• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Boks tarixidagi eng shafqatsiz jang. Adi Volgast va Bettling Nelson o‘rtasida 40 raundga cho‘zilgan dahshat

    Shafqatsiz va qonli deb da’vo qilinadigan ko‘plab boks janglari mavjud. Biroq ular orasida 1910-yilda AQShda o‘tkazilgan yengil vazn toifasidagi jahon chempionligi uchun kurash alohida o‘rin tutadi. 40 raund davomida amerikalik Adi Volgast va Bettling Nelson bir-birini urib, ringni qonga belab tashlaydi. Hakam jangni tomoshabinlar iltimosiga ko‘ra to‘xtatadi, ular bu vahshiylikni tomosha qilishga ortiq toqat qila olmaydi. Jang oqibatlari har ikki bokschi uchun ham achinarli bo‘ladi. Ularning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, oxir-oqibat ikkalasi ham ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qoladi. Quyida bir asrdan ko‘proq vaqt oldin bo‘lgan jang va uning ishtirokchilarining fojiali taqdiri haqida so‘z yuritiladi.

    Bundan 112-yil avval Adi Volgast Bettling Nelsonni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. Ringda rostmana qirg‘in bo‘lgan

    XX asr boshlarida boks hozirgidan ancha farq qilgan. Uni har qanaqasiga atash mumkin edi, ammo faqat sport deb emas. Janglar 40 raundlab yoki undan ham uzoqroq davom etardi, hatto ayrim mamlakat va mintaqalarda boks taqiqlangandi.

    Adi Volgast va Bettling Nelson jangi

    Adi Volgast va Bettling Nelson jangi
    Foto: Twitter

    Oskar Mateus Nilsen Kopengagenda tug‘ilganiga qaramay, AQShda o‘sadi. U faoliyatini 1896-yilda, 14 yoshida boshlagan. Unga “egilmas daniyalik” nomi beriladi. Qaysidir vaqtga borib esa “jang qiluvchi Nelson”ga aylanadi. Tarix guvohki, o‘sha paytlarda ko‘pchilik ring uchun shunday nomlar tanlardi. Matbuot ham bu jarayonga o‘zining “hissa”sini qo‘shardi, shuningdek, jamoatchilik eslab qolish osonroq bo‘lishi uchun ham, ehtimol, shunday yo‘l tutilgandir. Misol tariqasida, o‘sha davr yengil vazn toifasi jangchilari orasida eng yaxshilaridan biri bo‘lgan Jo Gansning pasportda Jozef Gant ekanligini aytish mumkin.

    O‘z vaqtida Gans va Nelson o‘rtasidagi jang haqida hatto film suratga olingan va AQShning turli shaharlaridagi kinoteatrlarda namoyish etilgan. Ernest Heminguey ham jang haqida nimalardir qoralagan. Madison Square Garden foyesida Jozef Gantning bronza haykali ham o‘rnatilgan.

    1906-yilda Nelson Gans tomonidan kaltaklanadi, kamiga beldan pastga zarba bergani uchun diskvalifikatsiya ham qilinadi, ammo u ikki yil o‘tganidan so‘ng raqibini 17-raundda nokautga uchratib, revansh olishga muvaffaq bo‘ladi. Bir necha oy o‘tgach esa 21-raundda yana bu ishni takrorlaydi.

    Bir paytlar boks hakami Charli Uayt aytganidek, Nelson aksariyat raqiblarini zarbalarni “yeb tashlash” evaziga mag‘lub etgan. Matbuot esa uning asab tizimi og‘riqni his qilmasligi va miyasi oddiy odamlarniki kabi chayqalmasligi (zarbalar natijasida) haqida yozadi. Bu, albatta, noto‘g‘ri ma’lumot edi. Bunga uning 1910-yilda Adolf Volgastga qarshi o‘tkazgan jangi isbot bo‘la oladi.

    Adi Volgast 16 yoshida uydan bosh olib ketgan fermer farzandi edi. U dastlab oyoq kiyimlarni tozalash, gazeta sotish kabi kun kechirishgagina yaraydigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Keyinchalik esa o‘zini boksda kashf qiladi. Ayniqsa, uning chap huki va tanaga yo‘llanadigan kuchli zarbalari mashhur edi. U kabilar tufayli 1901-yilda Nyu-Yorkda boks taqiqlangandi va Kaliforniya Qo‘shma Shtatlardagi janglar markaziga aylangandi. Shu tariqa Volgast ham u yerga yo‘l oladi. U va Nelson ilk marta 1909-yilda uchrashadi. Jek London “Yovuz hayvon” laqabini bergan daniyalik jangchi raqibini jiddiy qabul qilmagani aniq – u o‘zidan 6 yosh kichik va unchalik mashhur emasdi — 10 raunddan so‘ng Volgast g‘alabani tantana qiladi. Jang chempionlik uchun emasdi, lekin Nelson bundan yaxshiroq jang qila olishini bilardi. Ikkala jangchi uslubining o‘ziga xos xususiyatlarini bilgan promouterlar revansh bellashuvini “oxirigacha davom etadigan jang” deb ataydi. Jang rasman 45 raundga mo‘ljallanadi, ammo ularning so‘nggi raundlargacha yetib borishiga ishonadiganlarni topish juda mushkul edi.

