O‘zbekistonda 5-fevral kuni soat 09:16 da zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Afg‘onistonda, koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 71,09 gradus sharqiy uzunlik. Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 573 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 225 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 6,8 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball,
- Farg‘ona viloyatida 3-4 ball,
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball,
- Andijon viloyatida 3-4 ball,
- Jizzax viloyatida 3-4 ball,
- Samarqand viloyatida 3-4 ball,
- Namangan viloyatida 3-4 ball,
- Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball,
- Toshkent shahrida 3 ball,
- Navoiy viloyatida 3 ball,
- Buxoro viloyatida 3 ball,
- Xorazm viloyatida 2-3 ball,
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ball.
Izoh (0)