• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ertalab va kechqurun piyoda yurishni tashkil qilgan mahalla raislari va tashkilot rahbarlarini Dubayga yuboraman”. Shuhrat Abdurahmonov qancha pul ketsa ham odamlarni yurgazishini ma’lum qildi

    Andijon viloyatida bir oy davomida ertalab va kechqurun bir soatdan piyoda yurgan mahalla aholisi Samarqand va Buxoroga, uch oy davomida shu ishlarni tashkil etgan mahalla raislari va xodimlarini yurishga majburlagan tashkilot rahbarlari esa Dubayga sayohatga yuboriladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov xalq deputatlari viloyat kengashining 30-sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuhrat Abdurahmonov viloyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, sport bilan shug‘ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini bildirib, 14-dekabrdan—14-yanvarga qadar viloyatda “Salomatlik oyligi” o‘tkazilayotganini ta’kidlagan.

    Andijonda aholini ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish maqsadida yangi tajriba yo‘lga qo‘yilganini aytib, har kuni ertalab va kechqurunda bir soatdan piyoda yurganlarni sayohatlarga yuborishini ma’lum qilgan.

    “Bitta mahallada besh yuzta xonadondan hech bo‘lmasa bittadan chiqib bir oy ertalab va kechqurun bir soatdan piyoda yursa, o‘sha mahalladagilarni barchasini Samarqand va Buxoroga sayohatga yuboraman. Agarda mahalla raisi, profilaktika inspektori va ularning atrofidagilar uch oy davomida xonadonlardagi fuqarolarni piyoda yurishga jalb etishni tashkillashtirib bersa, ularni Dubayga yuboraman.

    Bundan tashqari, uzluksiz ravishda ertalab va kechqurun xodimlari bilan birga piyoda yurishni tashkil qilgan tashkilot rahbarlarini ham Dubayga jo‘natvoraman. Qancha pul ketsa ham mayli. Maqsad odamlarni yurgazish. Bundan ortiq boshqa nima qilish kerak?”, — deydi Shuhrat Abdurahmonov.

    Viloyat hokimi aholining kasal bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘z salomatligi yoki va’da qilinayotgan mukofot uchun piyoda yurishni istamaganlarni majburlab bo‘lsa-da, yurishini yo‘lga qo‘yishini aytgan.

    “Endokrin, yurak qon-tomir va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi ikkita narsaga — kamharakatlik va noto‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liq. Kamharakatlik bo‘yicha qayga borsam gapirayapman. Oldinlari bitta kanaldan ikkinchi kanalga olish uchun televizor oldiga borardik. Hozir yotgan yerimizda hamma narsani boshqaryapmiz. Ko‘chaga chiqib qo‘lingizni cho‘ntagingizga solib chiqarib qo‘ysangiz mashina to‘xtayapti. Bir qadam yurmayapti. Men bularni gapirishga majburman.

    Prezidentimizga “Andijonliklar hammamiz yuramiz”, deb va’da berganman. Yana bir bor aytaman, avvalambor, o‘zingning salomatliging uchun yur, uning uchun yurmasang, beradigan rag‘batim, mukofot uchun yur. Unda ham bo‘lmasa, uyingga borib, majburlab, yetaklab olib chiqishga majbur bo‘laman. Bo‘lmasa boshqa ilojimiz yo‘q. Ertaga kasal bo‘lgandan keyin million-million sarflagandan ko‘ra, kasal bo‘lishning oldini olib qo‘yaylik. Shunga million sarflab qo‘ya qolaylik, degan hisob-kitob bilan gapiryapman. Yoqadimi-yoqmaydimi, qattiq-qattiq gapirishga majburman. Kelinglar, hammamiz bir bo‘lib, shunga harakat qilaylik. Ertalab va kechqurunda bir soatdan piyoda yuraylik, ovqatlanishni tartibga solaylik”, — deydi Shuhrat Abdurahmonov.

    Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan amaldor va fuqarolarga har bir kilosi uchun 500 ming so‘mdan pul to‘lanishini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekistonning 26 ta tumanida sog‘lom turmush tarziga amal qilmaydigan va noto‘g‘ri ovqatlanadigan 352 ming nafar bolalar aniqlangan”
    • Shavkat Mirziyoyev: Vazni ortiqcha xodim qanday qilib jinoyatchini tutadi?
    • O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘laydigan “1hls.uz” platformasi test rejimida ishga tushirildi

    20.12.2021, 21:25   Izoh (0)   23334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ombudsman faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

    20.12.2021, 20:42

    Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi

    20.12.2021, 20:11

    O‘zbekiston aholisi Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam oladi

    20.12.2021, 19:55

    “Endi savolingizni ham do‘ppida berasiz”. Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashuv davomida cho‘ntagidan do‘ppi olib kiydi

    20.12.2021, 19:25

    Namangan viloyatining sobiq hokimi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi

    20.12.2021, 19:10

    “Yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi” — Shavkat Mirziyoyev

    20.12.2021, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.