Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etilgan. Inspeksiyada budjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi tashkil etiladi.

2023-yil 1-yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi. 2022-yil 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.

2022-yil 1-noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi. 2022-yil 1-noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar soliq huquqbuzarligi haqida ogohlantirgani, noto‘g‘ri joyda axlat tashlangan holatlar, litsenziya sohasidagi qonun buzilishlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, yer uchastkalari bo‘yicha qonunbuzarliklar haqida xabar berganliklari uchun ham pul mukofoti olishadi. Shuningdek, 2020-yil dekabr oyida “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Jahon banki dunyo 2030-yilga borib o‘ta qashshoqlikni bartaraf eta olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Andijonda muqaddam uch marta sudlangan 42 yoshli erkak boshqa fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi