Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari JCh—2022 o‘tish o‘yinlarida Rossiyaga qarshi o‘ynashdan bosh tortmoqda.
Shvetsiya qanday maydonda bo‘lib o‘tishidan qat’i nazar ehtimoliy raqib Rossiyaga qarshi o‘yin o‘tkazmasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, Shvetsiya futbol federatsiyasi FIFAdan mart oyidagi o‘yinlardan Rossiyani chetlatishni so‘ragan.
Chexiya futbol ittifoqi ham Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yinga hech qanaqasiga rozi bo‘lmasligini e’lon qildi.
Avvalroq Polsha Rossiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etishdan bosh tortgandi. Uchala tomon ham bunga Ukrainadagi jangovar harakatlarni sabab qilib ko‘rsatgan.
Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yin g‘olibi Rossiya — Polsha uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)