritib, xorijdan buyurtmalar qabul qilib kelaman. Sohadagi ko‘plab frilanserlar aynan shunday qiladi. Endilikda deyarli barchamiz qo‘shimcha, ba’zilar esa asosiy daromad vositasini boy beryapmiz.

    Vaziyatdan chiqish uchun boshqa choralar ham yetarlicha bor, lekin men vaqtinchalik yechim izlayapman.

    Marina

    Moskva

    Qanchalik dahshatli bo‘lmasin, biz uchun eng yomoni javob sanksiyalari bo‘ldi. Erim ikkimiz Yevropa va Amerikadan maosh olamiz. Keyingi maoshni qachon olishimiz noma’lum, shu sababli endi biz o‘z xizmatimizni davlatga sotishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin qanchaga, balki, tekingadir?

    Artur

    Saxalin viloyati

    Hududimizda narxlar ancha ko‘tarildi. Maishiy texnika va elektronika sotib olish haqida orzu qilmasa ham bo‘laveradi. Bunga sabab — narxlar oshishi va do‘konlar yetishmasligi. Hayot qo‘rqinchli tus oldi, kelajakka nisbatan barcha umidlarimiz puchga chiqdi. Yangi voqelikka moslashamiz, Ukraina mojarosi tez orada barham topadi degan umiddamiz. Daf bo‘lsin urush!

    Tatyana

    Moskva

    Dollar kursi eng og‘riqlisi bo‘ldi: endi erim bilan har ikkimiz yana ming dollarga yetmagan maosh olamiz. Qanchalik urinma, bu mamlakatda inflyatsiya va hukumatning aqlbovar qilmas darajadagi o‘ziga ishonchini yengib o‘tolmaysan. Bu yil biz ikki yil ichida birinchi marta ta’tilga chiqmoqchi edik — avval pandemiya xalal bergandi, endi esa urush.

    Bu yerdan ketishga qaror qildik. Erim buvisi tomonidan yevrey, Isroilga boramiz.

    Ruslan

    Voronej

    Men Voronejda turaman, shu sababli Yevropa Ittifoqi va AQSHdan ko‘ra, Kremlning javob sanksiyalaridan qo‘rqaman. Jiddiy aytganda, o‘tgan haftadagi deyarli barcha xaridlarim uchun afsusdaman, hammasini avvalroq sotib olib qo‘ysam bo‘larkan. Rubl kursi achinarli ahvolga tushdi. Garchi ayrimlar sanksiyalar bilan ishi yo‘qligini aytib, maqtansa ham, ishonchim komil, bu iqtisodiyotning barcha jabhalariga va aholining barcha qatlamlariga taalluqli. Turmush sifatiga ta’sir qiluvchi haqiqiy zararni tasavvur qilish hozircha qiyin. Endigina pastga qarab sho‘ng‘iy boshladik.

    Ish joyimni o‘zgartirib, qo‘shimcha ish izlamoqchiman. Mamlakatni tark etmoqchi emasman. Shevchukov aytganday, “U ko‘rimsiz bo‘lsa ham, ko‘zimizni quvnatar”. Dunyoda yuz berayotgan voqealarni ona shahrimdan turib kuzatishni istayman.

    Artyom

    Sochi

    Men oshpaz bo‘lib ishlagan restoran yopildi, chunki asosiy taomimiz koreyscha qovurilgan tovuq edi. Panirovka, marinad, souslar — barchasi Koreyadan keltirilardi. Ha, hatto qizdirilgan moyni ham o‘sha yoqdan olib kelardik. Rubl kursi tushib ketgani uchun chet eldan mahsulot sotib olishga imkon qolmadi.

    Boshqa ish qidiryapman. 2024-yilda turmush o‘rtog‘im bilan chet elga ko‘chib ketmoqchimiz.

    Anastasiya

    Moskva

    Ikkita farzandimiz bor. Kvartiramiz torlik qilib, kengrog‘ini olmoqchi bo‘ldik.

    Sotib olmoqchi bo‘lgan kvartiramizni tanlab, uxlashga yotdik, tongda kelishuv bo‘lishi kerak edi, lekin uyg‘onsak, urush boshlanibdi. Xaridni bekor qildik, yashash uchun hech vaqosiz qolishdan xavotirdamiz. Erim ishlaydigan kichkina bank faoliyatini bir necha kunga to‘xtatdi. Endi qayerda ishlashi noma’lum.

    Hozircha faqat kuzatyapmiz, miya karaxt, yurak orqaga tortyapti. Qayergadir bosh olib ketgim kelyapti, lekin o‘zimizni qo‘lga olib, hech bo‘lmasa oilada bir-birimizni qo‘llashga harakat qilyapmiz.

    Yelena

    Samara viloyati

    O‘g‘lim bilan onkologiya bo‘limida yotibmiz, u tez orada operatsiya qilinadi, bizga endoprotez juda zarur. U faqat xorijda ishlab chiqariladi, har biri alohida buyurtma asosida tayyorlanadi. Endi nima qilamiz, noma’lum. Shifokorlar buyurtma qilish mumkinmi yoki yo‘qligini bilmaydi. Mumkin bo‘lgan taqdirda ham, ular buyurtmani vaqtida tayyorlab, yetkazib bera oladimi? Axir operatsiya qat’iy belgilangan vaqt ichida amalga oshirilishi kerak.

    Bu vaziyatda qo‘limdan hech nima kelmaydi. Shifokorlar saratonga chalingan bolalar mutlaqo beayb ekanligini u yerdagilar tushunadi degan umidda.

    Anna

    Taganrog

    Men Pfizer kompaniyasi ishlab chiqaradigan qimmatbaho dorini qabul qilib yuraman. Kecha bir nechta pachkani shahardagi turli dorixonalardan bazo‘r topdim. Narxlar endi nima bo‘lishi haqida bir nima deyish qiyin. Sifatli dori bilan davolanish imkoniyati yo‘qqa chiqmasa bo‘ldi.

    Konstantin

    Kaliningrad, Omsk

    Biznesim falaj bo‘ldi. Faqat sanksiyalarni deb emas, ertaga nima bo‘lishi noma’lumligi uchun ham. Bugun ishchilarga bir amallab maosh tarqatdim. Lekin hammasini emas, atigi bir qismini.

    Kutishdan boshqa hech qanday chora qolmadi!

    04.03.2022, 14:57   Izoh (0)   104942
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.