• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: Chodakning betakror tarovati va ming yillik sirlari

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 29-avgust kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    Namanganning Pop tumanidagi Chodak qishlog‘i viloyatning Nanay, G‘ova, Parda Tursun kabi go‘zal va bahavo manzillaridan. Yoz oylari bu yerdan mehmonlarning qadami arimaydi. Shu sababli bu hudud haqida ko‘pchilik eshitgan, biladigandek tasavvur uyg‘onadi. Biroq Chodakning hali o‘rganilmagan qirralari, ochilmagan sirlari ko‘p. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev qishloqqa safari davomida bunga amin bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon....

    Chodakning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Shu ma’noda bu yerni Namangan viloyatining eng ko‘hna manzillaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Qamchiq dovoni yaqinida o‘rnashgan qishloq nomi “joyitag”, ya’ni “pastlikdagi hudud” atamasidan kelib chiqqani aytiladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Chodakda zardo‘shtiylik va islom dini bilan bog‘liq joylar ko‘p. Bu yerdagi “Chir-chir momo”, Ismoil Atoiy, Bobo Yusuf Hamadoniy ziyoratgohlari, Shayx Sulaymon Mahjur maqbarasi, Podsho Xo‘ja mozori, Mug‘xona, “Kelinchak tosh” obidalari uzoq yillik tarixdan so‘zlaydi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bugungi kunda Chodak tarkibida 9 ta mahalla bo‘lib, ularda aksariyati tojik millatiga mansub 30 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloqning hududi katta, shunga yarasha aholisi ham zich. Buni quyidagi raqamlardan ham anglasa bo‘ladi: Pop tumani Namangan viloyati hududining qariyb yarmini tashkil etadi. Chodak esa shu ulkan hududning uchdan biriga teng.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Pop tumanida har bir kvadrat kilometrga 76 kishi to‘g‘ri kelsa, Chodakda bu ko‘rsatkich 2943 kishini tashkil etadi. Ya’ni bu yerda aholi tumanning boshqa hududlariga nisbatan 20—30 barobar zich joylashgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qishloq aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib keladi. Pop tumanida bugungi kunda 152 ta oilaviy mehmon uyi rasman faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 148 tasi Chodakda joylashgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Mehmonlarni kutib-kuzatib, oilamizni boqyapmiz”

    Gulbahor Bahorova Chodakning “Guliston” mahallasidagi “Duob” oilaviy mehmon uyi ish yurituvchisi. Bu yerdagi 6 ta xona oldidagi so‘rilari bilan birga mehmonlar ixtiyorida.

    Gulbahor Bahorova.

    Gulbahor Bahorova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Turmush o‘rtog‘im, o‘g‘lim, kelinim, qizlar, hammamiz shu bilan bandmiz. O‘zimizni o‘zimiz ish bilan ta’minlayapmiz-da! Asli, mavsum ko‘p davom etmaydi, asosan, uch oy — iyun, iyul va qisman avgust. Mehmonlardan bir kun uchun jon boshiga 10—15 ming so‘mdan olamiz. Qishloqda bundan arzonlari ham, qimmatlari ham bor. Topgan pulimizni yana shu yerga sarflayapmiz: isitish tizimi o‘tkazib, har bir xonaga televizor, muzlatgich qo‘ymoqchimiz. Lekin aslida odamlar bu yerga televizor ko‘rgani yoki muzlatgichni yeguliklar bilan to‘ldirgani emas, Chodakning toza havosidan nafas olish, jaziramada jon saqlash uchun kelishadi”, — deydi Gulbahor opa.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Salkam 90 yoshni qarshilagan poplik Mavlon ota Mirzatillayev Chodakka oilaviy — farzandlari va nevara-evaralari bilan kelibdi.

    Mavlon ota Mirzatillayev

    Mavlon ota Mirzatillayev
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Bu yerda bir kun dam olgan odamning bir yillik charchog‘i chiqadi, desam ishonavering. Shuning uchun nafaqat Namangan, balki Farg‘ona va Andijon, buyog‘i Toshkentdan ham mehmonlar kelaveradi. Bir kelgan odam yana shu joylarga talpinadi, qandaydir ohanrabosi bor. Men ham bu yerda o‘zimni xuddi yoshligim qaytib kelgandek, tanamga quvvat kirgandek sezaman”, — deydi Mavlon ota.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Rishtonlik o‘qituvchi Komiljon Nabiyevning aytishicha, joriy yilgi mavsumning o‘zida Chodakda beshinchi bor bo‘lishi.

