Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida gaz ta’minoti to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri gaz bilan ta’minlangan, biroq 26-yanvar kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar gaz bosimining biroz pasayishi kuzatilishi mumkin.
Shu bilan birga, gaz bosimining pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha choralar amalga oshirilmoqda.
“Soat 17:00 dan keyin gaz bosimi normal holatda iste’molchilarga yetkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)