Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi aholidan joylardagi qozonxonalarning xonadonlarga me’yorida issiqlik yetkazib bermayotgani bo‘yicha bo‘layotgan murojaatlariga javob qaytardi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi mavjud barcha qozonxonalar ishga tushirilgan. Ammo gaz bosimining pastligi bois qozonxonalar yetarli issiqlikni xonadonlarga bera olmayapti.
“Hozirda qozonxonalardagi tabiiy gaz bosimini ko‘tarish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Energetika vazirligi xonadonlardagi ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘ragandi. Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda.
Izoh (0)