Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bosh prokuratura “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda:

  • Birinchidan, korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari.
Ikkinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida:
  • ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun ‒ besh baravar;
  • uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun ‒ yetti baravar;
  • og‘ir jinoyat uchun ‒ o‘n baravar;
  • o‘ta og‘ir jinoyat uchun ‒ o‘n besh baravar.
Uchinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida:
  • ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun ‒ o‘n baravar;
  • uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun ‒ o‘n besh baravar;
  • og‘ir jinoyat uchun ‒ yigirma baravar;
  • o‘ta og‘ir jinoyat uchun ‒ yigirma besh baravar.
To‘rtinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
  • ancha miqdor (BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha) uchun ‒ o‘n besh foizi;
  • ko‘p yoki juda ko‘p miqdor (BHMning 300—500 baravarigacha hamda 500 baravar va undan ko‘p) uchun ‒ o‘n foizi.
Hujjat tashabbuskorlarining aytishicha, Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun har yili qo‘shimcha o‘rta hisobda 300-500 million so‘m mablag‘lar talab etiladi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi. Iyun oxiriga kelib mamlakatda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi va unga “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov direktor etib tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi