• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 26-yanvar 18:00 holatiga ko‘ra elektr energiyasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berildi

    Energetika vazirligi 26-yanvar soat 18:00 holatiga ko‘ra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

    Qayd etilishicha, umumtizimda yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

    Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida barcha choralar ko‘rib borilmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi — barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud (100 foiz).

    Andijon viloyati (45 foiz) — Andijon shahar 70 foiz, Xonobod tumani 80 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Buxoro viloyati (80 foiz) — Qorako‘l tumani 60 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Jizzax viloyati (100 foiz) — barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;

    Qashqadaryo viloyati (40 foiz) — Qarshi shahar 80 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 5 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Navoiy viloyati (95 foiz) — Xatirchi tumani 80 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Namangan viloyati (77 foiz) — Namangan shahri 75 foiz, Mingbuloq tumani 75 foiz, Kosonsoy tumani 75 foiz, Norin tumani 80 foiz Pop tumani 70 foiz, To‘raqo‘rg‘on tumani 75 foiz, Uychi tumani 75 foiz, Uchqo‘rg‘on tumani 80 foiz, Chortoq tumani 75 foiz, Chust tumani 75 foiz, Yangiqo‘rg‘on tumani 80 foiz, Namangan tumani 80 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Samarqand viloyati (55 foiz) — Kattaqurg‘on shahar 50 foiz, Kattaqurg‘on tumani 90 foiz, Jomboy tumani 90 foiz, Pasdarg‘om tumani 10 foiz, Narpay tumani 70 foiz,Tayloq tumani 70 foiz, Urgut tumani 80 foiz, Samarqand shahar 95 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Surxondaryo viloyati (65 foiz) — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz, Termiz shahri 70 foiz, Termiz tuman 60 foiz, Oltinsoy tumani 70 foiz, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon tumanlari 10 foiz elektr mavjud;

    Sirdaryo viloyati (55 foiz) — Shirin shahri 100 foiz, qolgan tuman va shaharlarda 45 foiz elektr ta’minoti mavjud ta’minoti mavjud;

    Toshkent viloyati (80 foiz) — Angren shahar 30 foiz, Bekobod shahar 60 foiz, Narafshon shahar 10 foiz, Olmaliq shahar 60 foiz, Ohangaron shahar 50 foiz, Chirchiq shahar 80 foiz, Yangiyo‘l shahar 50 foiz, Buka tumani 15 foiz, Bo‘stonlik tumani 70 foiz, Zangiota tumani 100 foiz, Qibray tumani 80 foiz, Quyi Chirchiq tumani 60 foiz,Ohangaron tumani 50 foiz, Parkent tumani 70 foiz, Piskent tumani 20 foiz, Toshkent tumani 80 foiz, O‘rta Chirchiq tumani 20 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 70 foiz, Chinoz tumani 90 foiz, Yangiyo‘l tuman 80 foiz elektr ta’minotiga ulangan;

    Farg‘ona viloyati (70 foiz) — Dang‘ara tumani 50 foiz, Farg‘ona tumani 70 foiz, O‘zbekiston tumani 50 foiz, Rishton tumani 50 foiz, Buvayda tumani 40 foiz, Qo‘qon shahar 100 foiz, Toshloq tumani 50 foiz, Marg‘ilon shahar 60 foiz, Qo‘shtepa tumani 50 foiz, Bog‘dod tumani 50 foiz, Oltariq tumani 50 foiz, qolgan tuman va shaharlarida 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;

    Xorazm viloyati (100 foiz) — barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;

    Toshkent shahri (100 foiz) — barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud.

    O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiyasining yirik nosozligi xronologiyasi

    25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tibandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilgandi.

    Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.

    Mavzuga doir: “Toshkentda svet o‘chganiga hayron qoldim”. Poytaxt aholisi va mehmonlari elektr energiyasidagi uzilishlar haqida (video)

    Keyinroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” ekanini ma’lum qilib, fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzildi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklanganini xabar qildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi. Toshkent IESning faoliyati qisman tiklanib, 7 ta energoblokdan 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.

    Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

    SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

    26-yanvar soat 02:30 ga borib O‘zbekistonning 7 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklangani xabar qilindi.

    26.01.2022, 21:20   Izoh (0)   32818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyodagi blekautda kim aybdor? O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotidagi katta uzilishlarning sabablari haqida

    26.01.2022, 20:55

    Shavkat Mirziyoyev 27-yanvarda Hindiston—Markaziy Osiyo birinchi sammitida ishtirok etadi

    26.01.2022, 20:46

    Toshkentda hokimlik zaxirasidagi yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan korxona xodimi ushlandi

    26.01.2022, 20:24

    O‘zbekistonda 25 yoshdan oshgan qandli diabetga chalingan bemorlar insulin bilan bepul ta’minlanadi

    26.01.2022, 20:09

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    26.01.2022, 19:36

    O‘zbekistonda kelgusi besh yilda maktablarda qo‘shimcha 1,2 mln o‘quvchi o‘rni yaratilib, darsliklar yangilanadi

    26.01.2022, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.