Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 15-yanvar kuni bezorilik sodir etgan ayol jabrlanuvchining qulog‘ini tishlab oldi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 20:00 atrofida muqaddam bir necha marta sudlangan D.F. (1991-yilda tug‘ilgan) “Eyvalek” mahallasida o‘ziga notanish N.I. (1988-yilda tug‘ilgan) bilan janjallashgan. U jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, ayolning sochidan tortgan. Ularni ajratmoqchi bo‘lgan 3 nafar qo‘shnilarga ham faol qarshilik ko‘rsatib, N.I.ning chap qulog‘ini tishlab, unga tan jarohati yetkazgan.
Sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasida N.I.da yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan D.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)