Kris Porsh uzoq vaqtdan beri ko‘cha suratlariga qiziqib keladi. O‘tgan asrning 80-yillar boshida u odamlarning ko‘plab yorqin suratlarini oldi. 40 yildan keyin Kris suratga tushgan insonlarni topishga qaror qildi. Oradan yillar o‘tib, bir xil joyda bir xil odamlarni solishtirish imkoni paydo bo‘ldi. Ushbu kadrlar Kris ko‘krak bezi saratoni tadqiqoti uchun yuboradigan pulning bir qismiga chiqarilgan kitobda nashr etilgan.
Kris Porsh 1981-yilda suratga tushgan odamni topish uchun 10 yil vaqt sarfladi.
Birinchi fotosurat 1981-yilda olingan, qizlar avtobusni kutmoqda. O‘qishni tugatgandan so‘ng ular bir-birlari bilan ko‘rishmadi va 32 yil ichida birinchi marta birga suratga tushish uchun uchrashdi.
Do‘stlar ushbu ko‘chada 1980-yilda yashagan. Bu esa ularning 2021-yildagi surati.
1981-yilda supuruvchi sifatida kiyingan bola kostyumlar tanlovida qatnashdi. Hozir esa u shunday ko‘rinishda.
Aka va opa 1991 va 2021-yil.
Muzqaymoq sotuvchi va mijoz, 1982 va 2021-yil.
1982 va 2020-yillar.
Bu birodarlar do‘konda 1979-yildan 1996-yilgacha ishlagan. Hozir nafaqaga chiqqan, lekin ular rasta ortiga qaytganidan xursand.
1985-yilda tasvirlangan qizlar bitiruv bayramini nishonlamoqda, 2021-yilda esa ular yana birga sayrga chiqdi.
1980-yilgi Yangi yil suratining yangilangan varianti shunday ko‘rinadi.
Krisning tanishi o‘g‘illarini suratga olishni so‘radi. Ular hozir shunday ko‘rinadi.
Ota va uning qizlari, 1994 va 2021-yil.
Kris bu yigitni 1980-yilda qo‘shnisining mashinasi yonida suratga olgan. 2021-yilda xuddi shunday Ford Cortina’ni topish oson bo‘lmadi, ammo suratkash va uning modeli muvaffaqiyatga erishdi.
Aka-ukalar 1980-yilda va hozir.
1989-yilda bu yigit farrosh bo‘lib ishlagan, 2020-yilda Kris Porsh uni yangi ko‘cha tozalash mashinasi bilan suratga olgan.
Izoh (0)