Shavkat Mirziyoyev mahalla raislariga murojaat qildi. Bu haqda prezident Sergeli va Yangihayot faollari bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Sizlarga ikkita yordamchi, ikki qanot beryapmiz. Endi esa natija ko‘rsatadigan vaqt keldi. Sizlarga aytadigan hozirgi gapimni men gapirmasam, hech kim gapirmaydi. Ma’rakalarga mehmon bo‘lib emas, o‘sha xonadonga ko‘makchi bo‘lib boringlar”, – dedi prezident.
“Ertalab soat 4:00 dan ming kilo osh tortilardi. Hech bir boy davlat ertalabdan ming kilo osh tortmaydi. Biz esa kim qancha osh berishi bo‘yicha musobaqa o‘ynadik”, – deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Prezident mahalla raislariga “ko‘pchiligi yosh ekanligini” aytib, “bunaqa paytda ikki karra ko‘proq ishlash zarurligini” qo‘shimcha qildi.
“Bugun nafaqat mahallalar, balki shaharning har bir tumani mas’ullari yangi tizim bo‘yicha aniq hisobot beradi. Bir, uch, olti oydan keyin nima bo‘ladi? Qanday natija ko‘rsatamiz, qancha ish o‘rni yaratamiz, aholiga qanday yengillik beramiz? Samarqandda ko‘p rahbarlarni ishdan oldim. Bu kabi choralardan keyin hamma o‘ziga kerakli xulosani chiqarib olsin. Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisi farovonlikni sezishi kerak, chunki yillar davomida bu hududga e’tibor bo‘lmagan”, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga doir:
- “Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi” — Shavkat Mirziyoyev
- Qashqadaryo hokimi mahallasida ajrim kuzatilmagan raislarga 10 mln so‘m mukofot berib, eng yaxshi sihatgohlarga yuborishni va’da qildi
- “Ertalab va kechqurun piyoda yurishni tashkil qilgan mahalla raislari va tashkilot rahbarlarini Dubayga yuboraman”. Shuhrat Abdurahmonov qancha pul ketsa ham odamlarni yurgazishini ma’lum qildi
Izoh (0)