    Port-Richmonddagi jang uzoq vaqt davomida boks ringida sodir bo‘lgan janglarning eng shafqatsiz qirg‘ini sifatida tarixda qoladi. Dastlabki raundlardanoq Nelsonning singan burnidan qon oqa boshlaydi. Teri yorilishlari, ko‘z atrofidagi gematomalar va og‘izdan ham qon kela boshlaydi. Ammo daniyalik avvallari bo‘lgani kabi juda og‘ir zarbalarga ham bardosh bera oldi. 22-raundda uning o‘ng krossi raqibni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Volgast o‘rnidan turadi va jahon chempionini u burchakdan bu burchakka ta’qib qila boshlaydi. Ushbu rejimda davom etgan bir necha soatlik jang Nelsonni holdan toydirolmaydi, lekin uning ko‘zlari ko‘rmay qoladi. 40-raundda hakam qirg‘inni to‘xtatishga qaror qiladi — ring atrofidagi tomoshabinlar ham buni so‘ragandi, juda ham ayanchli manzara yuzaga keladi. 45-raundgacha ozgina yetmay qoladi.

    “Nimadir deyishning hojati yo‘q, tan oling, barcha davrlarning eng kuchli jangchisiman”, — degandi Volgast jangdan keyin.

    Shundan so‘ng Adolf Volgast meksikalik Jo Rivers bilan jang qiladi va ular 1912-yilda bir-birini nokautga uchratadi. Adolf oldinroq turishga harakat qilgani uchun g‘alaba unga beriladi.

    Keyinchalik ham ringda uning ismi ultrazo‘ravonlik so‘ziga sinonim sifatida qo‘llanilishda davom etadi, ammo Volgastning tanasi bunga dosh berishga qiynaladi. Appenditsit, singan qo‘llar va qovurg‘a hamda organizmdagi juda xavfli (zaharli) moddalar.

    Nelson 1916-yilda rafiqasi, rassom Dey King bilan ajrashadi. Shu vaqtdan boshlab, Volgast o‘tkazib yuborilgan zarbalar tufayli asab tizimining buzilishi natijasida xavotirli alomatlarni boshdan kechiradi.

    1917-yilda Adi ruhiy xastaliklar shifoxonasiga tushib qoladi. 1918-yilda unga kasalxonadan yoki javob beriladi, yo qochib ketadi. Shundan so‘ng uning bir muncha vaqt o‘rmonda yashagani aytiladi. U 32 yoshda edi va boksdagi faoliyatini qayta tiklash haqida jiddiy o‘ylay boshlaydi. Qaytganidan keyingi ilk jang ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, bahs durang natija bilan yakunlanadi, tomoshabinlar esa uni hushtakbozlik bilan kuzatib qo‘yadi. Volgast ringni ko‘z yoshlar bilan tark etadi.

    U shundan keyin boshqa chiqish qilmaydi. Promouter Jek Doyl unga takliflar tayyorlaydi, biroq ruhiyat bilan bog‘liq buzilishlar uni yana ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib keladi. Volgast u yerda koridorlarda soyalar bilan jang qilar, tartibsizliklar keltirib chiqarardi. 1927-yilda sanitarlar hatto (tasodifan tinchlantirish maqsadida) uning bir nechta qovurg‘asini sindirib qo‘yadi. Kamiga uning o‘sha yerda vafot etgani haqida ham yoziladi, biroq yakunda bu haqiqat bo‘lib chiqmaydi.

    Adolf Volgast 1955-yilga kelib, 67 yoshida vafot etadi. Ruhiy muammolardan tashqari, yurak kasalligi ham bunga sabab bo‘ladi. Shuningdek, umrining oxiriga borib, uning ko‘zlari ko‘rmay qoladi. Aytishlaricha, u so‘nggi kunlarida go‘yo Nelson bilan navbatdagi jangga tayyorgarlik ko‘rayotgandek, (ongsiz holatda) vaqtini havoga zarbalar berish bilan o‘tkazgan...

    Nelsonning taqdiri ham shunga o‘xshab ketadi. U ham aqldan ozadi va bir necha oy ruhiy xastaliklar shifoxonasida yotib, 1954-yilda 72 yoshida vafot etadi. Raqibidan farqli o‘laroq, Nelson umrining oxirida o‘zini yolg‘iz his qilmagan, shuhratidan foydalanib, mashg‘ulotlarda qatnashgan va yosh sportchilarga maslahatlar bergan.

    23.02.2022, 23:50   Izoh (0)   77020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Stranja—2022. Hasanboy Do‘stmatov rossiyalik bokschini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

    23.02.2022, 22:54

    Navbatdagi “El-Klasiko”ning qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    23.02.2022, 21:22

    Usmon Dembele “Barselona”da qolmoqchi, biroq klub yangi shartnoma borasida tashabbus ko‘rsatishni istamayapti

    23.02.2022, 17:18

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Rossiyadan YChL finali mezbonligini olib qo‘yishni so‘rab UEFAga murojaat qildi, London finalni qabul qilishga tayyor

    23.02.2022, 14:32

    Paulo Dibalaning qaysi klubga o‘tmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

    23.02.2022, 12:16

    Stranja—2022. 23-fevral kuni Hasanboy Do‘stmatov va yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi

    23.02.2022, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.