• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Aholi daromadlarini 2 baravar oshirish, ta’limdagi kamchiliklar, ayollarni rahbarlikka tayyorlash, koronavirus — Emomali Rahmon parlamentga murojaat yo‘lladi

    21-dekabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublika parlamentiga yillik murojaatini yo‘lladi. Prezident nutqi mamlakatning barcha davlat teleradiokanallari orqali efirga uzatildi. Asia-Plus undan asosiy ma’lumotlarni xabar qildi.

    Foto: Efirdan skrinshot

    Foto: Efirdan skrinshot

    Emomali Rahmon so‘nggi 20 yilda Tojikistonda o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish 7,5 foiz darajasida ta’minlangani, davlat budjeti daromadlari 252 million somoni (22,3 mln dollar)dan 28 milliard somoni (2,4 mlrd dollar)gacha yetgani haqida gapirdi

    Unga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2000-yildagi 1,8 milliard somoni (159,4 mln dollar)dan 2021-yilda 95 milliard somoni (8,4 mlrd dollar)ga yetgan.

    “Boshqacha aytganda, YaIM qariyb 53 barobar, davlat budjeti 111 barobar, aholi jon boshiga YaIM hajmi 30 barobardan ko‘proqqa oshdi”, — dedi davlat rahbari.

    Emomali Rahmonning ta’kidlashicha, Tojikiston mustaqilligi davrida 1,4 million oilaga turar joy binolari qurish uchun 138 ming gektar yer maydoni ajratilgan.

    “8 million 800 ming nafardan ortiq fuqarolarimiz o‘z turmush sharoitini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Eslatib o‘taman, mustaqillik davridan oldingi 70 yilda aholiga atigi 77 ming gektar yer ajratilgan edi”, — dedi prezident.

    Shuningdek, u 1991-yilda Tojikistonda 216 ming shaxsiy avtomobil ro‘yxatga olingani, hozir esa bu ko‘rsatkich 2 milliondan oshganini ta’kidladi.

    Ish o‘rinlari haqida

    Emomali Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston mustaqillikka erishganidan beri mamlakatda 3,3 million ish o‘rni yaratilgan.

    Davlat rahbari 2022—2026-yillarni sanoatni rivojlantirishning besh yillik davri deb e’lon qildi hamda 500 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish, aholi daromadlarini ikki baravar oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Tojikiston aholisi 2022-yilda 10 million, 2026-yilga borib 11 million kishiga yetadi, dedi prezident.

    Qishloq xo‘jaligi haqida

    Tojikiston prezidenti 2021-yilda sabzavot va meva eksporti o‘tgan yilga nisbatan 70 ming tonnaga ko‘paygani, “lekin bu yetarli emasligini” aytdi.

    “Yiliga 1 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishimiz kerak”, – dedi davlat rahbari.

    Shuningdek, u banklarga kredit berish hajmini 2026-yilgacha 30 milliard somoniga (2,6 mlrd dollar) yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Foto: Efirdan skrinshot

    Foto: Efirdan skrinshot

    Ta’lim haqida

    Emomali Rahmon o‘z murojaatida ta’lim tizimini, jumladan, maktab va oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘qitish usullarini qattiq tanqid qildi.

    “Biz o‘zimizni aldayapmiz. Biz uchun ta’lim sifatidan ko‘ra raqamlar muhimroq. Faqat diplom — bir varaq qog‘oz berish bilan shug‘ullanamiz. Miyada esa hech vaqo yo‘q. Biz ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak”, — dedi prezident.

    Shuningdek, Emomali Rahmon 2030-yilgacha ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, tanlash va tayinlash bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishni buyurdi.

    Asia-Plus qayd etishicha, Tojikistonda ayni paytda tibbiyot xodimlarining 68 foizi, ta’lim sohasi xodimlarining 73 foizi, fan xodimlarining 27 foizi ayollardir.

    Mamlakat rahbari 2030-yilgacha davlat organlarida ishlaydigan ayollar sonini 30 foizga, rahbar ayollar sonini esa kamida 25 foizga yetkazish uchun shart-sharoit yaratish to‘g‘risida topshiriq berdi.

    Foto: Efirdan skrinshot

    Foto: Efirdan skrinshot

    Koronavirus haqida

    “Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirusning yangi to‘lqini kuzatilmoqda. Garchi bizda yangi to‘lqin bo‘lmasa-da, aholi xotirjam bo‘lmasligi kerak. Bu kasallik bilan hazillashmaslik, unga befarq qaramaslik lozim”, — dedi Emomali Rahmon o‘z nutqida.

    Davlat rahbari aholini shifokor va mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

    “Xorijdan qaytgan fuqarolar shifokorlar nazoratida bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda bu ularning oila a’zolari salomatligi uchun muhim. Bugungi kunda mamlakatimizning katta yoshli aholisining 60 foizi emlangan, emlash sur’atini oshirish zarur”, — dedi Tojikiston prezidenti.

    Mavzuga doir:

    • Tojikistonda ilk bor kuch tuzilmalari uchun davlat budjetidan sarflanadigan xarajatlar miqdori oshkor qilindi
    • “Muzliklarimiz tez erib ketmoqda”. Emomali Rahmon BMT sammitida Tojikistondagi iqlim o‘zgarishi muammolarini sanab o‘tdi
    • Emomali Rahmon Afg‘onistondagi inqirozni MDH mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid deb atadi

    21.12.2021, 17:54   Izoh (0)   12290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pentagon 100 ga yaqin AQSh harbiy xizmatchisi ekstremistik faoliyatga aloqadorligini aniqladi

    21.12.2021, 17:23

    Tramp Nyu-York shtati bosh prokurorini sudga berdi

    21.12.2021, 16:07

    Janubiy Koreya KXDRda o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlarni kuzatib borayotganini ma’lum qildi

    21.12.2021, 14:36

    AQShda “omikron” bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi

    21.12.2021, 14:10

    JSST: Buster vaksinatsiya dasturi birinchi navbatda immuniteti kuchsiz insonlarga qaratilishi kerak

    21.12.2021, 12:07

    Sayyoraning eng badavlat insoni Ilon Mask 2021-yilda 11 mlrd dollar soliq to‘laydi

    21.12.2021, 09:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.