Boks bo‘yicha supero‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares 7-may kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik jangi uchun kechadigan jangda unga rossiyalik Dmitriy Bivol raqiblik qiladi.
“Bu amalga oshdi. 7-may kuni Dmitriy Bivolga qarshi WBA yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik uchun jang qilaman.
Tez orada jang o‘tkaziladigan joyni ham aniqlaymiz”, — deb yozdi meksikalik bokschi Instagram sahifasida.
Qayd etish o‘rinli, Bivol mazkur jangga O‘zbekistonda tayyorgarlik olib bormoqda. 12-fevral kuni O‘zbekiston boks federatsiyasi uning mamlakatga kelgani va uch hafta davomida mahalliy bokschilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar bergandi.
Ma’lumot uchun, “Kanelo” oxirgi jangini 2021-yilning noyabr oyida Kaleb Plantga qarshi o‘tkazdi va uni nokautga uchratdi. Bivol esa so‘nggi marta 2021-yilning dekabr oyida ringga ko‘tarilgan va o‘shanda Umar Salamovni mag‘lubiyatga uchratgan.
Izoh (0)