• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: xatoday ko‘rinadigan, aslida to‘g‘ri so‘zlar

    Oldinroq to‘g‘riday ko‘rinadigan, lekin aslida xato bo‘lgan ba’zi so‘zlar haqida ma’lumot berilgandi. Tilda bu hodisaning teskarisi ham uchraydi – ba’zi so‘zlar xatoga o‘xshaydi, lekin aslida biz o‘rganmagan-ko‘nikmagan shakli to‘g‘ri. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib ana shunday so‘zlarning ayrimlari haqida to‘xtaladi.

    “Buhron” – krizis demak

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Buhron arabchadan olingan, asliyatda tanglik, og‘ir holat; alahlash ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida krizis, tanglik degan ma’noga ega. Hozirgi o‘zbek tilida nisbatan kam ishlatiladi:

    Moliyaviy buhron rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga kuchli zarba berishi mumkin.

    Bu so‘zni bo‘hron shaklida qo‘llash ko‘p uchraydi. Lekin u lug‘atlarga kirmagan. Menimcha, bu shaklni ham variantdosh sifatida kiritsa bo‘ladi. Chunki buhron o‘zlashma so‘z va til uni o‘ziga moslashtirishi tabiiy.

    Lekin hozircha faqat buhron shaklini to‘g‘ri deyishga majburmiz. Ommaviy axborot vositalarida yoki so‘zlashuv uslubida boshqacha qo‘llanayotgani asos bo‘la olmaydi.

    “O‘g‘rilik” bor, “o‘g‘irlik”-chi?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu so‘zni o‘g‘irlik tarzida yozish juda ko‘p uchraydi. Hatto izohli lug‘atdagi o‘ndan ortiq misolda bu so‘z o‘g‘irlik tarzida berilgan. Lekin bu xato. Nega? Chunki u lug‘atlardan o‘g‘rilik shaklida joy olgan. O‘g‘irliq degan so‘z bor, lekin o‘g‘irlik yo‘q.

    So‘zni o‘g‘irlik shaklida yozishga uning fe’l varianti sabab bo‘lsa kerak: o‘g‘irlamoq. Chunki o‘g‘rilamoq degan fe’l yo‘q-da. Mabodo o‘g‘rilamoq deb yozsangiz, yana xatoga yo‘l qo‘yasiz. Labirintga o‘xshaydi-a?

    O‘g‘irlik fe’l shakliga va talaffuzga mosligi sababli lug‘atlarga kiritilishi kerak.

    O‘g‘rilik o‘g‘rining ishini va shu ish bilan shug‘ullanishni anglatadi:

    Biron buyumni sifatsiz ishlab, a’lo navga haq olish noinsoflik, vijdonsizlik, to‘g‘rirog‘i, o‘g‘rilikning boshqa bir turi-ku!N. Safarov, “Olovli izlar”.

    O‘g‘rilikka o‘rgangan bo‘lmang tag‘in, yaylovda yurib.A. Muxtor, “Chinor”.

    “Ohangrabo”ning ohanrabosi

    Ohanrabo so‘zini juda ko‘pchilik ohangrabo deb talaffuz qiladi va yozadi. Ohanrabo shaklini esa xato deb o‘ylaydi. Aslida aksincha bo‘lishi kerak. Ohangrabo – xato, ohanrabo – to‘g‘ri. Ohanrabo forscha ohan – temir va rabo – tortuvchi, o‘g‘irlovchi so‘zlaridan. Magnit ma’nosini anglatadi, lekin uni bu ma’noda qo‘llash eskirgan:

    Kishilik tarixi davomida ohanrabo va keyinchalik elektron kvars soatlar yaratildi.Gazetadan.

    Hozirgi o‘zbek adabiy tilida asosan ko‘chma ma’nosi ishlatiladi. Bu holatda ohanrabo o‘ziga tortuvchi, o‘ziga jalb etuvchi, maftun etuvchi; fusunkor ma’nolarini anglatadi:

    Yaqin-atrofdan eshitilayotgan ohanrabo kuylar kishini maftun etadi.“Saodat”.

    Ohangrabo – ohangni tortuvchi degani, ohangni tortadigan narsa yo‘q, demak, bunday mazmun mantiqqa ega emas. Shunday ekan, qanchalik jarangdor va to‘g‘ri ko‘rinmasin, so‘zni bu shaklda qo‘llamaslik kerak. Uning bittagina to‘g‘ri shakli bor: ohanrabo.

