Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida 27-fevral, yakshanba kuni “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 61-daqiqada Dragan Cheran qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa “Paxtakor” O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi.
“Paxtakor” Superliga 2021-yilgi mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Nasaf” kubok sohibi sifatida ushbu o‘yinda qatnashdi.
O‘zbekiston Superkubogi
27-fevral, yakshanba
“Paxtakor” — “Nasaf” 1:0
Gol: 1:0 – 61 Cheran.“Paxtakor”: Eldor Suyunov (Sanjar Quvvatov, 45), Hojiakbar Alijonov, Aleksey Larin, Kamen Xajiyev, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboyev, Sardor Rashidov (Hojimat Erkinov, 81) Sardor Sobirxo‘jayev (Oliver Sharkich, 81), Aziz Turg‘unboyev (Jasur Yoqubov, 90+3), Dragan Cheran.
“Nasaf”: Umid Ergashev, Dilshod Saitov, G‘olib G‘aybullayev, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoyevich (Bahrom Abdurahimov, 80), Ivan Solovyov (Aziz Xolmurodov, 80) Sharof Muhiddinov, Suhrob Nurulloyev (Husniddin Aliqulov, 86), Husayn Norchayev.
Ogohlantirishlar: Sayfiyev (12), Stanoyevich (19), Aliboyev (53), Quvvatov (76), Cheran (84), Hamrobekov (85), Xolmurodov (90+4).
Izoh (0)