Markaziy bank 20-yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,51 so‘mga ko‘tarilib, 10 817,25 so‘mni tashkil qildi. Yevro 50,94 so‘mga pastlab, 12 266,76 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kun pastlab, 10 809,74 so‘mni tashkil qilgandi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022-yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
Izoh (0)