Ukrainalik mashhur shoumen va aktyor Nikita Jigurda rossiyalik bloger Aleksandr Shpak bilan jangda mag‘lub bo‘ldi.
41 yoshli Shpak va 60 yoshli Jigurda o‘rtasidagi jang “Nashe Delo” pop-MMA musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Jangchilar aralash jang san’ati qo‘lqoplari bilan harakat qilgan bo‘lsa ham, jang boks qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi raundda Shpak raqibini nokautga uchratdi.
Shpak uchun ushbu jang pop-MMA’dagi debyut bo‘lgan bo‘lsa, Jigurda bunga qadar ikki marta jang qilib, ikkalasida ham g‘alaba qozongandi. Nikita dastlab deputat Vitaliy Milonovdan, keyin esa teleboshlovchi Otari Kushanashvilidan ustun kelgan. Jigurda Kushanashvilini uch marta nokdaun holatiga tushirgan, Otarining uchinchi marta yiqilishidan so‘ng jang to‘xtatilgan.
Izoh (0)