• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Emomali Rahmon Afg‘onistondagi inqirozni MDH mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid deb atadi

    Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy inqiroz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 15-oktabr kuni Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari kengashining onlayn yig‘ilishi chog‘ida aytib o‘tdi.

    Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

    Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

    “Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy va gumanitar inqiroz mamlakatlarimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirdi”, — dedi davlat rahbari.

    Uning ta’kidlashicha, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritilgan “Tolibon” harakatining qo‘shni davlatda hokimiyat tepasiga kelishi Tojikiston uchun “vaziyatni yanada murakkablashtirdi”. Shu nuqtayi nazardan, Rahmon Hamdo‘stlik mamlakatlarining xavfsizlik tuzilmalarini Afg‘onistondan kelib chiqayotgan tahdidlarga qarshi kurashda yanada yaqinroq jipslashtirishga chaqirdi.

    Emomali Rahmonning aytishicha, Tojikiston MDH mamlakatlari hududida faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlarining yagona ro‘yxatini tuzishda MDHga a’zo davlatlarning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda.

    “Bizni, shuningdek, mamlakatlarimizda taqiqlangan, noqonuniy harakatlarini oqlash uchun xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar platformalaridan foydalanadigan bir qator tashkilotlarning faoliyati ham tashvishlantirmoqda. Shu munosabat bilan, umid qilamizki, Tojikiston tomonidan taklif qilingan... (MDHga) a’zo mamlakatlar hududida taqiqlangan terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning yagona ro‘yxatini tuzish g‘oyasi birgalikda amalga oshiriladi”, — dedi prezident.

    U, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasida Hamdo‘stlikning ustuvorligi terrorizm, ekstremizmning barcha ko‘rinishlari — giyohvand moddalar, qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosi, kiberjinoyatlar va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda aks etishini ta’kidladi. Rahmon MDH faoliyati davrida hamkorlikning tegishli mexanizmlari, birinchi navbatda, aksilterrorchilik markazi yaratilganini va ular ish olib borayotganini esladi. “Qabul qilingan hujjatlar ijrosini davom ettirish va xavfsizlik sohasida MDHning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega”, — ta’kidladi Tojikiston rahbari.

    Tojikiston prezidenti, shuningdek, MDHga a’zo davlatlarni biologik xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. “Biologik xavfsizlik sohasida ortib borayotgan xavflar iqlim o‘zgarishi muammosi bilan bog‘liq bo‘lib, ular sohadagi hamkorligimizni zudlik bilan kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda”, — dedi davlat rahbari.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifa — global isishning salbiy oqibatlariga, jumladan, muzliklarning erishi xavfiga o‘z vaqtida javob berish uchun zarur choralarni ko‘rish. Uning ta’kidlashicha, Tojikiston 2025-yilni Muzliklarni himoya qilish yili deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqan, shuningdek, muzliklarni himoya qilish bo‘yicha maxsus xalqaro fond tashkil qilgan. “Umid qilamanki, ushbu tashabbuslar tashkilotimizga a’zo davlatlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadi”, — dedi prezident.

    Mavzuga doir:

    • Emomali Rahmon afg‘onistonlik tojiklarni Afg‘oniston hukumatini tuzishda ishtirok etishga chaqirdi
    • Tojikiston prezidenti “Tolibon”ga qarshi kuchlarning marhum yetakchilarini mukofotladi

    15.10.2021, 22:44   Izoh (0)   31038
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Pandora arxivi”: Gurbanguli Berdimuhamedovning jiyanlari davlat zavodlari mahsulotlarini eksport qiluvchi kompaniyalarning yashirin egalari bo‘lib chiqdi

    15.10.2021, 20:40

    Tbilisi markaziga o‘n minglab namoyishchilar to‘plandi. Ular Mixail Saakashvili ozod etilishini talab qildi (fotoreportaj)

    15.10.2021, 20:25

    Polshada mamlakat konstitutsiyasi Yevroittifoq qonunlaridan ustun qo‘yildi. Butun mamlakat bo‘ylab muxolifat Yevroittifoqni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazmoq...

    15.10.2021, 19:44

    Foto: Rossiyaning Yekaterinburg shahrini botqoqlikdan chiqayotgan tutun qoplab oldi

    15.10.2021, 19:15

    “Tolibon” uchun narkobiznesdan tushadigan daromaddan voz kechish qiyin bo‘ladi — Putin

    15.10.2021, 18:29

    Afg‘onistonda “Tolibon” va qarshilik kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar bormoqda

    15.10.2021, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.