• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlariga namoz o‘qish uchun sharoit yaratib bergan tadbirkor jarimaga tortilganiga munosabat bildirdi

    Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida ishxonasida xodimlariga namoz o‘qish uchun sharoit yaratib bergan rahbar 21,6 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur holatga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    14-fevral kuni Toshkent shahridagi tadbirkor F.R.ning ish joyida xodimlari uchun namozxona tashkil etishga sharoit yaratib bergani sababli ma’muriy javobgarlikka tortilishi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, mazkur holat bilan bog‘liq sud qarori internet foydalanuvchilari, shuningdek, ayrim davlat idoralari vakillari tomonidan ham qizg‘in muhokama qilinmoqda, tadbirkorga tazyiq o‘tkazilgani, ibodat qilishga cheklovlar belgilangani kabi salbiy fikrlar tarqatilmoqda.

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qo‘llanishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organi sifatida bu boradagi mavjud qonunchilikni ochiqlash, noto‘g‘ri talqinlarning oldini olish, qolaversa, ayrim tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida holatga munosabat bildirdi.

    Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Mazkur huquq har bir insonning shaxsiy tabiiy ajralmas huquqi bo‘lib, uni amalga oshirish uchun alohida diniy tashkilot tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

    O‘z navbatida, fuqarolarning birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusum va marosimlarni bajarish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda diniy tashkilot tashkil etish talab etiladi. Diniy tashkilot yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan holda mustaqil huquq subyekti sifatida ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etadi.

    Diniy e’tiqodi sababli birlashgan bir guruh fuqarolar diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tishni istamasa yoki qonunchilik talablari asosida bu jarayon yakuniga yetmagan bo‘lsa, unda har bir fuqaro alohida jismoniy shaxs sifatida vijdon erkinligi huquqini, shu jumladan, diniy rasm-rusum va ibodatlarni mustaqil amalga oshirish imkoniyatini saqlab qoladi.

    “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan joyda, shu jumladan, ibodat qilinadigan binolarda hamda ularga tegishli hududlarda, dafn etish joylarida, ziyoratgohlarda, diniy zaruriyat bo‘lgan taqdirda (ya’ni janoza, xudoyi, aqiqa va boshqa) fuqarolarning xohishiga ko‘ra ularning uylarida o‘tkaziladi. Bunday hollarda ushbu tadbirlarni o‘tkazish uchun davlat idoralaridan qandaydir ruxsat olish talab etilmaydi.

    Shuningdek, fuqarolarning harakatlanishi muayyan sabablar tufayli vaqtincha cheklangan holatlarda (huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etganligi, sog‘lig‘i, ijtimoiy ahvoli tufayli muayyan rejimga ega bo‘lgan muassasaga joylashtirilgan va boshqa), ya’ni kasalxonalarda, gospitallarda, internat muassasalarida, dastlabki qamoq va jazoni o‘tash joylarida, ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu joylardagi fuqarolarning iltimoslariga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.

    O‘z navbatida, ibodat qilinadigan binolardan tashqaridagi ommaviy diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda turli restoran va kafelarda tashkil etilayotgan amru-ma’ruf, aqiqa, xudoyi va boshqa shu kabi tadbirlar Oliy Majlis palatalari Kengashlarining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Xususan, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi.

    Mamlakatimizda keng nishonlanadigan Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr), Qurbon hayit (Iyd al-Adha), Rojdestvo, Pasxa, Pesax va shu kabi turli konfessiyalarning diniy bayramlarida 100 va undan ortiq kishilar ishtirok etsa, bu diniy rasm-rusumlar va marosimlar ommaviy tadbirlarga tenglashtiriladi. Mazkur turdagi tadbirlarning o‘tkazilishi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

    Eslatib o‘tamiz, qonunchilik hujjatlarida o‘z aksini topgan ushbu qoidalar yurtimizda faoliyat yuritayotgan 16 turdagi barcha diniy konfessiyalarga taaluqli bo‘lib, O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan barcha shaxslar uchun ham majburiy hisoblanadi. Diniy rasm-rusumlar va marosimlarni amalga oshirish joylarining aniq belgilanmasligi har bir shaxs yoki diniy tashkilotning vijdon erkinligi huquqini ro‘kach qilgan holda jamoat tartibiga, tashkilotlardagi ichki tartib qoidalariga zid ravishda harakat qilishiga olib keladi.

    Yurtimizda din davlatdan ajratilganligi sababli fuqarolarning diniy mansubligi va e’tiqodiy qarashlari ularning mehnat faoliyatiga ta’sir qilmasligi lozim. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra, qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim o‘z diniy e’tiqodlarini sabab qilib bo‘yin tovlashi mumkin emas. Diniy rasm-rusumlar va marosimlarni belgilangan joylarda o‘tkazish bo‘yicha qonun talablariga loqayd munosabatda bo‘lish kelajakda mulk shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda, jamoat joylarda qonunchilikda nazarda tutilmagan namozxonalar paydo bo‘lishiga, turli din vakillari tomonidan ibodat burchaklari tashkil etilishiga, din va davlat ajratilganligi tamoyiliga zid vaziyat shakllanishiga sabab bo‘ladi.

    Shuningdek, turli konfessiyalarga tegishli bo‘lgan bir guruh shaxslar yoki diniy tashkilotlarning muayyan hududidan tashqari diniy rasm-rusum va marosimlarni amalga oshirish shaklida diniy faoliyat yuritishi natijasida mamlakatda missionerlik harakatlari avj oladi, bu esa aholi orasida yillar davomida shakllangan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitiga salbiy ta’sir etadi.

    Xulosa o‘rnida, fuqarolarimizdan diniy mavzu o‘ta nozik ekanini e’tiborga olib, yana bir bor internet va ijtimoiy tarmoqlarda diniy masalalar yuzasidan fikr bildirganda xolis bo‘lish, ayni vaqtda, davlatning dunyoviy demokratik tamoyillarini qat’iy yodda tutgan holda shaxsiy qarashlarini ommaviy munosabat sifatida talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz!

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

    Avvalroq “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Yakkasaroy tumanida ishxonasida xodimlariga namoz o‘qish uchun sharoit yaratib bergan rahbar 21,6 million so‘m miqdorida jarimaga tortilganiga munosabat bildirgandi. U o‘z munosabatida amaldagi qonunchilik normalarida ibodat qilganlik va ibodat uchun sharoit yaratib berganlik uchun hech qanday javobgarlik turi yo‘q ekanini qayd etgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha AQSh “qora ro‘yxati”ga nima uchun kiritilgan edi? Diniy qo‘mita vakili javob berdi

     

    25.02.2022, 13:33   Izoh (0)   52196
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda tadbirkor tomonidan yetkazilgan qariyb 385 mln so‘m zararni kamaytirib berish uchun 3 ming dollar so‘ragan gaz ta’minoti xodimlari ushlandi

    25.02.2022, 12:56

    O‘zbekistonda qishning so‘nggi kunlari harorat 25 darajagacha ko‘tariladi

    25.02.2022, 12:28

    O‘zbekistonda 26-fevral kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    25.02.2022, 11:33

    Toshkent metropoliteni poyezd eshiklarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar yuzasidan yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi

    25.02.2022, 10:25

    Toshkentda tanasini armatura teshib o‘tgan 17 yoshli yigitning shifoxonadan uyiga qaytishga ruxsat berildi

    25.02.2022, 09:42

    Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak voqea joyida vafot etgan

    25.02.2022, 09:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.