Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Adliya vazirligi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unda qariyb 1000 ga yaqin buyruqbozlik jarayonlarni soddalashtirish rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xabardor qilish tartibini alohida institut sifatida joriy etish rejalashtirilmoqda

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va vakolatli organni xabardor qilish tartib-taomillardan o‘tish va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomatlashgan “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Xususan, maktabgacha ta’lim, lombard, konsert-tomosha, veterinariya davolash, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish kabi faoliyatlarini vakolatli organlarni xabardor qilish orqali boshlash mumkin bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni ham shu yo‘l orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Litsenziyalanadigan va ruxsatnoma olish talab etiladigan faoliyat yo‘nalishlari sonini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvaridan qariyb 100 ta litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlari va 35 ta ruxsatnomalarni bekor qilish orqali yoki muqobil shakllarga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Bu tadbirkorlik subyektlarining yiliga qariyb 125 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Xususan, inson sog‘lig‘iga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlarini litsenziyalashdan chiqarib tashlash hamda xavflilik darajasi past bo‘lgan faoliyatlarni tartibga solishning muqobil usullariga o‘tkazish taklif qilinmoqda. Bular qatoriga auditorlik, baholash, rieltorlik, fonogrammalarni tayyorlash, yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash kiradi.

Shuningdek, xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma va sport inshooti obyekti pasportini olish, trenerlik faoliyatiga olinadigan ruxsatnomalarni ham bekor qilish ham ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish “tartibga solish gilyotinasi” usulini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish jarayonlari to‘liq elektronlashtiriladi

Buning uchun 2020-yilning 1-dekabrigacha “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilib, barcha litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarni yagona portal orqali hujjat topshirish, ko‘rib chiqish va uni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Vakolatli organlarga murojaat qilish, hujjatlarni topshirish faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Tadbirkordan ortiqcha hujjatlarni taqdim etishga chek qo‘yiladi. Litsenziya berish uchun boshqa organning ma’lumotnomasi yoki boshqa hujjati kerak bo‘lsa, tadbirkor ishtirokisiz vakolatli organning o‘zi yagona tizim orqali oladi.

Loyiha bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni maxsus qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechib, QR-kod qo‘yilgan elektron hujjatlar taqdim etishga to‘liq o‘tiladi.

Mazkur ishlar natijasida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi korrupsion holatlarning yuzaga kelishi cheklanadi, tadbirkorlarning Toshkent shahriga kelib-ketishi bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlari iqtisod qilinadi, davlat organlarining maxsus blankalarni ishlab chiqarishga bir yilda yo‘naltiradigan 13 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lari tejaladi va qariyb 3,5 million dona qog‘oz sarflanishining oldi olinadi.

Ushbu informatsion tizimni va dasturni ishlab chiqishda Adliya vazirligi grant mablag‘larni jalb qilgan.

Loyiha bilan biznes jarayonlar va ma’muriy tartiblarning keng ko‘lamli yengillashtirilishi ko‘zda tutilmoqda

Hujjat loyihasi bilan 115 ta litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda hamda 14 turdagi faoliyatlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish rejalashtirilgan.

Xususan, kredit byurosini ochish uchun litsenziya olishda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talabini bekor qilish, ayrim faoliyat turlari uchun ustav fondi miqdoriga qo‘yiladigan minimal talablarni olib tashlash hamda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlashtirishni ixtiyoriy etib belgilash taklif etilmoqda.

Shuningdek, vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshirish taklif etilmoqda. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasa, tadbirkorlik subyektining roziligi bilan unga avtomatik ravishda litsenziya yoki ruxsatnoma rasmiylashtirib beriladi. Bunday imkoniyat “Litsenziya” axborot tizimida nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, ruxsat berish tartib-taomillariga doir munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni tizimlashtirish, kodifikatsiyalash va normativ yukini qisqartirish choralari ko‘riladi.

Bunda 20 yil avval qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish orqali yagona qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalarning pasportlari joriy qilinadi. Pasportlarni ishlab chiqish natijasida tadbirkor katta hajmli nizomlar bilan tanishib o‘tirishga zarurati qolmaydi. Faoliyatni amalga oshirish uchun asosiy ma’lumot va talablar bitta hujjat – pasportlarda aks ettiriladi.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 30-iyulgacha davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi