Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Adliya vazirligi “Yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda bu sohada davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ularda noqonuniy obyektlar qurish hamda tegishli hujjatlarda belgilanganidan ortiqcha yerdan foydalanish to‘g‘risida aniqlangan holatlar haqida xabar bergan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Hujjatda belgilanishicha, 2021-yil 1-avgustdan boshlab yangi ajratilgan yer uchastkasi yoki qurilgan (qurilishi tugallanmagan) boshqa ko‘chmas mulk obyektining fasad qismida ularning egalari tomonidan QR-kod joylashtiriladi.

Shu maqsadda 1-avgustgacha barcha yer fondi uchastkalari, bino va inshootlar, shu jumladan, yengil qurilmalar xatlovdan o‘tkazilib, davlat reyestriga QR-kod biriktiriladi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar noto‘g‘ri joyda axlat tashlangan holatlar, litsenziya sohasidagi qonun buzilishlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganliklari uchun ham pul mukofoti olishadi. Shuningdek, 2020-yil dekabr oyida “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingandi.

Qarorga ko‘ra, 1-martdan boshlab tadbirkorlarga yo‘l harakati buzilganini qayd etuvchi kamera va radarlar o‘rnatish huquqi beriladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi Сity, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi Сity’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)