Qayd etilishicha, voqea 22-yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida yuz bergan. YPX xodimi Matiz haydovchisini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi va uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda haydovchi A.T. (1993-yilda tug‘ilgan) YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
Holat sodir bo‘lgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga doir:
- Buxoroda YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi, uning o‘g‘liga esa jarima belgilandi
- “Mayli, ‘oformit’ qilsin. Jazosi pul, tanish-bilish ko‘p” — Toshkentda mast ayol YPX xodimlarini aldashga urindi
- Toshkentda Malibu’ni to‘xtatishda o‘qotar qurol ishlatildi (video)
- Andijonda haydovchi YPX xodimini kaltakladi
Izoh (0)