    Komiljon Nabiyev

    Komiljon Nabiyev
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Bu yerga ancha yillardan beri kelamiz. Havosi, tabiati, iqlimi yoqadi. Ayniqsa, tongda juda ajoyib: qushlarning sayrashi, tog‘ manzarasi, toshlar oralab oqayotgan suvlar kishiga zavq beradi, charchog‘ini yozadi. Qishloq odamlari ham sodda, samimiy. Dam olish uchun to‘lanadigan pul ham kishiga malol kelmaydigan darajada”, — deydi Komiljon.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tog‘ yonbag‘ridagi kema va izvosh

    Chodakda ko‘ngilochar maskanlar ham ko‘p. Ulardan biri shoirona tarzda “Baxt pillapoyalari”, xalq tilida esa “Sharshara” deb nomlanadi. Bu yerga borish uchun olis va tosh-tuproq yo‘llari, xavfli burilishlari sabab, asosan, kajavali mototsikl xizmatidan foydalaniladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mototsikl egalari esa ko‘proq odam sig‘ishi uchun temir kajavani olib tashlab, yog‘och taxta o‘rnatib, ko‘rpacha solib qo‘yishadi. Qarabsizki, bir kishi sig‘ishi mumkin bo‘lgan joyda uch-to‘rt kishini olib ketish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Chodakning “Guliston” mahallasida yashovchi Dilshod Hozirovning aytishicha, mahallada kamida 200 ta shunday mototsikl bor. Chodak bo‘yicha esa ularning soni 500 tadan oshadi.

    Dilshod Hozirov

    Dilshod Hozirov
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “O‘zim ham 25 yildan beri mototsikl haydayman. Kuniga sharshara tarafga uch marotaba borib qaytaman. To‘rt-besh kishini olib ketamiz. Bordi-keldi o‘rtacha kishi boshiga 20 ming so‘m. Mavsumda shu orqali oyiga 1,5 million so‘mgacha topaman. Qolgan payt bog‘ va chorva bilan shug‘ullanaman. Mototsiklda yo‘lovchi tashish, avvalo, qo‘shimcha daromad, qolaversa, shunga o‘rganib qolganman. Mana endi o‘g‘lim ham bu ishni qo‘limdan olyapti”, — deydi Dilshod Hozirov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Dilshodbek bilan biz ham o‘sha mashhur sharsharaga chiqdik. Tog‘ yonbag‘ridan pastga qarab shitob bilan suv oqib turibdi. U yerga hatto kichikroq kemani ham o‘rnatib qo‘yishibdi. Undan sal pastda nihoyatda chiroyli izvosh ham bor. Izvoshning yoniga o‘rnatilgan to‘shamadan to pastgacha mazza qilib sirg‘anib tushish mumkin. Go‘zal manzara, yosh-yalang ko‘p, qo‘shiq va raqslar ham avjida.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Sharsharaning yuqori qismidan esa Chodak kaftdek namoyon bo‘ladi. Uning go‘zalligi va tarovatidan bemalol to‘yib-to‘yib bahra olish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Aytgancha, shu atrofda ikki tog‘ o‘rtasiga tortilgan sim arqon ham bor. Yuragi dov berganlar arqonga o‘rnatilgan o‘rindiqqa joylashib, qarama-qarshi tomonga yo‘l oladi. Mana sizga ekstrim, ana sizga drayv.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    O‘qilmagan kitob, ochilmagan sahifalar

