Investor Uorren Baffetning ko‘p yillik hamkori Charli Manger kriptovalyutalarni taqiqlashga chaqirib, Xitoyni unga bo‘lgan keskin cheklovlar uchun maqtadi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Berkshire Hathaway kompaniyasi vitse-prezidenti Charli Manger bitkoinni bozorga kerak bo‘lmagan “kalamush zahari” deb hisoblashini aytib o‘tdi. Forbes nashrining so‘ngi ma’lumotlariga ko‘ra Mangerning umumiy boyligi — 2,4 mlrd dollar.
“Men buni zudlik bilan taqiqlashni istardim. Xitoyliklar buni allaqachon qilganiga qoyil qolaman”, — deydi milliarder.
Munger uzoq vaqtdan beri sud va adliya idoralarini dasturiy ta’minot bilan ta’minlovchi, gazeta va jurnallar nashr etuvchi Daily Journal direktorlar kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
“Biz sarmoya kiritayotgan kompaniyalar raqobatchilarimizga qaraganda kuchliroq va arzonroq. Shuning uchun biz Xitoydamiz”, — dedi Munger.
Daily Journal yaqinda Xitoyning Alibaba kompaniyasidagi ulushini oshirdi.
Avvalroq kripto maynerlar xitoyni tark etayotgani, ularning ayrimlari O‘zbekistonga kelishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)