Toshkent metropolitenining “Mirzo Ulug‘bek” bekatida noma’lum shaxs poyezd tagiga o‘zini tashladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 24-fevral soat 21:00 da Toshkent metropolitenining “Mirzo Ulug‘bek” bekatida noma’lum shaxs (erkak) o‘zini poyezd tagiga tashlagani sababli “Chilonzor” yo‘nalishining bir tomonlama qismi vaqtincha harakatdan to‘xtagan.
“Holat yuzasidan batafsil ma’lumotni dastlabki surushtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)