• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kripto

    Endi kriptovalyutani so‘mga qonuniy ravishda sotib olish mumkin. Yaqinda buni UzCard va Humo kartalari orqali ham qilsa bo‘ladi

    Uznex kriptobirjasida hisobni to‘ldirib, hisob raqamidan so‘mda pul yechib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    Foto: Cryptocur

    Foto: Cryptocur
    2020-yil noyabr oyida O‘zbekiston fuqarolariga kriptovalyutani nafaqat sotish, balki sotib olishga ham ruxsat berilganidan so‘ng bunga imkon tug‘ildi.

    Majburiy jinoyatlar

    Uznex — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi qonuniy kriptobirja. U 2020-yilning yanvar oyida ochilgan.

    Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga (LBMA) ko‘ra, kriptobirjaning ochilishi yangi IT-yechimlar joriy qilinishidan tashqari, 1,5 million dollardan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi va 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlagan.

    Biroq yaqin vaqtgacha o‘zbekistonliklar birjada faqat  kriptovalyutani xorijliklarga sotishlari mumkin edi:

    Odamlar baribir bir yo‘lini topib, mayning qilishadi, buni tushunamiz. Ularda kriptovalyuta hosil bo‘ladi va kriptobirja ularga qonuniy yo‘l tutish imkonini beradi. Asosiy maqsadimiz — kriptovalyutaning qonuniy savdosini yo‘lga qo‘yish. Birjada hozircha faqat norezidentlar ishlashi mumkinligini hisobga olsak, eksportning o‘ziga xos analogi hosil bo‘ladi — bir kishi o‘zi mayning qilgan bitkoinlarni chet elliklarga sotadi. Mamlakatga, o‘z navbatida, chet el valyutasi kirib keladi, — deya aniqlik kiritadi LBMA.

    Xaridlarning taqiqlanishiga kelsak, bu aholining moliyaviy savodxonligi pastligi bilan izohlandi:

    Kriptavalyuta nima ekani, uni qanday mayning qilish, sotish yoki sotib olish kerakligini kam odam tushunadi. Shu sababli kriptoaktivlardan foydalanuvchi moliyaviy piramidaga qoqilish xavfi mavjud, — deydi LBMA.

    Biroq qonuniy yo‘l yo‘qligi oqibatida odamlar kriptovalyutani noqonuniy tarzda sotib ola boshladi. Ko‘plab Telegram-kanallar va veb-saytlarni o‘z ichiga olgan qora bozor shakllandi.

    Huquqni muhofaza qilish organlari bir necha bor kriptovalyutaning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq turli operatsiyalarni amalga oshirganiga qaramay, talab va taklif yo‘qolmadi.

    Legalizatsiya yangi imkoniyatlarni ochdi

    2021-yilda LBMA o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. Agentlik buni o‘zbek xalqi boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirgani hamda kriptovalyutaga sarmoya kiritishga ancha muvozanatli va oqilona yondasha boshlagani bilan izohladi.

    LBMA, shuningdek, xorijiy investorlarning O‘zbekistonda kriptoaktivlar sohasidagi loyihalariga qiziqishi barqaror o‘sib borayotganini ta’kidladi.

    Kriptovalyuta savdosi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishi bilanoq Uznex ma’muriyati pulni milliy valyutada to‘ldirish va yechib olish imkoniyatini beruvchi tizim ustida ishlay boshlaganini ma’lum qildi.

    Hozirda bank hisobi orqali funksionallik mavjud:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yaqin kelajakda UzCard va Humo orqali hisobni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu fevral oyiga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda.

    Kriptovalyutalar bozoridagi ahvol

    Kriptovalyutalar hozir qiyin vaziyatni boshdan kechirmoqda. Ushbu maqola nashr qilingan vaqtda bitkoin 459,9 mln so‘m, Ethereum esa 34,9 mln so‘mga baholangan.

    Yanvar oyining birinchi haftasida bitkoin qadrsizlanishi 9 foizdan oshgan, Ethereum qiymati esa 15 foizga pasaygan.

    Buning ikki omili bor. Birinchisi — jamg‘arma sur’ati pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan Qozog‘istondagi vaziyat (qo‘shni respublika bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi).

    Ikkinchisi — AQShdagi vaziyat. Amerika regulyatori kuchli inflyatsiya ortidan foiz stavkasini tezroq oshirishga tayyor. Kurs ko‘tarilganda investorlar odatda kriptovalyutalarni o‘z ichiga olgan xavfli aktivlardan yuz buradilar.

    Mutaxassislar fikri prognozlar borasida bir-biridan farq qiladi. Misol uchun, Galaxy Digital 2021-yildagi keskin o‘sishdan so‘ng sog‘lom orqaga qaytish kuzatilayotganiga ishonadi. Ularning fikriga ko‘ra, bitkoin narxi 410 mln so‘mgacha tushib ketadi, shundan so‘ng yana o‘sa boshlaydi.

    Ayni vaqtda ENCRY Foundation kriptovalyuta narxi faqat 302 million so‘mgacha tushganidan keyin o‘sa boshlashini aytadi.

    Shunday qilib, kriptovalyuta haligacha xavfli aktiv hisoblanadi. LBMA ham bunga e’tibor qaratdi — yangilangan qoidalarda kriptovalyutani sarmoya sifatida tanlagani va bu tanlov oqibatlari uchun faqat xaridorning o‘zi javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

    12.01.2022, 19:06   Izoh (0)   27862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.