    Yuqorida aytganimizdek, Chodak bir necha ming yillik tarixga ega qadimiy qishloq. Lekin hali-hanuz mukammal o‘rganilmagan. Ta’bir joiz bo‘lsa, tadqiqotchilar uchun ochilmagan kitob.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Aytaylik, qishloqda mug‘xona deb ataladigan ko‘plab tosh kulbalarni uchratish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Kimdir bu yerlarda qadimgi odamlar istiqomat qilgan deya taxmin qilsa, yana kimdir boshqa maqsadlarda foydalanilgani haqidagi fikrni ilgari suradi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Chodakda “Kelinchak tosh” deb ataladigan g‘aroyib tabiat asari ham bor. Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonlarda bir qabiladan ikkinchisiga kelin olib ketilayotganda karvonga qaroqchilar hujum qiladi. Karvonda ketayotganlarning ko‘pchiligini o‘ldirishadi, kelinchak esa qochadi va tog‘ yonbag‘riga yashirinadi. Ammo qaroqchilar u berkingan manzilni topib, yaqinlasha boshlaydi. Shunda kelinchak “Xudoyim, bularning qo‘liga tushgandan ko‘ra meni toshga aylantir” deya iltijo qiladi. Uning iltijosi ijobat bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qishloqda bunday afsona va rivoyatlarga qorishiq maskanlar juda ko‘p. Ular tarixchi va arxeologlar, folklorshunoslar tomonidan jiddiy o‘rganilsa, ayni muddao bo‘lar edi.

    Chodak turizm qishlog‘iga aylanadi

    O‘tmishi boy va go‘zal bo‘lgan Chodak oxirgi yillarda biroz e’tibordan chetda qolgan edi. Shu sabab bu manzildan murojaat va e’tirozlar ko‘p bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib munosabat va manzara butkul o‘zgardi. Joriy yil aprel oyida hatto hukumatning Chodakni rivojlantirish bo‘yicha maxsus qarori ham qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Pop tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Furqat Ermatovning aytishicha, ushbu qaror doirasida umumiy qiymati 280 milliard so‘m bo‘lgan 257 ta loyiha amalga oshiriladi. Buning natijasida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi, yo‘llar obod bo‘lishi, elektr va ichimlik suvidagi muammolar barham topishi, yangi maktab, bog‘cha va sport inshootlari qurilishi, asalarichilik, echkichilik rivojlantirilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Furqat Ermatov

    Furqat Ermatov
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Eng asosiysi, Chodak turizm qishlog‘iga aylantiriladi va buning uchun zarur infrastruktura yaratiladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Chodakda ushbu loyihalardan ayrimlari allaqachon boshlandi ham. Jumladan, “Apart Hotel Kosmos” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Chodakning eng yuqori qismida zamonaviy mehmonxona va dam olish zonasi qurilmoqda. Bu yerdan mehmonlar uchun shinam xonalar, kuzatuv maydonchalari, trenajyor zali, basseyn, fitobar, restoran va avtoturargoh o‘rin oladi.

    Foto: Furqat Ermatov

    Chodakka borganimizda eng istiqbolli va jozibali yo‘nalishlardan biri bo‘lgan ushbu loyiha jadal amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Asosiy maqsad esa Chodakni nafaqat yoz oylarida, balki yil bo‘yi mehmonlarga xizmat ko‘rsatadigan hududga aylantirish.

    Foto: Furqat Ermatov

    Xullas, ko‘hna Chodakda ana shunday gaplar. Namanganga yo‘lingiz tushsa, bu qishloqni chetlab o‘tmang. Keling, ko‘ring, go‘zal tabiatidan bahramand bo‘ling. Shundan so‘ng kelgusi gal bunday chorlovimizga o‘rin qolmasligi aniq...

    02.01.2022, 08:26   Izoh (0)   26034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir asr muqaddam hozirgi O‘zbekiston hududida dahshatli ocharchilik kuzatilgan: minglab odamlar qirilib ketgan, kannibalizm holatlari qayd etilgan

    02.01.2022, 08:05

    Maftunkor Shovurko‘l, muzdek Ixnachko‘l va Bo‘stonliqdagi purviqor tog‘larga fotosayohat

    01.01.2022, 23:33

    O‘zbekistonda daraxt kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytiriladi

    01.01.2022, 23:12

    O‘zbekistonlik talaba Telegram’dagi botini qanday qilib 150 ming dollarga sotdi?

    01.01.2022, 22:32

    O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar soni qariyb ikki baravarga ortadi

    01.01.2022, 22:12

    Zo‘r maosh va tinchlikparvar kuchlarning tinchlikbuzar shovqini. Xonobodliklar AQSh aviabazasini qanday eslaydi?

    01.01.2022, 21:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.