    Teng-tush va teng-u tush

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu so‘zni ko‘pchilik teng-to‘sh yoki teng-u to‘sh shaklida yozadi. Izohli lug‘atga ko‘ra, bu shaklda qo‘llash shevaga xos. Adabiy til me’yorlariga ko‘ra, sarlavhadagidek yozilishi kerak.

    Ikkala birikma ham yosh jihatdan teng, tengqur, tengdoshlar ma’nosida ishlatiladi:

    Qani endi u... teng-tushlaridan avval maqsadga erishsa.I. Rahim, “Ixlos”.

    Menga motam tutib, qora bog‘lamang,Teng-u tushim nozik bag‘rin dog‘lamang.Hamza.

    Birikma tarkibidagi tush so‘zi mustaqil ishlatilmaydi.

    Asqotmaydi, asqatadi

    Bu so‘zni so‘zlashuv tilida kam ishlatamiz. Lekin yozadigan yoki aytadigan bo‘lsak, ko‘pincha asqotmoq shaklini tanlaymiz. Imlo va izohli lug‘atlarga ko‘ra, bunday so‘z yo‘q. Demak, asqotdi, asqotadi, asqotyapti kabilar xato sanaladi.

    So‘zning lug‘atlarda berilgan shakli: asqatmoq. U kerak bo‘lmoq, kuniga yaramoq, ish bermoq ma’nosini anglatadi:

    Bo‘zdan tikilgan xaltalari yo‘lda asqatadigan narsalar bilan liq to‘la...“Yoshlik”.

    Asqotmoq shakli ham variantdosh sifatida lug‘atlarga kiritilsa, yaxshi bo‘lardi. Chunki asosan shunday talaffuz qilamiz. Talaffuzda biroz o‘zgarishga uchragan va talaffuz shakllari lug‘atlarga kiritilgan so‘zlar ko‘p. Iymon va imon, to‘yona va to‘yana, berkitmoq va bekitmoq, kabutar va kaptar, mo‘ylov va mo‘ylab, qabariq va qavariq, quvalashmoq va quvlashmoq, to‘lg‘izmoq va to‘lg‘azmoq...

    Asqotmoq ham xuddi yuqoridagi so‘zlarga juda o‘xshash. Lekin hozircha faqat asqatmoq shaklini to‘g‘ri deb hisoblab turamiz.

    Talato‘p – to‘p bo‘lib talash

    Talato‘p so‘zi ur-yiqit, sur-sur va shu kabi besaranjom, notinch holat; to‘s-to‘polon ma’nosini anglatadi:

    Sodiqjon boyvachchaning hovlisi birpasda talato‘p bo‘lib qoldi. Zubayda yerda yotardi...K. Yashin, “Hamza”.

    Bu so‘z katta ehtimol bilan tala va to‘p so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Ko‘pchilikning biror narsani talashishi yoki talashi ma’nosida. Chunki tala so‘zidan yasalgan va mazmuni shunga yaqin tala-tala, tala-to‘polon kabi so‘zlar ham bor.

    Talato‘p ko‘pincha taloto‘p tarzida aytiladi va yoziladi. Lekin bu shakl hozircha lug‘atlarga kirmagan, shu sababli xato.

    Palapon – qushlarning “chaqalog‘i”

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu so‘z ba’zi lug‘atlarda palapon, ba’zilarida esa polapon shaklida berilgan. Izohli lug‘at esa har ikki shaklni keltirgan.

    Palapon to‘rt xil ma’noga ega, lekin ko‘proq parrandalarning ha­li pat va qanot chiqarmagan yoki endigi­na chiqara boshlagan bolasi; jish ma’nosida qo‘llanadi:

    Tom bo‘g‘otiga uya qurgan chum­chuqlar bot-bot palaponlarini uchirma qi­lishardi.N. Qobil, “Unutilgan sohillar”.

    Palapon shaklini ko‘pchilik xato deb o‘ylaydi, lekin unday emas. U lug‘atlarimizda ham, ilmiy adabiyotlarda ham o‘z aksini topgan.

    23.02.2022, 07:40   Izoh (0)   106403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.