Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliyaning Borba shahri meri Simau Peyshoto o‘zining sobiq maslahatchisi, hozirda mamlakat parlamenti deputati Erineu da Silva bilan MMA qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazdi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Siyosatchilar o‘rtasidagi mushtlashuvga (jang tashkil etilishiga) shahar akvaparki taqdiri haqidagi bahs sabab bo‘lgan. Silva shahar hokimini parkni saqlab qola olmayotgani uchun keskin tanqid qilgan, shundan so‘ng Peyshoto o‘z ijtimoiy tarmog‘ida video e’lon qilgan va unda deputat bilan jang qilmoqchi ekaniga shama qilgan.

Saylovchilarning tanqididan so‘ng Peyshoto da Silva bilan faqat sport qoidalari bo‘yicha jang qilish istagida ekanini aytgan. Deputat o‘z navbatida chorlovni qabul qilgan.

Jang mahalliy maktab sport zalida o‘tkazilgan va jonli efirda namoyish etilgan. Siyosatchilar uch raund jang o‘tkazgan va unda Peyshoto ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan. Shundan keyin da Silva o‘z da’vosidan voz kechgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi